M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


 –tajriba. Sulfatlarga xos reaksiya


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   150
 
3 –tajriba. Sulfatlarga xos reaksiya 
 
Ishni bajarish tartibi. Probirkaga 3 tomchi siydik, 2 tomchi sirka 
kislota va1 tomchi bariy xlorib eritmasi tomiziladi. Bunda aralashma 
tarkibida sulfat anioni bo‘lsa oq cho‘kma hosil bo‘ladi. 
 
4 –tajriba. Xloridlarga xos reaksiya
 
Ishni bajarish tartibi. Probirkaga 5 tomchi siydik, 1 tomchi nitrat 
kislota, 1 tomchikumush nitrat eritmalaridan tomiziladi. Natijada 
bulutsimon cho‘kma hosil bo‘ladi.
 
 
70-ish. Siydik tarkibidagi 17-ketosteroidlarni aniqlashga oid sifat 
reaksiyasi 
 
Kerakli biomateriallar: siydik 
Kerakli jihozlar: shtativ, proberkalar, pipetkalar 


168 
Kerakli reaktivlar: natriy ishqorining 30% li eritmasi, m-
dinitrobenzolning etannoldagi 2% li eritmasi. 
Ishni bajarish tartibi.Probirkaga 1 ml siydik, 1 ml 30% li natriy 
ishqori, 1 ml 2% li m-dinitrobenzolning etanoldagi eritmasi solinadi va 
aralashma yaxshilab aralashtiriladi. Birozdan so‘ng 17-ketosteroidlarga 
xos bo‘lgan to‘q qizil rang paydo bo‘ladi. 
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 
1. Funksional biokimyo nimani o‘rgatadi?
2. Qon organizmda qanday funksiyalarni bajaradi? 
3. Qon qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan? 
4. Qonning shaklli elementlari. 
5. Qon plazmasi va uning tarkibi. 
6. Qon zardobi va uning tarkibi. 
7. Qonning reaksiyasi va solishtirma og‘ irligi. 
8. Qonning bufer tizimi va uning ahamiyati. 
9. Qon zarobi oqsillari va ularning ahamiyati. 
10. Qon tarkibidagi azot tutuvchi moddalar va ularning ahamiyati. 
11. Qon tarkibidagi mineral moddalar va ularning ahamiyati. 
12. Qonning izo-,gipo- va gipertonik holatlari. 
13. Qonning ivish xususiyati va uning fiziologik ahamiyati. 
14. Qonda o‘tkaziladigan biokimyoviy tahlillar va ularning amaliy 
ahamiyati. 
15. Qon oqsillarini tahlili. 
16. Qon tarkibidagi fermentlar faolligini tahlili va uning amaliy 
ahamiyati. 
17. Qondagi bilirubinni aniqlash va uning ahamiyati. 
18. Qondagi mineral moddalarni aniqlash va uning amaliy ahamiyati. 
19. Siydikning biokimyoviy tahlilini amaliy ahamiyati. 
20. Siydikning fizik-kimyoviy xossalari. 
21. Siydikning titrlanuvchi kislotaligi va uni aniqlashning amaliy 
ahamiyati. 
22. Ovqat tarkibining siydik xossasiga ta’siri. 
23. Siydik tarkibidagi organik moddalar. 
24. Siydik tarkibidagi anorganik moddalar. 
25. Siydik tarkibidagi azotli va azotsiz moddalar. 
26. Patologik holatlarda siydikning fizik va kimyoviy xossalarini 
o‘zgarishi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling