M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   150
Kerakli reaktivlar 





Siydikchilning standart eritmasi0,5 
mg/ml, ( ml) 
0,2 
0,4 0,6 0,8 1,0 
Siydikchil miqdori0, ( mg)
0,1 
0,2 0,3 0,4 0,5 
Distillangan suv, (ml) 
1,8 
1,6 1,4 1,2 1,0 
p-dimetilaminobenzaldegidning 
spirtdagi 4 % li eritmasi 
0,5 
0,5 0,5 0,5 0,5 
Uchxlorsirka kislotaning10% li 
eritmasi,( ml) 
2,0 
2,0 2,0 2,0 2,0 
 
Shu yo‘sinda aralashmalar tayyorlangandan keyin ularning 
tiniqlashuvi uchun 10 daqiqa kutib turiladi. So‘ngra FEK ning ko‘k 
svetofiltri (475 nm) dan foydalanib kolorimetrlanadi. Bundan keyin 
standart eritmalarning optik zichligi ko‘rsatkichi ordinata o‘qiga, 
siydikchilning konsentrasiyasi ko‘rsatkichi abssissa o‘qiga joylashtirilib, 
kalibrlash egri chizig‘i chiziladi va keyinchalik undan tajriba 
namunalaridagi siydikchil miqdori hisoblab topishda foydalaniladi. 
21-mavzu. Siydik biokimyosi 
Siydik buyrak tomonidan tashqi muhitga ajratiladigan modda 
almashinuvining so‘ngi mahsulotidir. Buyrakning funksiyalari xilma-xil 
bo‘lib, ulardan asosiysi moddalar almashinuvining so‘ngi mahsulotlarini 
tashqi muhitga chiqarish va qonning tarkibini doimiyligini ta’minlashdan 
iborat. Bir kecha kunduzda buyrak orqali 1000 litr qon aylanib o‘tadi va 
bunda180 litr birlamchi siydik hosil bo‘ladi. Buyrak bunda filtrlangan 
siydikning faqat 1 % nigina haqiqiy siydikka aylantiradi va tashqi muhitga 
chiqaradi,birlamchi siydikning qolgan qismi proksimal naychalar 
tomonidan qaytadan so‘riladi (reabsorbsiyalanadi). Bir kecha-kunduzda 
o‘rtacha ayollar 1200 ml, erkaklar 1500 ml siydik ajratadi. Bir kunlik 
siydik tarkibida taxminan 40 g organik va 20 g anorganik moddalar 
bo‘ladi.Siydik orqali 150 ga yaqin moddalar ajraladi. Siydik vaqti-vaqti 
bilan ajraladi.Uning kun davomida ajralgan proporsiyalari, kimyoviy 
tarkibi,nisbiy zichligi va kislotaligi turlicha bo‘ladi. Shu sababli siydikning 
miqdoriy tahliliga oid ma’lumotlar sutkalik siydik namunasida o‘tkaziladi. 
Siydikning sog‘lom va patologik holatini aniqlashda uning fizik-kimyoviy 
xossalari: nisbiy zichligi, rangi,hidi, bir kunlik miqdori, kislotaligi, organik 
va anorganik tarkibiy qismlari tahlil qilinadi. Bu ko‘rsatkichlarni aniqlash 


162 
odam va hayvonlarning fiziologik va patologik holatlarini baholashda 
muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Siydik bilan o‘tkaziladigan biokimyoviy 
tahlillarni: siydikning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish, anorganik va 
organik tarkibini o‘rganish, patologik siydik tarkibini o‘rganishga ajratish 
mumkin. Siydikning cho‘kmalari bilan o‘tkaziladigan mikroskopik tahlil 
ham tibbiyot va veterinariyada amaliy ahamiyatga ega. Cho‘kmalarni 
tuzilmasiz (kimyoviy moddalar) ga va tuzilmaga ega bo‘lgan(harxil 
hujayralar, bakteriyalar va h.k.)larga bo‘linadi. Eritrotsitlar mikroskop 
ostida sariq diskchalar tusini oladi. Nordon muhitli siydikda 
eritrositlartishchali qirrali bo‘lsa; ishqoriy muhitlida aksincha shishgan 
holda bo‘ladi. Kam miqdorda eritrositlarni sog‘lom odamlarni siydigida 
kuzatish mumkin. Leykositlar kattaligi jihatidan eritrositlardanyirikroq 
bo‘ladi. Siydik tarkibida ular donador sharsimon ko‘rinishda bo‘ladi va 
tashqi ko‘rinishi jihatidan ba’zi epitelial hujayralarga o‘xshaydi. Ularni 
yodli reaksiya o‘tkazish orqali ajratish mumkin, bunda eritrositlar qo‘ng‘ir, 
epitelial hujayralar sarg‘ish rangga bo‘yaladi. Sog‘lom odam siydigida 
kam miqdorda eritrotsitlar uchrashi mumkin. Leykositlarning siydik 
tarkibida ko‘p miqdorda uchrashi, bu- buyrak yoki siydik yo‘llaridagi 
patologik holat mavjudligidan darak beradi. Siydikning klinik tahlili 
tashxisi tavsifga ega.Siydikning umumiy azotini 1-2 % aminokislotalar 
ulushiga to‘g‘ri keladi. Ba’zi kasalliklarda aminokislotalarning siydik 
tarkibidagi miqdori oshishi mumkin. Aminokislotalar ningidrin bilanko‘k 
yoki binafsha rang beradi, lekin aminokislotalar siydik tarkibida xelat 
kompleks birikma hosil qilgan holda bo‘ladi va aniqlashda qiynchilik 
tug‘diradi. Shu sababli siydik tarkibidagi aminokislotalarni xelat kompleks 
holatdan siqib chiqarish talab qilinadi. Buning uchun aminokislotalar bilan 
kompleks hosil qiluvchi kationlarni EDTA(etilendiamintetroatsetat) bilan 
ishlov beriladi va erkin holatga kelgan aminokislotani ningidrin bilan 
birikishiga imkonniyat yaratiladi. Bunda reaksiya natijasida hosil bo‘lgan 
rangning 
jadalligini 
fotokolorimetrlab 
siydik 
tarkibidagi 
aminokislotalarning miqdoriy ko‘rsatkichini ham aniqlash mumkin 
bo‘ladi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling