M kariyev, R. Alimov
Travmatik shokning og'irligi bo‘yicha tasnifi
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Terminal holat (IV darajadagi shok).
- Agonal oldi hoiatida
Travmatik shokning og'irligi bo‘yicha tasnifi.
I daraja (yengil shok) bunda ten qoplamlari oqargan, puls daqiqa- da 100 marta, A\B 100/60 mm.sim.ust, tana harorati normada, nafas olish o'zgarmagan. Bemor hushida, ba’zi qo‘zg‘alish!ar bo‘lishi mumkin. II daraja (o‘rta og'irlikdagi shok) - bunda teri qoplamlari oqar- gan, puls daqiqada 110—120 marta, AQB 90/60, 80/50 mm.sim.ust., tana harorati pasaygan, nafas olish tezlashgan. Bemor hushida, tor- mozlanish yo‘q. III daraja (og‘ir shok) — teri qoplamalari oqargan va sovuq ter bilan qoplangan, puls ipsimon, daqiqada 120 marta, AQB 70/60, 60/40 mm.sim.ust, tana harorati 35"S dan past, nafas olish tezlashgan. AQBni 60 mm. sim.ust.dan pasayishini Cannon «kritik holat» deb nomlagan. Bundan keyingi davrda terminal holat rivojlanadi. Terminal holat (IV darajadagi shok). U agonal oldi, agonal holat va klinik o‘lim darajalariga bo'linadi va hayotiy funksiyalarni klinik o'lim darajasigacha bo'lgan susayishi bilan xarakterlanadi. Jabrlanganning holatini, shok darajasini puls va AQB ko‘rsatkichlariga asoslanadigan shok indeksi (ko'rsatkichi) yordamida aniqlanadi. Agar indeks 1 dan kichik bo'lsa (puls daqiqada 70 ta, AQB 110), bemorning holati xavf tug'dirmaydi. Agar indeks 1 ga teng bo'lsa (puls 110 ta, AQB 110), bemor holati xavfli, o'rta darajadagi shok, qon yo'qotish 20—30% ga teng. Agar indeks 1 dan katta bo'Isa (puls 110 ta, AQB 80 mm.sim.ust.) — xavf soluvchi shok, qon yo'qotish esa 30—50% ga teng. Agonal oldi hoiatida faqatgina yirik arteriyalarda: son va uyqu arteriyalarida pulsni aniqlash mumkin. AQB aniqlanmaydi, nafas olish yuzaki, ritmik. Bemor hushsiz. Agonal hoiatida yuqoridagi o'zgarishlarga qo'shimcha nafas olish- ning buzilishi: aritmik, tez-tez, Cheyn-Stoks (Cheyne-Stokes) tipi- dagi nafas qo'shiladi. Ko'z reflekslari yo'qolgan, ixtiyorsiz siydik aj- ratish va ich kelishi, yirik arteriyalarda puls o'rtacha taxi yoki bradikar- diya kuzatiladi. Klinik o‘lim — nafas olish va yurak to'xtashidan boshlanadi. Yirik tomirlarda puls aniqlanmaydi, arefleksiya, terming mumsimon oqarishi, qorachiqlar kengayishi kuzatiladi, u 5—7 daqiqa davom etadi. Tez shikastlanuvchi a’zolarda (miya, miokard) ortga qaytmas o'zgarishtar hali rivojlanmagan. Organizmni tiriltirish mumkin. 54 Klinik o'limdan keyin biologik o'lim yuzaga keladi, hayotga layo- qatsiz o'zgarishlar kuzatiladi. Reanimatsion choraiar natija bermaydi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling