M kariyev, R. Alimov
Konservatsiya qifingan qon va qon o‘rnini bosuvchilarni saqlash
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
Konservatsiya qifingan qon va qon o‘rnini bosuvchilarni saqlash,
transportirovkasi, taqsimlash, hisoblash va nazorat qilish 1. Qonni transportirovka va saqlash uchun qonni tayyorlash va qayta ishlash otryadi (QTQO) va qon quyish stantsiyasi (QQS) eks- peditsion bo'limlar tashkillashtiriladi. Konservatsiya qilingan qonni saqlash shartlaridan biri qonning biologik xususiyatini uzoq saqlab qolishdir. Buning uchun: a) qonga mexanik ta’sirning oldini oiish (chayqash, aralashtirish va b) qonni doimiy past haroratda (-4, —16°C) saqlash kerak. Qonni maxsus saqlash joylari sovutish qurilmalari yoki muzlat- gichlar bilan ta’minlangan bo'ladi. Qisqa vaqt saqlash uchun hara- katchan refrijator qurilmalari (RM-P) va termoizolyatsiyalovchi kon- teynerlardan (TK—1M) foydalaniladi. BrTPda va ATOda dala sharoitida qon maxsus jihozlar bilan ji- 34 hozlangan yerto'lalarda yoki termoizolyatsiyalovchi konteynerlarda saqla- nadi. Yerto'la chuqurligi 1,5—2 m dan ko‘p emas, devori yupqa o‘ralgan, torni termoizolyatsiyalovchi materialdan qilingan. Saqlov xo- naning harorati sutkasiga 2 marta nazorat qilinadi va maxsus jaridada qayd qilinadi. Flakonlardagi qon tokchalarda tik holda taxlab qo'yilishi kerak. Bunda qonning shaklli elementlari cho'kadi va yoritilganda qon plaz- masiga qarab qo'llash uchun tayyorligiga baho beriladi. Ko'p miq- dorda qon joylashtiriladigan saqlov xonalarda 4 ta tokcha bo'lishi maqsadga muvofiq: 1) tinayotgan qon uchun; 2) tingan qon uchun — quyishga yaroqli; 3) shubhali qon uchun; 4) quyishga yaroqsiz qon uchun. Standart konservatsiya qilingan eritmalarda tayyorlangan va qu- yishga yaroqli bo'lgan qonni saqlash muddati 20 kundan oshmasligi kerak. Qon saqlashda uning miqdor va harorat rejimini nazorat qilish qonni pasportizatsiyasiga mas’ul bo‘lgan vrachga topshiriladi. 2. Konservatsiya qilingan qonni transport qilishda QQSda qonni saqlanish sharoitlariga e’tibor berish; optimal haroratni saqlash (-4, —16°C) va travmatizatsiyasini oldini olish zarur. Transportirovkada optimal harorat tartibi bilan harakatchan ref- rijator qurilmasi (RM-P nusxadagi) va termoizolyatsiyalovchi ta’minlanadi. Eng avaylovchi transport qilish turi aviatsiya, suv, yo'lovchi poyezdlari hisoblanadi. Yo‘l orqali tashiladigan qattiq qoplamalar bi- lan qoplash kerak. Flakonlar konteyner va yashiklarga tik holda taxlanadi. Har bir qutiga belgi qo’yiladi. Qonli konteyner (qutilar) tez buziladigan (ayniy- digan) yuk sifatida hujjatlashtiriladi. Ularda quyidagi belgi bo‘lishi kerak: «Оупа», «Yuqori», «Ag’darmang». 3. TEElarini qon bilan ta’minlash. BrTP qonni (qon o‘rnini bosuv- chilami) ma’lum yo'nalishda haraktlanuvchidan oladi; ATO gemote- rapevtik vositalar bilan kerakli ko'chiruv yo'nalishli front yoki front orti gospitallarini qon xizmati ta’minlaydi, shuningdek, u o‘zidagi qon quyish va tayyorlashni noshtat punktida (NPZQTP) qon tayyorlab ham ta’minlaydi. Ko‘chirish bosqichlarida ommaviy yo'qotishlar boMganda kon- servatsiya qilingan qonga boMgan talab A.N.Berkutov taklif qilgan formulaga asosan har 100 yaradorga nisbatan hisoblab topiladi: X=100-35F10...500 X-kerakli bo'lgan qon miqdori; 100 yaradorlarning umumiy soni; 35 35 — yengil jarohatlanganlar bo‘lib, qon quyishga mulitoj emas; 500~ I jarohatlanganga ketadigan qon miqdori, V ml. 4. Qon va qon o'rnini bosuvchilarni hisoblasb va nazorat qilish. BrTP, ATO ga tushganlar uchun qon tezda, maxsus jaridaga har bir ampula qayd qilingan holda olib keltiriladi. Qayd qilishda qonni qabul qilish sanasi, qon guruhi va Rh-faktori, tayyorlangan sanasi, donoming familiyasi va ampula nomeri, qabul qilingan qon miqdori qayd qili- nadi. Qon o‘rnini bosuvchilarni hisoblash: har bir alohida modda turining umumiy miqdori, uning seriyasi va tayyorlangan sana va joyi qayd qilinadi. Qonni quyib berishdan awal har bir flakonni germitikligi, pasport- lashning to‘g‘riligi, mikroskopik ko‘zdan kechirish ma’lumotlari tek- shiriladi. Agar shishada yoriqlar bo L lsa, rezina probka va qopqoqlar buzil- sa, o‘ramdan qon sizib chiqqan bo‘lsa, ampulada (flakon) qon tayyor- langan sana, guruh, donor familiyasi va vrach familiyasi, muassasa nomi ko'rsatilgan etiketka boMmasa, bunday qon quyilmaydi. Konservatsiya qilingan qon tiniq, plazma tilla sariq rangda, loyqasiz va cho‘kmalarsiz, shuningdek, cho‘kkan globulyar massa va plazma o'rtasida aniq chegaraga ega bo'lishi kerak. Globulyar massa va plazma nisbati taxminan 1:1 yoki 1:2 bo'lib, bu eritmani suyultirish darajasi va uning individual biologik xususiyatiga bog'liq. Konservatsiya qilingan qon sifatini va uning quyishga yaroqlili- gining unda gemoliz belgisi yo‘qligini ko‘rsatadi. Shuni nazarda tu- tish kerakki, transport vaqtida qonning chayqalishi undagi eritrotsit- lar to‘la cho‘kishini uch kunga kechiktiradi va qon gemolizlanishini tezlashtiradi. Eritrotsitlar parchalanishiga shubha boMganda gemolizni aniqlash uchun sinamalar o'tkaziladi. 1. Sentrifuga bilan sinama: 5 ml donor qonidan olib sentrifu- galanadi. Sentrifugadan keyin plazmaning qizil rangda bo'lishi gemoliz bo'lgandan, sariq bo'lishi gemoliz yo‘qligidan darak beradi. 2. I.S. Komenikov sinamasi: 2 ta probirkaga 10 ml dan fiziologik eritma quyiladi. Bittasiga tekshirilayotgan qondan 3 tomchi solinadi. Eritrotsitlar cho'kkandan so‘ng nazorat probirka bilan solishtiriladi. Agar rangsiz bo’lsa, gemoliz yo'qligini ko'rsatadi. Infeksiyalangan qon plazmasi xira, iflos loyqasimon rangda, unda suspenziya cho'kma, donadorlik, gaz pufakchalarining boMishi, uning yuzasida oq loyqa va parda bo'lishi, plazmani pushti yoki qizil rang- ligi (gemoliz) yoki plazmada massiv quyqalar bo‘lishi xarakterlidir. Infitsirlangan qonni xileozdan quyidagi belgilaridan ajratish mum- 36 kin. Ampuladagi xileoz qon (yog'li) xona haroratida 3—5 s tursa, plazma ustidagi loyqasimon parda yo'qoladi. Bu infitsirlangan qonda kuzatilmaydi. 2-usul: Flakondagi qon chayqatilmagan holda issiq suvga (38° dan yuqori bo'lmasligi kerak) 30 s solib qo‘yiladi. Yog'li parda yo'qolib ketishi kerak, plazma yuzasidagi mikrobli parda bo'lsa, o'zgarishsiz turadi. Agar kuzatilayotgan qon ko'rinishini aniqlab bo'lmasa, xileoz qonni quymaslik kerak. Konservatsiya qilingan qonda kichik, alohida quyqalar bo'lsa uni qnyish mumkin, lekin quyish vaqtida kapron filtrdan suzish kerak.Katta va ko'p quyqali qon yaroqsiz. Vaqti-vaqti bilan qonni ko'zdan kechirib turish kerak. Bu undagi o'zgarishlarni, gemoliz in- fitsirlanish belgilari, joylashishning buzilishini o‘z vaqtida bilishga yor- dam beradi. Yaroqsiz qon saqlov xonasidan olib tashlanadi. Dala sharoitida qon yo'qotish darajasini aniqlash. Qon yo'qotish miqdori kerakli mezon bo'lib, transfuzion terapiya uchun muhimdir. Uni aniqlash uchun 3 guruh usuldan foydalaniladi: 1. Gemodinamik ko'rsatkichlar bahosiga ko'ra (AB darajasi, «Shok indeksi»). 2. Qonni kontsentratsion ko'rsatgichining bahosiga ko'ra (gema- tokrit, Nv, qonning nisbiy zichligi). 3. Aylanib yurgan qon hajmi (AYQH) o'zgarishiga ko'ra. BrTPda qon yo'qotish darajasi klinik belgilarga asoslangan holda aniqlanadi: yaradorning tashqi ko'rinishi, teri qoplamining oqligi va sovuqligi, taxikardiya, A/В ning pastligi jarohat kanalining tuzilishi va jarohat xarakteri. Jang maydonidagi anaminestik ma'lumotlar katta ahamiyatga ega: hujumchini jarohat olganidagi holati (turgan, egilgan, chopib keta- yotgan. yotgan, o'tirgan), jarohatda qon ketish bo'lganmi va b. Ko'p qon yo'qotish bo'lganida bemordagi xarakterli belgilar: chanqash, uyquchanlik yoki qo'zg'aluvchanlik, qo'rquv hissi. Odatda umumiy qon aylanishni 1/10 qismi yo'qotilsa, xususiy rezervlar orqali to'ldiriladi. Klinik belgilari bunday qon yo'qotishda bo'lmasligi mumkin. Qon yo'qotish hajmi va A/В o'rtasida uzviy aloqadorlik bor. Ular orasidagi korrelyatsiya koeffitsiyenti juda ahamiyatli bo'lib, 091ga teng. Birinchi vrachlik yordami bosqichi uchun puls va arterial bosim- birinchi obyektiv ko'rsatgich, bu yarador ahvolining og'irligini ba- holabgina qolmay, balki yo'qotilgan qon hajmi ham hisoblanadi. Yo'qotilgan qonni hisoblashni L.N.Gubar va N.I.Yegurnov bo'yicha travma olingan vaqtga yaqin A/В hajmiga bog'liq holda o'tkazish mumkin (3-jadval). 37 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling