M kariyev, R. Alimov


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

Savol va topshiriqlar 
1. Respublika Qurolli Kuchlarida qon xizmati strukturasini tashkil- 
lashtirish. 
2. Qon tayyorlashning 2 bosqichli jarayonining ahamiyati. 
3. Tibbiy bo‘limlar va harbiy zveno qismlarini qon va plazma 
to'ldiruvchilar bilan ta’minlash manbayi qanday? 
4. BrTPda konservatsiya qilingan qonni hisoblash, saqlash va na- 
zorat qilish qanday olib boriladi? 
5. Qon quyishga konservatsiya qilingan qonni yaroqlik va yaroq- 
sizlik mezonini aniqlang. 
6. BrTPda qon quyishga qanday ko‘rsatmalar mavjud? 
7. BrTPda 1 ta yaradorga qo‘yiladigan qon hajmini hisoblang. 
8. BrTPda qon quyish texnikasi qanday? 
9. BrTPda yo'qotilgan qon hajmi qanday aniqlanadi? 
10. ATO va gospitallarda qon va plazma o‘rnini bosuvchilarni 
qo'yishga ko‘rsatmalarni ayting. 
11. Qon quyishdan. awal o‘tkaziladigan sinamalarni ayting va 
xarakterlang: a) BrTPda, b) ATO da. 
12. Qon quyishdagi asoratlar tasnifini, ularni asoratini, oldini ol- 
ish va davolash usullarini ayting. 
Funksional xususiyatni va davolash ta’sir yo‘nalishi bo yicha plazma 
o'rnini bosuvchilar tasnifini keltiring. 
49 


IV bob. TRAVMATIK SHOK, UZOQ MUDDATLI 
BOSILISH SINDROMI VA ULARNI TIBBIY 
KO‘CHIRISH BOSQICHLARIDA DAVOLASH 
Travmatik shok va uni tibbiy ko‘chirish bosqichlarida davolash 
Mashg'ulot maqsadi: travmatik shokning patogenezi, klinikasi va 
davolash prinsiplarni o'rganish. 
Asosiy o‘quv savollari: travmatik shok tushunchasi ta’rifi. Urush 
vaqtida shokning og'irlik darajasi. Travmatik shok patogenezi. Trav- 
matik shok klinikasi va rivojlanish fazalari. Jarohatlar va travmatik 
shikastlanishlarning turli joylanishida shokning o‘ziga xos kechishi va 
klinik ko‘rinishi. Shokdagi kompleks terapiya. Jarohatlar va shokning 
og'irligiga ko‘ra davolash chora-tadbirlari. Urush maydonida birinchi 
tibbiy yordam. Travmatik shokning tibbiy ko‘chirish bosqichlarida 
operativ aralashuvga ko'rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. 
Mashg‘ulotni o'tkazish usuli. Mashg'ulot o'quv xonasida, jon- 
lantirish bo'limida, jarrohlik xonalarda o'tkaziladi. 0‘quv xonasida 
travmatik shok bo‘yicha nazariy savollar so'raladi. Reanimatsion bo'lim 
va operatsiya xonasida talabalar turli shikastlanishlarda travmatik 
shokdagi bemorlarni tekshirishadi. Tibbiy hujjatlashtirishni o'rganishadi, 
travmatik shok darajasi va shikastlanish tashxisini aniqlashadi, davolash 
tadbirlari tartibini tuzishadi. 
Amaliy mashg‘ulotning jihozlanganligi. Jadvallan «Travmatik shok- 
ka olib keladigan mexanik shikastlanish turlari», «Travmatik shok tas- 
nifi», «Algover indeksi yordamida qon yo‘qotish darajasini aniqlash», 
«Shok vaqtida hujayralar funksiyasi buzilishining patogenezi», «Shok 
vaqtida markaziy venoz bosimini o'lchash sxemasi», «Jarohatlaming 
shoklik darajasini ballarda baholash», «Turli og‘irlikdagi travmatik shokda 
infuzion-transfuzion terapiya hajmi». Bundan tashqari traxeya intubat- 
siyasi uchun asbob, «Lada» tipidagi nafas olish apparatlari, DP-10, 
ADR—2, venalar punksiyasi uchun kateterlar, qon va suyuqliklarni vena 
ichiga quyish uchun mo‘ljallangan sistemalar, markaziy venoz bosimini 
o'lchash uchun mo'ljallangan Valdman apparati, qonni arteriya ichiga 
quyish uchun asbob, shokka qarshi terapiya uchun mo'ljallangan trans- 
fuzion vositalar va medikamentlar to'plami. 
Travmatik shok tushunchasi. Travmatik shok tushunchasiga ta’rif 
berish 
ko'pincha 
qiyinchiliklar 
tug'diradi. 
l.K.Axunbayev 
va 
G.L.Frenkel (I960) dunyo adabiyotlarida shokka berilgan 119 ta’rilini 
aniqlashgan. Ko'pgina shokni o'rganuvchi izlanuvchilaming fikricha, 
bu taTiflardan hech biri shok tushunchasini to'liq ta’riflamaydi. 
Shuning uchun quyidagi avtorlar ta’riflari bilan cheklanamiz. 
50 


M.N.Axutin (1942):
«Shok deb, bemor yoki jarohatlanganga og'ir shi- 
kast yoki boshqa zaharli omillar ta’siri natijasida vujudga keladigan, or- 
ganizmning barcha funksiyalarini o'ziga xos tarzda susayishiga aytiladi». 
A.A. Vishnevskiy, M.I.Shroyber (1975):
«Travmatik shok bu organizm- 
ning og'ir mexanik shikasti yoki quyishiga qarshi bo'lgan reaksiyadir». 
Travmatik shok deganda mexanik shikast ta’siri natijasida orga- 
nizm faoliyatining buzilishini tushunish qabul qilingan. 
Travmatik shokning chastota va og'irligi shikastlanish darajasiga qarab 
har urushda oshib bormoqda. Zamonaviy o'qotar qurollardan shikast- 
lanishlarning 8-10% ida travmatik shok yuzaga kelishi mumkin. Vadro 
qurolidan shikastlanganlarning 25—30% ida kuzatilishi mumkin. 
Travmatik shok etiologiyasi. Travmatik shokning etiologik omili 
bo'lib, ichki a'zolarning yakka yoki ko'plikdagi og'ir shikastlari, qo'l 
va oyoqlarning suyaklari ezilishi, mushaklar zaharlanishi bilan kecha- 
digan og’ir shikastlari, ichki a’zolarning yopiq shikastlari, naysimon va 
chanoq suyaklarning ko'plikdagi og'ir sinishlari hisoblanadi. 
Shunga ko'ra, og'ir mexanik shikastlanishlar travmatik shokning 
aniq sababi bo'lib hisoblanadi. Odatda bu shikastlanishlar qon yo'qotish 
bilan kechadi. 
Travmatik shok patogenezi. Travmatik shokni o'rganish 250 yil- 
lardan beri olib borilmoqda. Bu vaqt mobaynida travmatik shok pa- 
togenezi to'g'risida ko'pgina nazariyalar taklif etilgan. Lekin bugun- 
gacha ulardan uchtasi o'rganilagn va tasdiqlangan. Bular, qon-zar- 
dob 
yo'qotilishi, 
toksemiya 
va 
neyroreflektorlar 
nazariyalardir. 
(O.S. Nasonkin, E.V. Pashkovskiy, 1984). 
Travmatik shok patogenezida qon-zardob yo'qotilishi yetakchi rol 
o'ynaydi. Shok kechishining ma’lum fazasida toksemiya omili muhim 
rol o'ynaydi. Neyroreflektor ta’sirlar esa ikkiiamchi ahamiyat kasb 
etadi 
(P.K.Dyachenko 
(1968), 
A.N.Burkutov, 
G.N.Sibulyak, 
N.I.Yegurnov (1985)). 
Travmatik shok gipovolemik va aylanib yuruvchi qon hajmi ye- 
tishmovchiligi shok kategoriyasiga kiritiladi. 
Jarohat hamda o'tkir qon yo'qotish nerv va asosan endokrin sis- 
temasiga ta’sir qiladi. Simpatiko-adrenal sistemasining stimulyatsiyasi 
katexolaminlarni (adrenalin, noradrenalin, dofamin) ko'p ishlab chiqa- 
rilishiga va generalizatsiyalashgan arteriospazmga olib keladi. U ichki 
a’zolar (o'pka, jigar, oshqozon osti bezi, ichak, buyraklar), shuningdek, 
teri va mushak sistemasi qon aylanishiga ta’sir qiladi. Shuning uchun 
shokning kompensatsiya fazasida yurak va bosh miyaga normal sha- 
roitga qaraganda qo'proq qon keladi. Bu o'zgarish — 
markaxiashgan 
qon aylanishi
deyiladi. Markazlashgan qon aylanishi — agar uni qisqa 
vaqt oralig'ida qurilsa, u 
moslashuv reaksiyasi
bo'lib hisoblanadi. Agar 
u yoki bu yo'l bilan aylanib yuruvchi qon hajmi normallashtiriimasa, 
51 


vazokonstriksiya davom etaversa va shunga bog'liq holda kapillyarlar 
qon oqimi susaysa, ya’ni «mikrosirkuiyatsiya krizisi yuzaga keisa, 
to'qimalarga kislorod va energetik substratlarning keiishini kamayti- 
radi va hujayra ichki almashuvning oxirgi mahsulotlari to‘planishiga 
olib keladi, natijada metabolik atsidoz yuzaga keladi. 
Progressiv shokda bu lokal gipoksik o‘zgarishlar davom etishi 
prekapillyar tomirlar kengayishiga otib keladi, lekin bu vaqtda 
postkapillyar tomirlar toraygan bo'ladi. Shuning uchun qon ko'p 
keladi, lekin ketishi qiyinlashadi. Qon to‘planib qoladi, bu esa kapillyar 
ichi bosimi oshishiga olib keladi. 
Natijada: 1) plazma interstitsiyga o'tadi; 2) sekin oquvchi qon- 
da qon hujayralari (eritrosit, trombositlar) agregatsiyasi yuzaga ke- 
ladi; 3) qonning yopishqoqligi oshadi; 4) shokda qon aylanishining 
susayishi va qon ivishining tezlashishi umumiy tendensiyasi, kapill- 
yarlarda spontan qon ivishiga olib keladi va kapillyar mikrotromblari 
vujudga keladi. 
Ko'pgina 
mualliflar 
fikricha 
(J.Fine, 
1962; 
L.Gelin, 
1962; 
B.Zweifach, 1962), shokka xuddi metabolik jarayonlarni normal ke- 
chishi uchun kerak bo'igan qonning to'qimalarga kam kelishi natijasida 
vujudga keladigan ortga qaytmas hujayraviy o'zgarishlardan iborat sin- 
drom deb qarash mumkin. 
Shokka olib kelgan sabalardan qat’i nazar, barcha turdagi shokda 
mikrosirkulatsiyaning buzilishi kuzatiladi. Hujayra va organlar funk- 
siyasi buzilishga olib keladigan mikrosirkulatsiyaning buzilishi hayot 
uchun xavf tug'diradi. 
Hujayralar shikasti va ular funksiyasining buzilish darajasi sir- 
kulyator shokning og'irligi va uni davolash terapiyasini aniqlashga 
imkon beradi. 
Ba’zi organlar sirkulator shokka sezgir bo'ladi. Ularga o'pka, 
buyrak va jigar kiradi. 
0‘pkadagi o'zgarishlar. Shokdagi gipovolemiya o'pkadagi qon 
aylanishining kamayishiga olib keladi. Bemorlar nafas qisilishidan 
shikoyat qilishadi. Bunda tez-tez nafas olish, arterial qonda partsial 
bosim kamayishi, o'pka clastiktigining pasayishi kuzatiladi. Rentgeno- 
grammada interstitsial o'pka shishi kuzatiladi. 
Og'ir shikastlangan bemorlarning 50% o'tkir nafas yetishmovchi- 
ligidan halok bo'ladi. 
Buyraklarda filtratsion va kontsentratsion xususiyatlarining buzilishi 
va siydik miqdorining kamayishi kuzatiladi. 
Jigar. Shok vaqtida jigarda hujayralar nekrozi, sintez va dezin- 
toksikatsion funksiyalarning pasayishi kuzatilishi mumkin. Jigar fun- 
ksiyasining o'zgarishi uning fermentlari miqdorini oshishiga qamb aniq- 
lanadi. 
52 



Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling