M kariyev, R. Alimov
Qon quyishdagi asoratlar, ularni profllaktikasi va davolash
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davolash
- 2. Reaktiv xarakterdagi asoratlar
Qon quyishdagi asoratlar, ularni profllaktikasi va davolash.
Qon quyishda reaksiya va asoratlar rivojlanishi mumkin. Posttrans- fuzion reaksiyalar: pirogen(40%), allergik (45%), anafilaktik( 15%). Klinik kechishning og'irligi bo'yicha 3 darajasi farqlanadi: yengil reaksiya - temperatura 1°C atrofida ko'tariladi, muskullarda og‘riq, bosh og‘rig‘i, lanjlik; o'rtacha reaksiya — temperatura 1,5-2°C ko'tariladi, iztirob, puls tezlashishi, nafas tezlashishi; og‘ir reaksiya - temperatura 2“C dan ortiq ko'tariladi, iztirobli titrash, lablar sianozi, qayt qilish, kuchli bosh og‘rig‘i, bel suyaklarida og‘riq, hansirash va b. kuzatiladi, Davolash: yurak-qon tomir, sedativ vositalar, desensibilizatsion terapiya(novokain, kalsiy xlor, dimedrol, kortikosteroidlar). Qon quyishdan keyingi asoratlar. 1. Mexanik xarakterdagi asoratlar: qon quyish texnikasi noto'g'riligi bilan bog'liq; yurakni o'tkir kengayishi, havo emboliyasi, emboliya va trombozlar,oyoq-qo‘lda qon aylanishining buzilishi. Bu asoratlar arteriya ichi transfuziyasida kuzatilishi mumkin. 2. Reaktiv xarakterdagi asoratlar: — mos bo'imagan qon quyilishi natijasida posttransfuzion shok: Rezus guruhlari mos bo'lmagan qon quyilganda, qonning boshqa faktorlarining mos bo'lmasligi; — izoserologik xususiyatlari mos bo'lgan qon quyilgan ke- yingi posttransfuzion shok:infeksiyalangan o'zgargan qon quyil- ganda va b. — anafilaktik shok; — sitratli shok; — posttransfuzion pirogen reaksiya; — massiv qon quyish sindromi. 3. Kasai donor qoni quyilganda infeksion kasallikning yuqishi (virusli gepatit, bezgak, zahm bilan zararlanish). Mexanik xarakterdagi asoratning ichidan birinchi o‘rinni guruh mos kelmaslik (40—50%) va Rh-faktori mos kelmaslik (30—40%) egal- Iaydi. Qolgan asoratlar taxminan 10% ni tashkil qiladi. Gemotransfuzion shok belgilari dastlab 25-50 ml guruhi mos kel- magan qon quyilganda yuzaga chiqadi. Ular titrash, bosh og‘rig‘i, bel va oyoq-qo'l mushaklarida og'riq, ko'ngil aynishi, qayt qilish, A/B ning tushib ketishi, pulsning tezlashishi, oqarish bilan almashinadi, sianozga o'tadi, bezovtalik, qo‘rquv hissining paydo bo'lishi bilan xarakterlanadi. Rh-faktori mos kelmagan qon quyilganda karaxtlik belgilari 2—3 soatdan keyin yuzaga keladi. Guruhi mos bo'lgan, ammo sifatsiz qon quyilganda transfu- zion shok belgilari quyishdan 20 daqiqadan to bir necha soat- gacha boshlanadi. Shuni yodda tutish kerakki, qon quyishning go- 46 mologik qon sindromi, afibrinogenemiya, atrombotsitopeniya va b. asoratlar ham bor. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling