M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
20- mavzu. Qon biokimyosi
Qon organizmning asosiy ichki muhiti eritmasi hisoblanadi.Tashqi muhitdan kirib kelgan moddalar, hujayra, to‘qimaning almashinuv mahsulotlari doimo qonga o‘tib turadi.Qon qizil rangli,yopishqoq, kuchsiz ishqoriy(kattalarda pH i 7,36-7,4 , yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda 7,2-7,3 ) geterogen suyuqlik. Qon plazmadan, shaklli elementladan, qon zardobidan tashkil topgan. Plazma birnecha daqiqada iviydi, ya’ni quyqa hosil bo‘ladi. Shu iviq qisqarish natijasida qon zardobi ajraladi. Qon zardobi plazmadan tarkibida fibrinogen oqsili yo‘qligi bilan farqlanadi. Qon moddalar almashinuvibilan bog‘liqholda muhim funksiyalarni bajaradi. Ular jumlasiga: - o‘pkadagi koslorodni to‘qimalarga, to‘qimalarda hosil bo`lgan karbonat angidridni o‘pkaga tashish, ya’ni nafas olish va nafas chiqarish orqali to‘qimalarda oksidlanish-qaytarilish va energiya almashinuvini boshqaruv; -oshqozon-ichak tizimida hazm natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlarni turli a’zolarga yetkazish orqali oziqlantirish; -to‘qimalarda hosil bo‘lgan zaharli moddalar, qon bilan jigarga keltirilib, unda zararsizlantirilgan birikmalarni buyrak orqali tashqariga chiqarilishini,ya’ni ularni ajratilishini ta’minlash; -leykotsitlar va antitanachalar yordamida, shuningdek suv-tuz, kislota-ishqor muvozanatlarini, haroratni bir me’yorda saqlash orqali organizmda himoya vazifasini bajarish kabilar kiradi. Qon bo‘yicha o‘tkaziladigan biokimyoviy tahlillar bo‘lajak biologlar uchun organizmning fiziologik holatini baholashda, tibbiy mutaxassislar uchun odamlarning, veterinariya va zoomuhandislik mutaxassislari uchun hayvonlarning fiziologik va patologik holatlarini baholashda amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu tahlillar jumlasiga: qon zardobi oqsillari, azotli, azotsiz birikmalari, mineral moddalar miqdorlarini aniqlash, shaklli elementlarning miqdoriy ko‘rsatkichlari eritrotsitlarining cho‘kish tezligini aniqlash, qon zardobi tarkibidagi har xil fermentlarning faolliklarini aniqlash,qonning solishtirma og‘ irligi, pH ko‘rsatkichi, osmotik bosimini aniqlash kabilar kiradi.Quyida bu biokimyoviy tahlil reaksiyalaridan ayrimlari keltiriladi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling