M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   150
Kerakli reaktivlar: kraxmalning 1% li eritmasi, Lyugol eritmasi

EDTA bilan to‘yintirilgan ningidrinning 0,2 % li spitrli eritmasi. 
1- tajriba. Siydik tarkibida diastazani borligini aniqlash 
 
Ishni bajarish tartibi. Oltita o‘lchov probirkalari olib birinchi 
probirkaga 10 ml, ikkinchisiga 5 ml, uchinchisiga 2,5 ml, to‘rtinchisiga 
1,25 ml, beshinchisiga 0,625 ml, oltinchisiga 0,312 ml siydik solinadi. 
Keyin birinchi probirkadan tashqari hamma probirkalar (2-6) dagi 
suyuqliklarning hajmini distillangan suv yordamida 10 ml ga yetkaziladi. 
Barcha probirkalarga 2 ml dan kraxmalning 1 % li eritmasi qo‘shib 
chiqiladi. Aralashmalar 30 daqiqa 38
o
C li suv hammomida tutib turiladi. 
Bundan keyin probirkalar sovitilib ularning har biriga 1 tomchidan Lyugol 
eritmasi tomizib chiqiladi. Kraxmalning parchalanishi yuz bergan 


166 
siydikning eng yuqori suyultirish ko‘rsatkichi belgilab olinadi va 
amilazaning faolligi: X=2n formula asosida hisoblab topiladi. Bu yerda X-
siydik 
tarkibidagi 
diastazani 
faolligini; 
n-siydikning 
kraxmal 
parchalanishini ta‘minlaydigan eng kichik qiymati. 
2- tajriba. Siydik tarkibida aminokislotalar borligini aniqlash 
 
Ishni bajarish tartibi. Probirkaga 5 tomchi siydik va 3 
tomchitarkibida EDTA bo‘lgan ningidrinning 0,2 % li spirtli eritmasi 
solinadi va biroz qizdiriladi. Aralashmaning ko‘k rangga bo‘yalishi siydik 
tarkibida aminokislotalar borligidan dalolat beradi. Rangning jadalligi 
aminokislotalarning miqdoriy ko‘rsatkichiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. 
69-ish.Siydik tarkibidagi mineral moddalarga xos reaksiyalar 
Siydik bilan doimiy ravishda xilma xil mineral moddalar ajratiladi. 
Ular jumlasiga: natriy,kaliy,kalsiy, magniy kationlari; fosfat, sulfat, 
karbonat, xlor anionlari, shuningdek xilma xil mikroelementlar kiradi.

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling