M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


-ish. Bilirubinga xos reaksiya va uni miqdoriy tahlili


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   150
64-ish. Bilirubinga xos reaksiya va uni miqdoriy tahlili 
Ma’lumki, sutemizuvchilarning eritrotsitlari 100-120 kun mavjud 
bo‘ladi va keyin retikulo-endotelial tizim hujayralarida parchalanadi. 


158 
Ajralgan gemoglobin oqsilga va gemgacha parchalanadi. Keyinchalik 
organizmda gem temirdan xolis bo‘lib keyingi almashinuvlarga duch 
keladi. Ulardan biri biliverdin bo‘lib, u qaytarilib bilirubinga aylanadi. 
Bilirubin taloq, jigar, eritrotsitlarda hosil bo‘ladi. Bilirubin jigarda 
ushlanib, keyin o‘t bilan birga o‘t pufagiga, so‘ng ishqoriy metallar bilan 
birikib tuz hosil qilib o‘n ikki barmoqli ichakka o‘tadi. 
Qon zardobida bilirubin erkin, ya’ni suvda erimaydigan, va glukuron 
kislota bilan birikkan, ya’ni suvda yaxshi eriydigan holatda bo‘ladi. Qon 
zardobi tarkibida bu ikki xil bilirubin ham albumin bilan birikkan holda 
bo‘ladi. Erkin bilirubin diazoreaktiv bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri pushti rang 
hosil qilmay, balki bu rangga qon zardobini etil yoki metil spirti bilan 
ishlov bergandan keyingina bo‘yaladi. Shuning uchun uni erkin bilirubin 
deb yuritiladi. Glukuron kislota bilan bog‘langan bilirubin esa, 
diazoreaksiyasiga birdan kirishadi va shu sababli uni bog‘langan bilirubin 
(bilirubin-glukuronid) deyiladi. Qon zardobi tarkibidagi erkin bilirubin
bog‘langan bilirubin va umumiy bilirubinlarning miqdorini aniqlash sariq 
kasalligi uchun tashxis tavsifiga ega. 
Kerakli 
biomaterial
quyondan 
olingan 
qonning 
zardobi, 
konservalangan (o‘t suyuqligi qo‘shilgan ) qon zardobi . 
Kerakli jihozlarqon olish uchun nina, paxta, stakan, shisha tayoqcha, 
shtativ probirkalari bilan, byuretka, voronka, qog‘oz filtr, pipetkalar, soat 
oynachasi, FEK, kyuvetalar. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling