M kariyev, R. Alimov


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

1. Birinchi tibbiy yordam — urush maydonida (shikastlanish 
o'chog'ida) o‘z-o‘ziga yoki bir-biriga tartibida sanitar yoki saninstruktor 
quyidagi shokka qarshi tadbirlarni amalga oshiradi: nafas yo'llarini 
ozod 
etish(til 
fiksatsiyasi, 
og'izga 
tushgan 
moddalardan, 
qondan 
tozalash); tashqi qon ketishni vaqtincha to'xtatish; yaradoming nafasini 
tiklash uchun orqasiga yotqiziladi, boshi pastga tushiriladi, pastki jag'ni 
oldinga chiqariladi, «og'izdan og'izga*-, «og'izdan burunga» usulida 
o'pka sun’iy ventilyatsiyasi qilinadi'yurak to'xtab qolganda yurak 
massaji; ko'krak qafasi jarohati bo'lsa okklyuzion bog'lam qo'yiladi, 
transport immobilizatsiyasi qilinadi. 
Agar bemor mustaqil nafas olsa, unga yarim o'tirgan holat beri- 
55 


ladi. Og'riq sindromini kamaytirish maqsadida shpris-tyubik bilan 
narkotik yoki analgetik eritma yuboriladi. Jabrlanganni urush may- 
donidan agar u «hushsiz bo'lsa» oshqozon tarkibi, qon va shilliqlar 
aspiratsiyasining oldini olish maqsadida qorin bilan yotqizib, boshini 
chap tomonga qiyshaytirilgan holda olib chiqiladi. 
2. Vrachgacha bo'lgan yordam. Yuqorida sanab o'tilganlardan 
tashqari quyidagi shokka qarshi tadbirlar qilinadi: standart shinalar 
bilan 
transport 
immobilizatsiyasi, 
qon 
to'xtatish 
uchun 
jgut 
va 
bog'lamlami qo‘yish, analgetiklardan tashqari yurak va nafas faoliyatini 
tiklovchi preparatlar yuborish. ADR-2 yoki DP—10 apparatlari yor- 
damida o'pka su’niy ventilyatsiyasi, og'iz kengaytirgich va til ushla- 
gich yordamida og'izni, yuqori nafas yo'llarini ochish. Yaralanganni 
isitish choralari: 
issiq 
suyuqliklar ichirish, alkogol analgeziyasini 
qo'llash. 
3. Birinchi vrachiik yordami (BrTP) shok holatidagi yaralangan- 
larga birinchi yordam bog'lov xonasida amalga oshiriladi. Saralash 
maydonchasida bemorlar 4 guruhga ajratiladi. 
1- guruh: bu yerga kelganda hayotga xavf soluvchi jarohat va 
o'zgarishlar: nafas to'xtashi, yurak to'xtashi, A/В ning kritik tushishi 
(70 mm.sim.ust.dan past), to‘xtatilmagan tashqi qon ketish bo‘lsa, 
ularni bog'lov xonasiga birinchi bo‘lib yuboriladi. 
2- guruh: hayotga bevosita xavf soluvchi o'zgarishlar yo‘q, 2—3- 
darajadagi 
shok 
holati. 
Ularni 
bog'lov 
xonasiga 
ikkinchi 
bo'lib 
yuboriladi. 
3- guruh: ichki qon ketish belgilari bo'lgan shok holatidagi yara- 
langanlar. Ularga tibbiy yordam (og'riqsizlantirish, isitish) saralash 
maydonida ko‘rsatiladi va ulardan birini navbatda malakali tibbiy yor- 
dam punktiga yuboriladi. 
4- guruh: I darajali shokdagi yaralanganlar. Ularga saralash may- 
donida 
yordam 
ko‘rsatiladi:transport 
immobilizatsiyasi, 
og'riqsizlantirish, isitish, alkogol berish va boshqalar. 
BrTP bog‘lov xonasidagi shokka qarshi tadbirlar hajmi. Eng awal 
nafas yetishmovchiligini bartaraf qilish bo'yicha tadbirlar: yuqori nafas 
yo'llari o'tkazuvchanligini tiklash, traxeya va bronxlardan qon va shil- 
liqlarni chiqarib tashlash, tilni tikib qo'yish yoki havo olgich kirgazish, 
traxeya intubatsiyasi, «Lada», «Pnevmat— 1» apparatlari yordamida 
o'pka sun’iy ventilyatsiyasi, okklyuzion bog'lami qo'yish, kuchli kla- 
panli pnevmotoraks bo'lsa, plevra bo'shlig'ini drenajlash; vaqtincha- 
lik qon to'xtatish; aylanib yuruvchi qon hajmini (AQH) plazma o'mini 
bosuvchilar bilan to'ldirish (vena ichiga poliglyukin, 0,9% li natriy 
xlorid, 5%li glukoza va b. suyuqliklardan 1-2 I. quyish); agar qon 
yo'qotish HI darajada bo'lsa 0(1) guruhdagi qonni quyish, vagosim- 
patik, paranefral va mahalliy travmatik o'choqli novokain blokadalar 
56 


qilish, kortikosteroidlar, og'riqsizlantiruvchi va yurak preparatlari yu- 
borish, qo'l va oyoqlar transport immobilizatsiyasi. 
BrTPda shokka qarshi tadbirlar kompleksi qilinadi. Davolash nati- 
jasidan qat’i nazar yaralanganlarni ixtisoslashgan tibbiy yordam bos- 
qichiga yuboriladi. 
Travmatik shokni davolashda vaqt muhim rol o‘ynaydi. Shokni 
davolash qancha erta boshlansa, natijasi shuncha yaxshi boladi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling