M kariyev, R. Alimov


Qon quyishdagi asoratlar, ularni profllaktikasi va davolash


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

Qon quyishdagi asoratlar, ularni profllaktikasi va davolash. 
Qon quyishda reaksiya va asoratlar rivojlanishi mumkin. Posttrans- 
fuzion reaksiyalar: pirogen(40%), allergik (45%), anafilaktik( 15%). Klinik 
kechishning og'irligi bo'yicha 3 darajasi farqlanadi: yengil reaksiya - 
temperatura 1°C atrofida ko'tariladi, muskullarda og‘riq, bosh og‘rig‘i, 
lanjlik; o'rtacha reaksiya — temperatura 1,5-2°C ko'tariladi, iztirob, 
puls tezlashishi, nafas tezlashishi; og‘ir reaksiya - temperatura 2“C 
dan ortiq ko'tariladi, iztirobli titrash, lablar sianozi, qayt qilish, kuchli 
bosh og‘rig‘i, bel suyaklarida og‘riq, hansirash va b. kuzatiladi, 
Davolash: yurak-qon tomir, sedativ vositalar, desensibilizatsion 
terapiya(novokain, kalsiy xlor, dimedrol, kortikosteroidlar). 
Qon quyishdan keyingi asoratlar. 
1. Mexanik 
xarakterdagi 
asoratlar: 
qon 
quyish 
texnikasi 
noto'g'riligi bilan bog'liq; yurakni o'tkir kengayishi, havo emboliyasi
emboliya va trombozlar,oyoq-qo‘lda qon aylanishining buzilishi. Bu 
asoratlar arteriya ichi transfuziyasida kuzatilishi mumkin. 
2. Reaktiv xarakterdagi asoratlar: 
— mos bo'imagan qon quyilishi natijasida posttransfuzion shok: 
Rezus guruhlari mos bo'lmagan qon quyilganda, qonning boshqa 
faktorlarining mos bo'lmasligi; 
— izoserologik xususiyatlari mos bo'lgan qon quyilgan ke- 
yingi 
posttransfuzion 
shok:infeksiyalangan 
o'zgargan 
qon 
quyil- 
ganda va b. 
— anafilaktik shok; 
— sitratli shok; 
— posttransfuzion pirogen reaksiya; 
— massiv qon quyish sindromi. 
3. Kasai donor qoni quyilganda infeksion kasallikning yuqishi 
(virusli gepatit, bezgak, zahm bilan zararlanish). 
Mexanik xarakterdagi asoratning ichidan birinchi o‘rinni guruh 
mos kelmaslik (40—50%) va Rh-faktori mos kelmaslik (30—40%) egal- 
Iaydi. Qolgan asoratlar taxminan 10% ni tashkil qiladi. 
Gemotransfuzion shok belgilari dastlab 25-50 ml guruhi mos kel- 
magan qon quyilganda yuzaga chiqadi. Ular titrash, bosh og‘rig‘i, bel 
va oyoq-qo'l mushaklarida og'riq, ko'ngil aynishi, qayt qilish, A/B 
ning tushib ketishi, pulsning tezlashishi, oqarish bilan almashinadi, 
sianozga o'tadi, bezovtalik, qo‘rquv hissining paydo bo'lishi bilan 
xarakterlanadi. 
Rh-faktori mos kelmagan qon quyilganda karaxtlik belgilari 2—3 
soatdan keyin yuzaga keladi. 
Guruhi mos bo'lgan, ammo sifatsiz qon quyilganda transfu- 
zion shok belgilari quyishdan 20 daqiqadan to bir necha soat- 
gacha boshlanadi. Shuni yodda tutish kerakki, qon quyishning go- 
46 


mologik 
qon 
sindromi, 
afibrinogenemiya, 
atrombotsitopeniya 
va 
b. asoratlar ham bor. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling