M kariyev, R. Alimov


UMBSni tibbiy ko'chirish bosqichlarida davolash


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

UMBSni tibbiy ko'chirish bosqichlarida davolash 
Birinchi tibbiy yordam. Jabrlanganni bosilishdan bo'shatishdan 
oldin sog' to'qima chegarasidan yuqoriroq sohadan jgut qo'yish. 
bo'shatib bo'igandan keyin esa shu sog' to'qimalarni bint bilan si- 
qib bog'lash kerak. Bu shishni kamaytiradi va ezilgan to'qimalardagi 
parchalanuv mahsulotlarini so'rilib ketishiga yordam beradi. Keyin 
jgutni yechish va giperkalimiya, to'qimalarni gipoksiyaga sezuvchan- 
ligini kamaytirish maqsadida sovuq (muz, qor, suv) qo'llash kerak. 
Keyin qo'l-oyoqlar immobilizatsiyasi, og'riq qoldiruvchilar, antibi- 
otiklar qilish kerak. 
Vrachgacha yordam. Birinchi tibbiy yordam hajmi kengaytiriladi. 
61 


Agar qo'l yoki oyoqlar siqib bog'lanmngan bo'lsa bog'lanadi va so- 
vutish choralari qo'llanadi, yurak-qon tomir va og'riqsizlantiruvchi 
vositalar qo'llanadi. Ishqorli erilmalar ichishga beriladi. Birinchi vrachlik 
yordamiga tezlikda ko'chiriladi. 
Birinchi vrachlik yordami (BrTP). Saralash vaqtida 2 guruh 
UMBSdan jabrlanganlar ajraliladi: 
I guruh: UMBSning yengil va o'rta darajalari bilan jabrlanganlar. 
Tibbiy yordam saralash maydonida ko'rsatiladi. Bunda 0,5 ml qoq- 
sholga qarshi anatoksin, 100000 Yed.penitsillin, 1% li 2 ml prome- 
dol eritmasi 
yuboriladi, transport 
immobilizatsiyasi kuchaytiriladi, 
ishqorli suyuqlikiar ichishga beriladi. ixtisoslashtirilgan vrachlik yor- 
dami etapiga yuboriladi. 
II guruh: UMBSning og'ir formasidagi jabrlanganlar. Tibbiy yor- 
dam bog'lov xonasida ko'rsatiladi. Ezilgan qo'l yoki oyoqqa novokain- 
ning 0,25% li 400—500 ml iliq eritmasi bilan futlyar novokain blokada 
qilinadi. Vishnevskiy bo'yicha ikki tomonlama paranefral blokada qil- 
inadi, vena ichiga 1000 ml 10% li glukoza eritmasi, 24 Yed insulin 
va 
200 
ml 
4% 
li 
natriy 
bikarbonat 
eritmasi 
yuboriladi. 
Narkotik va antigistamin preparatlari (1 ml-2% li promedol eritma- 
si, 2ml—2%li dimedrol eritmasi), yurak-qon tomir vositalari (2 ml— 
10% li kofein eritmasi) buyuriladi. Standart transport shinalari yor- 
damida immobilizatsiya qilinadi. Ichishga ishqorli suyuqlikiar, issiq 
choy beriladi. Ixtisoslashtirilgan vrachlik yordami yoki maxsuslash- 
tirilgan xirurgik yordam bosqichlariga ko'chiriladi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling