M kariyev, R. Alimov
Ixtisoslashtirilgan vrachlik yordami
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
Ixtisoslashtirilgan vrachlik yordami tibbiy saralashda 2 guruh jabr-
langanlar ajratiladi. I guruh — yengil va o'rta og'ir formadagi UMBS. Gemodinamik o'zgarishlar yo'q, yoki kam namoyon bo'lgan. Oyoq-qo'llarda shish,buyraklar funksiyasi unchalik o'zgarmagan. Periferik arteriyalarda pulsatsiya susaygan. Bemorlarni darhol maxsuslashtirilgan xirurgik bos- qichiga yuborish mumkin. II guruh — UMBSning og'ir formasi. Shokka qarshi reanimat- sion palatada maxsuslashtirilgan gospitalga yuborishga tayyorlash maqsadida gemodinamik o'zgarishlar to'g'rilanadi. Davolash aylanib yuruvchi qon hajmini to'ldirishga qaratilgan bo'ladi, bunda qon quyish man etiladi. Uning o'miga past molekulali kolloid eritmalar va elektrolitlarni izotonik eritmasi quyiladi. Atsidozga qarshi vena ichiga 300-500 ml 4% natriy bikarbonati yuboriladi. Buyraklar po'stloq qavati tomirlar spazmini kamaytirish maqsadida 300—400 ml 0,1% novokain eritmasi; diurezni yaxshilash maqsadida glukoza, mannitol, laziks eritmalari yuboriladi. Xirurgik ishlov berishga ko'rsatmalar bo'lsa antibiotiklar qo'llanadi. Bemor holati yaxshilan- gach, keyingi bosqichlarga yuboriladi. 62 Maxsuslashtirilgan jarrohlik yordam. Bu bosqichda oldingi bos- qichlarda boshlangan davo tadbirlari davom ettiriladi. Novokain bloka- dasi qayta qilinadi. Qonning, siydikning bioximik tekshiruvi, bir kunlik diurez nazoratga olingan holda aylanib yuruvchi qon hajmi to'ldiriladi, kislota-ishqor nisbati, elektrolitlar balansi yaxshilanadi. Gipovollemi- yaga, atsidozga, giperkaliyemiyaga va buyrak yetishmovchiligiga qarshi kurash, awalgidek, muhim rolni o'ynaydi. 0‘tkir buyrak yetishmovchi- ligini davolashda «sun’iy buyrak» apparati bilan gemodializi yaxshi natija beradi. UMBS ning og‘ir formalarida amputatsiyaga ko'rsatmalar bo'lishi mumkin. Agar amputatsiya o‘z vaqtida, anuriya rivojlanguncha qilinmasa, bemorga foyda bermaydi. Amputatsiya bajarish qoidasi: I) to‘qimaning sog‘ qismidan shu bilan birga tejagan holda kesish; 2) amputatsiyalar mioplastik xarak- terga ega bolishi kerak emas; 3) choMtoq doim ochiq qolishi kerak. 0‘tkir buyrak yetishmovchiligi bartaraf etilgandan so‘ng, davo tad- birlari oyoq yoki qo‘l funksiyasini tiklashga, infeksion asoratlarning oldini olishga kontrakturalar profilaktikasiga qaratilgan. Operativ aralashuvlar amalga oshiriladi: flegmonalarni ochish, mushaklar nekrotik o‘choqlarini olib tashlash. Jarohat infeksiyasi asoratlarini davolash maqsadida shikastlangan qo‘l yoki oyoqqa uzaytirilgan arteriya ichi infuziyasi, oksigenobaroterapiya qilinadi. Keyinchalik fizioterapevtik muolajalar va jismoniy tarbiya buyuriladi. Ikkilamchi anemiyalar oldini olish uchun qayta qon quyiladi. Aralash radiatsion og‘ir va katta jarohatlarda birlamchi amputatsiyaga ko'rsatmalar oshib boradi. 63 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling