M kariyev, R. Alimov
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv hammomida individual rezus-moslik sinamasini otkazish qoidasi.
Reaksiya natijalari
1. Hamma 3 tomchida agglyutinatsiya yo'qligi tekshirilayotgan qonda agglyutinogen yo'qligini bildiradi. Qon 0(1) guruhiga kiradi. 2. 0(1) va B(II1) guruhlari zardob tomchisida agglyutinatsiya bo'lishi, qonda agglyutinogen A borligini bildiradi. Qon A(l!) guruhiga kiradi. 3. 0(1) va A(II) guruhli zardob tomchisida agglyutinatsiya bo'lishi, qonda agglyutinogen V borligini bildiradi. Qon V(I11) guruhga kiradi. 4. Hamma uchta tomchida agglyutinatsiya bo'lishi tekshirilayotgan qonda ikkala agglyutinogen A va В borligini bildiradi. Qon AB(IV) guruhga kiradi. Nospesifik reaksiya hisobiga hamma zardoblar bilan ham agglyu- tinatsiya bo'lishini hisobga olish kerak. Shuning uchun tarelkaga 2— 3 tomchi AB (IV) guruh standart izogemagglyutinlovchi zardob solina- di va unga 1 tomchi tekshiriluvchi qon qo'shiladi. Qon va zardob aralashtiriladi va reaksiya natijasi 5 daqiqadan keyin ko'riladi. Variantlar: 1. Agglyutinatsiya yo'q bo'lsa qon AB(IV) guruhga kiradi. 2. Agglyutinatsiya bo'lsa, reaksiya nospesifik. Donor qon gu- ruhini aniqlash uchun flakondan qon tomchisi olinadi. Suv hammomida individual rezus-moslik sinamasini o'tkazish qoidasi. Kerakli anjomlar: suv hammomi, Petri piyolchasi, suv haroratini o'lchash uchun termometr, sentrifuga. 1. Retsipiyent venasidan probirkaga 3-5 ml qon stabilizator qo'shmasdan olinadi. 2. Qon sentrifugalanadi. 3. Pipetka bilan retsipiyentdan 2 tomchi zardob olinadi va uni Petri piyolasiga solinadi. 4. Zardobga 5—10 marta kam qon tomchisi qo'shiladi va tomchilar aralashtiriladi. 5. Petri piyolasi suv hammomiga 10 daqiqaga qo'yiladi (suv t° 42—46°C) 6. Natijani o'qish: agar agglyutinatsiya bo'lsa, qon mos kelmaydi va uni quyish mumkin emas. Alohida tibbiy otryadda qon quyish usullari: 1. Qonni venaga quyish - ATO da ko'p qo'llaniladi. Qon qu- yishda har qanday yuza venadan foydalaniladi. Tirsak bukilmasi, kaflning tashqi yuzasi, bilak, oyoq kafti venalari. Venaga qon qu- yishda venapunksiya o'tkaziladi, buning iloji yo'q bo'lsa, venaseksiya qilinadi. Qon va qon o'mini bosuvchilarni uzoq vaqt quyish kerak bo'lsa, vena plastik materialli trubka bilan kateterizatsiya qilib qo'yiladi. Venaseksiya uchun tizzaning yuza venalari foydalaniladi. Operat- 42 siya aseptika va terini kesishdan awal to‘qimani og'riqsizlantirish qoi- dalariga amal qilingan holda o'tkaziladi. Venaseksiya uchun quyidagi jarrohlik asboblari kerak bo'iadi: jar- rohlik pinset, anatomik pinset, skalpel, qaychilar, 4 ta qon to'xtatuvchi qisqich, igna ushlagich, teri jarrohlik ignalar, ip, ketgut anesteziya va vena punksiyasi uchun shpris va ignalar, 25—50 ml 0,25—0,5% novokain eritmasi. Venaseksiya o'tkazish qoidalari: - Operatsion maydon yodonat eritmasi bilan ishlov berish va steril choyshab qo'yish. - Vena uchun tayyorlangan teri, teri osti yog* to‘qimasi og‘riqsizlantiriladi. - Vena bo'ylab teri kesiladi. - Tig' ishlatmasdan vena teri yog* to‘qimasidan ajratiladi. - Vena ostidan 2 ta ligatura qo‘yiladi, distal ligatura ushlovchi bo'lib xizmat qiladi. - «Ushlagich» vena fiksatsiyalanib, uni igna bilan teshiladi. - Qon paydo bo'lgach, ignaga sistema kanyulasi ulanadi va qon quyish boshlanadi. - Igna venaga markaziy ligatura bilan fiksatsiyalanadi. - Yara tiklanadi - Yaraga aseptik bog'lam qo'yiladi. 2. Magistral venani kateterizatsiyalash yo'qotilgan qon miqdorini tezda toMdirish yoki uzoq transfuzion terapiya uchun o‘tkaziladi. Bu maqsadda o‘mrov osti venasini punksion kateterizatsiyasi ham qilinadi. Bu anesteziologlarga taalluqli boMgani uchun amaliyotni o‘tkazish texnikasi yozilmaydi. 3. Arteriya ichi transfuziyasi — qonni arteriya ichiga quyishga ko'rsatma: 1. Massiv qon yo'qotish natijasida, qon o'mi to'lmay yurak to'xtab, klinik o‘lim bo'lganda, terminal holat, agar u qon yo‘qotish natijasida uzoq vaqtli gipotenziya (A/B-60 mm. sim.ust.), travmatik shok, ichki transfuziya effektsiz bo'lganda. Tezkor vaziyatda oyoq yoki qo'lning distal qismida istalgan yuza joylashgan arteriya operatsiya yo'li bilan ochiladi (bilak, orqa, katta boldir), u punksiyalanadi va flakondan qon bosim bilan transfuziya amalga oshiriladi. Flakondagi bosim rezina ballon yordamida hosil qilinadi va arterial bosimni o'lchash uchun apparatlardan monometr bilan nazorat qilinadi. 4. Suyak ichiga qon quyish. Hozigi vaqtda kam qo'Ilaniladi, lekin bu oddiy usulda shuni esda tutish kerak: u altemativ hisoblanadi, agar vena ichiga qon yoki qon o'rnini bosuvchilami yuborishning iloji bo'lmasa. Unda keng bo'shliqli igna bilan g'ovak modda saqlovchi suyak punksiya qilinadi. Son va katta boldir suyagini epimetafizar 43 qismi, yonbosh suyagi qanoti, son suyagini katta dumbog‘i qulayroq. 1% novokain eritmasi bilan o'sha yerdagi to‘qima og'riqsizlantirilganidan keyin mandrenli maxsus igna bilan suyak punksiya qilinadi. Mandren chiqarilgandan keyin, igna suyakning g'ovak moddasida joylashganiga ishonch hosil qilinib, 10-15 ml 0,5- 1% li novokain eritmasi yuboriladi. 5 daqiqadan keyin ignaga siste- ma biriktiriladi va tomchilab qon quyishga kirishiladi. Suyak ichiga tez qon quyish zarur bo'lganda, bu juda og'riqli jarayon bo'lgani uchun bu operatsiyani umumiy og'riqsizlantirish yo‘Ii bilan o‘tkazish tavsiya etiladi. 5. Qonni reinfuziyasi — tomirlar va parenximatoz organlar shi- kastlanganda ko'krak yoki qorin bo‘shlig‘iga chiqqan qonni qayta quyish. Reinfuziya donor qonini qo'llashni chegaralaydi. Qonni re- infuziyasiga qarshi ko'rsatmalar: 1. Qorin bo‘shlig‘i organlarining shikastlanishida ularni ichidagi narsalar bilan ifloslanishi. 2. Oqib chiqqan qonning seroz bo'shliqlarda 24 soat turishi. Qon reinfuziyasi metodikasi: 1. Plevra yoki qorin bo'shlig'iga qu- yilgan qon qoshiq yoki shisha bankacha bilan Bobrov bankasiga yoki flakonga yig'iladi. 2. Yig'ilgan qonga stabilizator yoki geparin 1000 Yed. 500 ml qonga yoki 100 ml qonga 4 % natriy sitrat eritmasi qo‘shi!adi. 3. Yig‘ilgan qon ampulaga filtrlanadi. Filtrlash uchun am- pulaga katta voronka kiritiladi, unda 8 qavat steril doka bo'lishi ker- ak. Stabillashtirilgan va filtrlangan qonni bemorga hech qanday si- namalar va tekshirishlarsiz oqma qo'rinishda quyish mumkin. Transfuzion terapiya mezoni boMib, qon yo'qotish hisoblanadi. Qon yo‘qotishni yengil darajasida faqat plazmani to‘ldiruvchi suyuq- liklar quysa ham bo'Iadi. 0‘rta darajali qon yo'qotish va og‘ir darajada qon tez oqma ko'rinishda quyiladi. Yuborilayotgan konservatsiya qi- lingan donor qonidan yo'qotilgan qon hajmining 50—70% gacha yu- boriladi, qolgan 50—30% esa plazmani to‘ldiruvchilar orqali toldiriladi. Lekin yaralanganlar, shikastlanganlar va o‘tkir qon yo'qotishlar bilan bo‘lganlar massiv tushganda esa qon va plazma to'ldiruvchilar nisbati 1:1, 1:2 dan 1:5 va 1 gacha nisbatda ham quyiladi. lxtisoslashtirilgan yordam bosqichida transfuzion (infuzion) tera- piya. Bu bosqichda bevosita o'choqda shikastlanib, massiv tushganlarga ko‘rsatma va transfuzion terapiya hajmi xuddi malakali yordam bos- qichida bo‘ladi. Bundan tashqari, gospital-davolash muassasalariga operatsiya ama- liyotiga tayyorlash va uni o‘tkazish, operatsiyadan keyingi qon qu- yish va nur kasalligining kompleks terapiyasi, yarani yiringli-septik asoratlari, suvsizlanish va turli etiologiyali intoksikatsiyaga qarshi kurash uchun zaxirada qon bo'lishi kerak. 44 Transfuzion vositalarning turlari va ularni qo'llashga ko'rsatma. Qon va qon o'rnini bosuvchi eritmalarni birgalikda quyish Respublika Qurolli Kuchlar tizimi tibbiy xizmati transfuzion te- rapiya o'tkazish uchun quyidagi tabelii vositalardan foydalaniiadi. Qonning tarkibiy qismlariga: eritrotsitar massa, leykotsitar, trom- bositar massa, plazma (quruq, nativ, antigemofilli, immun) kiradi; Plazma preparatlari: albumin, protein, fibrinogen, trombin, ge- mostatik gubka. Yo'naltirilgan ta’sirli globullinlar, qoqsholga qarshi, antistafilakokkli, grippga qarshi qo'llanishi kerak. Plazma to‘Idiruvchi eritmalar: a) to'ldiruvchi ta'sirii; b)dezintoksikatsion ta’sirli; d) parenteral ovqatlantirish uchun; e) boshqalar. Qon va plazma o'rnini bosuvchilarni quyishga asosiy ko'rsatma: 0‘tkir qon yo'qotish, travmatik shok, kuyish, yiringli infeksiya va to qimalar regeneratsiyasining pastligi, nur kasalligi, anemiya, leyko- peniya, trombotsitopeniya, kelib chiqishi turli intoksikatsiyalar, gipo- proteinemiya. Transfuzion terapiya o'tkir qon yo'qotishning oqibalini yo'qotishning asosiy usuli hisoblanadi. U erta va to'laqonli qon to'xtatishda va o‘pka ventilyatsiyasini adekvat ta'minlashda effektiv. Transfuzion terapiya vazifalari. 1. Pasaygan AYQX va o'zgarmagan qon tizimi hajmi o‘rtasidagi nosozlikni yo'qotish yo‘li bilan markaziy gemodinamikani tiklash. Tomir tizimini to'ldiruvchi sifatida quyidagilar qo'llanilishi mum- kin: poliglyukin, konserovatsiya qilingan nativ va quruq plazma. 2. Qonni reologik xususiyatini normallashtirish yo'li bilan mikro- sirkulyatsiyani tiklash. Buning uchun ko'pincha reopoliglyukin qo'llaniladi. Albumin yuqori reologik aktivlikka ega. Lekin uni qo'llashdan oldin kristall moddalar quyilishi kerak. 3. Autogemodilyutsiya jarayonida o'rin egallagan interstetsial suyuq- likni yo'qotilishini tiklash va transkapillyar almashinuvni normallash- tirish. Buning uchun vena ichiga osh tuzili fiziologik eritma, elek- trolitlarning yaxshi tenglashtirilgan eritmasi, bufer qo'shilmalar saqlovchilar: Ringer laktat eritmasi. 4. Qonning kislorod tashish funksiyasini tiklash. Buning uchun konservatsiya qilingan qon, kam muddatli saqlangan (4 kungacha) eritrotsitar massa quyiladi. Shunday qilib, o'tkir qon yo'qotishda konservatsiya qilingan qon va plazma o'rnini bosuvchilarni birga qo'llab effektiv davolash ta’minlanadi. Plazma o'rnini bosuvchilar muhim rol o'ynaydi. Ular AYQHni oshiradi, qonni reologik xususiyati va mikrosirkulyatsiyani normallashtiriladi, qonni koloid-osmotik bosimini tiklaydi. 45 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling