M kariyev, R. Alimov


O‘qotar qurollardan sinish tasnifi


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

O‘qotar qurollardan sinish tasnifi 
0‘qotar qurollardan sinish jarohatlanish turi, xarakteriga joyla- 
shishiga ko‘ra bo'linadi. Jarohatlovchi snaryadga ko‘ra: o‘qli, par- 
chali. Yaralanishning xarakteriga ko'ra: teshib o'tuvchi, ko‘r yara, 
tegib o'tuvchi; sinishning turiga ko‘ra: a) to'Iiq bo'Imagan (chetidan, 
teshiksimon); b) to'Iiq bo'lgan — ko'ndalang, uzunasiga, qiya, yirik 
parchali, mayda parchali parchalangan. 
Jarohatning lokalnizatsiyasiga ko‘ra: yelka, bilak, panja, son, boldir, 
tovon suyaklarning sinishi; jarohatlanishning qo'shilib kelishiga ko‘ra: 
1) yumshoq tuqima: a) yirik shikastlanishlar bilan; b) kichik shikast- 
lanishlar bilan; 2) yirik tomiriarni: a) shikastlanish bilan; b) shikast- 
lanishsiz; 3) nervlarni: a) shikastlanishli, b) shikastlanishsiz; 4) 
bo‘g‘imlar: a) shikastlanishli, b) shikatslanishsiz turlari kuzatiladi. 
O'qotar qurollardan sinishning umumiy xarakteristikasi 
va uning davolash prinsiplari 
O'qotar qurollardan sinishning morfologik strukturasi, klinik ke- 
chish, davolash xususiyatlari, yopiq jarohatlardan va birlamchi ochiq 
sinishlardan farq qiladi. 
1. Hamma o'qotar sinishlar birlamchi ochiq va birlamchi mikrobli, 
ifloslangan hisoblanadi. Yumshoq to'qimalarning yirik jarohatlarida 
ikkilamchi infeksiya bilan ifloslanish mo'lligi ortadi. 
2. Katta tezlikdagi snaryad bilan yaralanganda oyoq-qo'l to'qimasi 
shikastining 3 zonasini hosil qiladi: 1) jarohat kanafi; 2) birlamchi 
o'lik zona; 3) ikkilamchi o'lik zona. 
3. Yuqori tezlikka ega o'qning kinetik energiyasi suyak to'qimasining 
buzilishiga olib keladi. Yirik oskolkali, mayda parchalik juda ko'p sinishli 
va suyak to'qimasining katta defektli sinishlari ko'payadi. 
4. O'qotar quroldan sinishda ma’lum masofada suyak o'zagida 
patalogik o'zgarishlar yuz beradi. 
150 


Shikastlanishning 4 zonasi farqlanadi: 
1. Suyak o’zagining gemorragik infiltratsiya zonasi. 
2. Funksiyasi butun suyak o’zagi bo’lgan qon quyilishli zona. 
3. Nuqtali qon quyilish zonasi. 
4. Yog‘li nekroz zonasi. 
5. O'qotar qurollardan sinishlar, ayniqsa, uzun suyaklar va katta 
bo'g’imlarni ko'pincha yirik tomirlar va nervlarning shikastlanishi bilan 
kechadi: to’liq uzilish, nervlarning o’tkazuvchanligi buzilishi, qon 
tomirlarda tromblarning hosi! bo’lishi. 
6. Uzun suyaklarning o'qotar qurollar bilan jarohatida organizm- 
ning 
umumiy 
o'zgarishi 
yuz 
beradi. 
Masalan, 
anemiya 
qon 
yo’qotishdangina emas, balki qon yaratilishining buzilishidan ham 
sodir boMadi. 
7. 0‘qotar sinishlar, ayniqsa uzun suyaklar, travmatik shok bilan, 
anaerob infeksiya bilan kechadi. 
O'qotar qurollardan sinishlar diagnostikasi bir tomondan belgilar- 
ga ya’ni uzun suyaklarning sinish belgilari (qo‘l-oyoq funksiyasining 
buzilishi, qisqarishi yoki deformatsiyasi, patologik jarohati, suyak si- 
niqlarining krepitatsiyasi va h.k.) asoslansa, boshqa tomondan, kiruvchi 
va chiquvchi teshiklar joylashishi va oMchami hisobga olinadi. Ba’zi 
hollarda suyak siniqlari yarada ko’riladi. 
Diagnozni aniqlash uchun maxsuslashgan xiruigik yordami bos- 
qichi — rentgenologik tekshiruv tasdiqlaydi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling