M kariyev, R. Alimov
Napalmani qollash usullari
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
Napalmani qollash usullari: napalma aralashmasi aviatsion bom-
balarni, snaryadlarni, qo'l granatalarini, minalarini, o't otuvchi qurol- larda ishlatiladi, shuningdek, maxsus idishlarda saqlanadi. Napalmali bomba portlaganda olov gumbazi yerdan 20 m ba- landlikka ko'tariladi, issiq napalma 100 m atrofga tarqalishi mum- kin. Tutunli buluti esa 500 m balandlikka ko'tariladi. Napalma ar- tilleriya snaryadlarida keng qo‘llanadi,bunda juda katta maydon olovli bo'ron ichida qoladi. Napalma qo'rqinch soluvchi qurollar sarasiga kiradi: u yetarlicha tayyorlanmagan qo'shin shaxsiy tarkibida vahima keltirib chiqaradi, shuningdek, odamlar orasida psixogen reaksiyalar rivojlanishiga olib keladi. 65 Napalmadan kuyishning o'ziga xosligi. 94—95% hoHarda 3—4 dara- jali kuyish kelib chiqadi. Ko'proq odam tanasining ochiq qismlari — bosh, yuz, bo'yin, barmoqlari kuyadi. Napalmadan kuyish shokning og'ir formasi bilan birga kuzatiladi, hattoki chegaralangan shikastla- nishlarda (10% gacha yuza) ham kuzatiladi. Kuyish maydoni 11-20% boigan jabrlanganlarning 84% ida bu hoi kuzatilgan. Bunday holat- da shokning og'ir formasiga kuyish bilan birga ruhiy shikastlar va tez rivojlanuvchi zararlanishning qo'shilib kelishi sabab bo'ladi. Napalma ta’sirida kuygandan so'ng taxminan bir soat o'tgach, umumiy zaharlanish belgilari paydo bo'ladi: holsizlik, taxikardiya, mushaklar adinamiyasi va h.k. Napalmadan kuyganda maxsus o'choqli o'zgarishlar, tez hosil bo'luvchi shish va birlamchi nekrozga uchra- gan to'qima atrofida pufakchalar hosil bo'Iishiga olib keladi. Kuyish yaralarining kechishi ko'pincha yiringlash va limfangoit, limfadenit, tromboflebitning hosil bo'Iishi bilan asoratlanadi. Asoratlanish buyrak tomonidan bo'lsa, gematuriya ko'rinishida bo'ladi. Chandiqlanish jarayoni sekinlashadi. Kuygandan keyingi chandiqlar kattaligi, keloid xarakterligi va yaralanishga moyilligi bilan farqlanadi. Napalma yon- ganda hosil bo'lgan katta ntiqdordagi CO^ zaharlanish, qizigan havo esa nafas olish a'zolarining kuyishini keltirib chiqaradi. Nafas olish a'zolarining shikastlanishiga issiq havo, kul zarralari, bug'lar va h.k. lar sabab bo'ladi. Ko'proq og'iz, burun, halqum shilliq pardalarini I—111 a darajali kuyishi kuzatiladi. Bazan, traxeya, bronx shikastla- nadi. O'pkadagi patologik jarayon shish, qon dimlanishi, qon quyi- lishlar bilan xarakterlanadi. Bronxning o'tkazuvchanlik va drenajlovchi funksiyasining buzilishi o'tkir nafas yetishmovchiligiga sabab bo'ladi. Birinchi soatlarda nafas olish qiyinlashadi, hansirash, balg'amli yo'tal, sianoz hosil bo'ladi. Jabrlanganlarning 20%i dastlabki kunlarda o‘pka shishidan halok bo'ladi. Termitli va fosforli kuyish kam uchraydi. Termit-alyuminiyning har xil metail oksidlari bilan aralashmasi bo'lib, yonganda 3000 "C gacha qiziydi. Termitning yonishi bir necha daqiqa davom etadi. Aviabombalar va snaryadlarda ishlatiladi. Oq fosfor-og'ir o'choqli kuyishlarni va qonga so'rilib oiganizm- ga zaharli ta’sirini keltirib chiqaradi. Oddiy bombalar, snaryadlar va minalarda qo'llaniladi. Yadro portlaganda yorug'lik nurlanishidan kuyish. Bir qator o'ziga xos tomonlari niavjud: 1) umumiy xarakterga ega; 2) katta maydonni egallaydi; 3) shikastlanish og'irligi har xil; 4) tananing ochiq qismlari og'ir shikastlanadi. 66 Portiash markazidan uzoqlashgan sari kuyish darajasi kamayadi. Yorug’lik nurianishi ko'zga ta’sir qilib, qovoqni, ko’z olmasining oldingi qismini va to'r pardani kuydirishi mumkin.Natijada bir necha daqiqa yoki soat davom etuvchi va davosiz o‘tib ketuvchi ko'rlik kelib chiqadi. Qizigan havodan nafas a’zolari kuyishi mumkin.Yong’in va kiyim- larning kuyishi odam tanasining ikkiiamchi kuyishiga sabab bo’ladi. Xirosimada oiovli shtorm 6 soat davom etgan, maydoni 11,5 knr 2 , bu taxminan shikastlanish o’chog'ining yarmini egallagan. Yadro portlaganda kuyishning 50-60% i og’ir va o’rta darajali, qolganlari yengil darajali bo’lgan. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling