M kariyev, R. Alimov


Posttransfuzion asoratni davolash


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

Posttransfuzion asoratni davolash. Shok belgilari boshlanganda 
quyidagilar qilinishi shart: 1. Qon quyishni tezda to'xtatish 2. Ikki 
tomonlama parnefral novokainli blokada qilish. 3. Vena ichiga 50— 
100 ml 40%li glukozaga 1 ml adrenalin eritmasi (1:1000), 250—500 
ml 5% li natriy bikarbonat yoki laktasal, 60—120 mg. Prednizolon, 
2 ml 1% li dimedrol eritmasi, 200 ml 15% mannitol eritmasi, I ml 
0,06% korglyukon eritmasi 10-20 ml 40% glukoza eritmasida. 4. 
Keyin 1 guruhli qonni qisman yoki to‘liq almashinuv-o‘rinbosarlarni 
quyishga o‘tish mumkin, har bir 500 ml quyilgan konservatsiya qi- 
lingan qonga, boshqa vena orqali 5 ml — 10% kalsiy xlor eritmasi 
yuboriladi. 
Ko'rsatma bo‘yicha qayta 50 ml - 40% glukoza eritmasi, yurak- 
tomir vositalari va antigistamin preparatlari kiritiladi. Mos kelmagan 
qon quyilganda yuzaga keiadigan asoratlarda efTektiv davolash chora- 
tadbirlari gemodializ hisoblanadi. Shutting uchun bernor shokdan 
chiqarilgandan keyin gemodializ o'tkazish uchun maxsus apparatlar- 
ga ega bo'lgan davolash muassasasiga ko‘chiriladi. 
Posttransfuzion asoratlarning oldini olish. Buning asosida qon qu- 
yishni to‘g‘ri bajarish yotadi. Qon quyish uchun apparatlami tayyor- 
lash, quyish texnikasi, mayda teshikli filtrli sistemalar qo'llash katta 
ahamiyatga ega. 
Sensibilizatsiyalashgan bemorlarda allergik reaksiyaning oldini olish 
uchun quyishdan oldin desensibilizatsiyalovchi vositalar quyiladi. 
Mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha talaba ega bo‘lishi kerak 
bo'lgan amaliy ko‘nikmalar 
1. Qonni makroskopik baholash asosida quyishga yaroqliligini aniq- 
lashni bilish. 
2. Qon guruhi, rezus mosligini aniqlashni bilish, donor va retsi- 
piyent qonini individual va biologik nwslik sinamalmi bajarish. 
3. Vena ichiga qon quyish uchun apparatni to‘g‘rilashni bilish. 
4. Venapunksiya va vena ichiga qon va plazma o'rnini bosuvchi- 
larni qo'yishni bilish. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling