M kariyev, R. Alimov
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Travmatik shok klinikasi va rivojlanish fazalari.
- Klinik jihatdan
Kislota-ishqor muvozanatining o‘zgarishi. Shokda atsidoz kuza-
tiladi. U miokard qisqarish funksiyasining buzilishiga, turg‘un va- zodilatatsiyaga, buyraklar funksiyasining pasayishi va oliy nerv faoli- yatining buzilishlariga olib keladi. Qon ivish sistemasining buzilishi — giperkoagulyatsiyaga, dissemir- lashga tomir ichi ivish jarayoni rivojlanishiga, u esa trombogemor- ragik sindrom (TGS) rivojlanishiga olib keladi. Tomir ichi ivish jaray- oni generalizatsiyalashgan xarakterga ega bo'ladi va u mikrosirkula- tor tarmoqdagi qon aylanishini yomonlashtiradi. Travmatik shok klinikasi va rivojlanish fazalari. Travmatik shokning kechishi bo'yicha ikkita klinik fazasi bo‘ladi:erektii va torpid. Erektil faza qo'zg'alish bilan xarakterlanadi. U arterial bosim oshi- shi, tomirlar spazmi, nafas qisishi, endokrin bezlar faoliyati va modda almashinuvining kuchayishi bilan namoyon bo'ladi. Bunda harakat va nutq markazi qo‘zg‘alishi kuzatiladi, jabrlangan o‘z holatini baholay olmaydi. Teri qoplamlari oqarib, nafas olish va puls tezlashadi, reflekslar, skelet mushaklar tonusi kuchayadi. Erektil faza davomiyligi bir necha minutdan bir necha soatlargacha davom etishi mumkin. Shokning torpid fazasi organizmning hayotiy funksiyalarning susayishi bilan xarakterlanadi. Shokning bu fazasini N.l.Pirogov quyi- dagicha ta’riflangan: «Bog'lov punktida oyog‘i yoki qo'li uzilgan, harakatsiz qotib qolgan askar yotibdi, u qichqirmayapti, og'riqdan shikoyat ham qilmayapti, hech narsa soTamayapti; uning tanasi sovuq, yuzi murdanikdek oqargan, nigohi uzoqqa tikilgan, harakat- siz; pulsi ipsimon. Terisi va jarohati sezgisi yo‘qolgan, lekin jaro- hatda osilib turgan katta nervni nima bilandir ta’sirlashtirilsa, be- mor ba’zi mushaklarini harakatlantiradi». Shunday qilib, travmatik shok uchun bemor ongi saqlangan, le- kin unda yaqqol muloqot qilish qiyin bo'ladi. Teri qoplamlari oqar- gan va nam, tana harorati pasaygan, yuza va chuqur reflekslar susay- gan yoki umuman yo'qolgan, ba’zan patologik reflekslar paydo bo'ladi, nafas olishi yuzaki, puls kuchaygan va arterial bosim pasaygan. Klinik-patofiziologik o'zgarishlarga ko'ra shokning 3ta ketma-ket bosqichi bo'ladi. I bosqich - sirkulator o'zgarishlar (vazokonstriksiya) bosqichidir. Bu bosqichda bemor yuzi sovuq, oqargan, nam teri, biroz tezlashgan puls, arterial bosimi biroz pasaygan, nafas olishi tezlashgan. II bosqich - tomirlar dilyatatsiyasi, mikrosirkulator tarmoqda tomir ichi ivish jarayoni boshlanishi va buyraklar faoliyatining buzilishi (shokdagi buyrak) bilan xarakterlanadi. Klinik jihatdan — qo'l-oyoq- larda sianoz, taxikardiya, A/В pasayishi, tormozlanish kuzatiladi. HI bosqich - tomirli atoniya va almashinuv buzilish bosqichidir. 53 Bunda turli a’zolarda, o‘pka, jigarlarda tomir ichi dessiminirlangan ivish jarayonining nekrotik o'choqli shikastlari, gipoksiya, metabolik atsidoz kuzatiladi. Klinik jihatdan — yuz, qo‘l-oyoqlarning kulrangda bo'lishi, ipsimon puls, past AQB, tez yuzaki nafas, qorachiqlar kengayishi, reaksiya sekinlashganligi kuzatiladi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling