M kariyev, R. Alimov
Endokrin o‘zgarishlarni yaxshilash
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ivishning otkir buzilishlarini to‘g‘rilash
- Uzoq muddatli bosilish sindromi va uni tibbiy koehirish bosqichlarida davolash Mashgulot maqsadi.
Endokrin o‘zgarishlarni yaxshilash
Gidrokartizonga nisbatan hisoblaganda 1000 — 1500 mg glyu- kokortikoid garmonlar qilish. Modda almashinuvidagi buzilishlarni to'g'rilash. !. Uglevodning kontsentrlangan eritmalari (glukoza 10, 15, 20%). 2. Yaqqol namoyon bo'lgan metabolik atsidozda 4% li 300-400 ml natriy bikarbonati yuborish. 3. Gidropon balansni ushlab turish uchun: Ringer eritmasi, lak- tasol, glukoza 5%, KC1 7,5%, NaCl 5,8% eritmalari yuborish. Ivishning o'tkir buzilishlarini to‘g‘rilash Davolash tadbirlari trombogemorragik sindromning bosqichiga bog'liq bo'Iadi. Dissemirlangan tomir ichi ivishda, ivish vaqti koagu- logramma va trombositlar miqdorini nazorat qilgan holda geparin va reopoliglukin; gipofibrinogenemiyada geparin, 3 gr dan 8 gr gacha fibrinogen va to‘g‘ridan to‘g‘ri qon quyish. Fibrinoliz bosqichida fib- rinoliz ingibitorlari: kontrikal - 25000 Yed., EAKK (epsilon-ami- nokapron kislota) qilinadi. Travmatik shokni davolash boshlangan vaqtga aylanib yuruvchi qon hajmi mikrosirkulatsiya va buyrak funksiyalari tiklanish tezligiga bevosita bog'liq bo'Iadi. 58 Uzoq muddatli bosilish sindromi va uni tibbiy ko'ehirish bosqichlarida davolash Mashg'ulot maqsadi. Uzoq muddatli bosilish sindromini ko'chirish bosqichlarida patogenezi, klinikasi va davolash prinsiplarini o'rganish. Asosiy o‘quv savollari: uzoq muddatli bosilish sindromi (UMBS). Etiologiyasi va patogenezi. Klinik ko'rinishlari. Ezuvchi omil kuclii va ta’sir davomiyligi, shikastlangan to'qimaiar massasiga bog'liqligi. UMBS ning klinik kechishdagi davrlari. Birinchi tibbiy yordam ko'rsatish. UMBSni vrachgacha yordam, birinchi vrachlik va ixtisos- lashgan yordam bosqichlarida davolash. Mashgulotni o'tkazish usuli. Mashg‘uiot o‘quv xonasida, palata- larda, bog'lov xonasida, reanimatsiya boMiniida, buyrak xonasida o‘tkaziladi. O'quv xonasida UMBS bo'yicha nazariy savollar ko'rib chiqiladi; palata, bog‘lov xonasi, reanimatsiya bo'limida UMBS bi- Ian og'rigan bemorlar tekshiriladi. Mavzuga oid bemorlar bo'lmaganda talabalar ilgari klinikada davolangan shu mavzuga oid bemorlar kasallik tarixini o'rganishadi va muhokama qilishadi. Amaliy mashg'ulotni jihozlanganligi. Jadvallar: «Uzoq muddatli bosilish sindromi va travmalik shok- ning differensial-diagnostik belgilari», «Uzoq muddatli bosilish sin dromida organiznidagi umumiy o'zgarishlar», «Uzoq muddatli bosi- lish sindromida shikastlangan qo'l va oyoqlardagi mahalliy o‘zgarishlar>/. Bog'lov xonasining jihozlanganligi: novokainnning 0,25% li erit- masi, aseptik eritmalar, antibiotiklar, og'riqsiz.lantiruvchi eritmalar, antigistamin va yurak-qon tomir preparatlari, elastik bintlar, muz xaltachasi, transport immobilizatsiyasi vositalari. Reanimatsiya bo'limining jihozlanganligi: vena ichiga infuziya uchun i martalik sistemalar, vena kateterizatsiyasi vositalari, medikamentoz detriksikatsiya vositalari, nafas apparatlari. Sun’iy buyrak xonasida gemo va peritoneal dializ, gemosorbsiya o'tkazish apparatlari ko'rsatiladi. Mashg'ulot mazmuni Uzoq muddatli bosilish sindromi - ko'p uchraydigan va urush, ofatlarning qochib bo'lmas hamrohi hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushida Angliya shaharlari bombardirovkasida uzoq muddatli bosilish sindromi jabrlanganlarining 3,5%ida, Xirosima va Nagasaki shaharlari atom bombardirovkasida esa 15—20%ida kuzatilgan. Birinchi jahon urushi davrida fransuz jarrohi Kenyu birinchilardan bo'lib uzoq muddatli bosilish sindromiga ta’rif bergan: «Yerto'laga granata tushganda, uning ichida bir fransuz ofitseri bor edi. Portlash vaqtida uning oyoqlariga katta xoda tushib, uni shu qadar ezib qo'ydiki, u harakatlanolmay qoldi. Ma’lum bir uzoq vaqt o'tganidan keyin, qutqaruv otryadi uni topdi va shu narsa ma'lum bo'ldiki, uning xoda ostida qolgan oyoqfari to‘q qizil rangda edi. Bemorning 59 ahvoli yaxshi edi, hatlo u o'zini qutqarish bo'yicha yo'llanmalar be- rardi. Lekin xoda olinishi bilan unda shok rivojlandi, natijada u halok bo'ldi». Garchi Kenyu o'lim sababini aniq ko'rsatmagan bo'lsa ham, (chunki o'lim sababi shok emas, balki organizm bosilishidan ozod bo'lgan oyoqlarning yumshoq to'qimalari ezilish o'choqlari intok- sikaksiyasi sabab bo'lgan), etiologik sabablari yumshoq to'qimalarning uzoq muddatli bosilish va ular tomonidan mahalliy o'zgarishlar bo'Iishini aniq ko'rsatgan. Shunday qilib uzoq mud- datli bosilish sindromi etiologiyasi bo'lib qo‘1 va oyoqlarning uzoq ezilishi hisoblanadi. 1941-yilda Kenyudan 23 yil keyin ingliz olimi Bayuoters Lon- donni fashist aviatsiyasi bombardirovkasi natijasida yaralanganlarni da- volash vaqtida uzoq muddatli bosilish sindromini o'rgandi. Bayuoters (1941), M.l.Kuzin (1959) va boshqa mualliflarning ma’lumotiga ko'ra uzoq muddatli bosilish sindromi patogenezida 3 omil asosiy rol o'ynaydi. 1. Markaziy nerv sistemasida qo'zg'alish va tormozlanish jara- yonlarining buzilishini yuzaga keltiruvchi og'riq hissi. 2. Shikastlangan mushaklarda parchalangan mahsulotlarning suri- lishi natijasida travmatik toksemiya. 3. Shikastlangan qo'l-oyoqlarning massiv shishi natijasida ikki- lamchi plazma yo'qotish. Og'riq hissi to'qima parchalanish mahsulotlari va plazma yo'qotish bilan birgalikda nafas a’zolarining faoliyatini va qon aylanishini buzadi. Natijada tomirlar reflektor spazmi, siydik ajralishi buzilishi, qonning quyuqlashishi, qon yo'qotishga chidamsizlik rivojlanadi. N.N.Yelanskiy uzoq muddatli bosilish sindromining klinik ko'rinishini ezilgan mushaklardan toksik mahsulotlarning so'rilishi deb tushuntiradi. Ma’lum bo'lishicha, shikastlangan mushak 75% mioglo- bin, 70% kreatinin, 66% kaliy, 75% fosfor moddalarini yo'qotadi. Shuni ta’kidlab o'tish kerakki, UMBSning' klinik belgilari ezuvchi faktor bartaraf etilgandan so'ng yuzaga keladi. Autoliz mahsulotlari ichida mioglobin muhim rol o'ynaydi, u buyraklar distal kanalchalarida to'planadi va buyrak epiteliysida degenerativ o'zgarishlar chaqiradi. Bu esa o'tkir buyrak yetishmovchiligi klinikasi rivojlanadigan buyraklar filtrining buzilishiga olib keladi. Giperkaliyemiya kardiotoksik ta’sir qiladi. Giperkaliye- miya va giperfosfotemiya — UMBSning erta davrlardagi o'tkir yurak yetishmovchiligining asosiy sabablari bo'lib hisoblanadi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling