M kariyev, R. Alimov
‘tkir qon yo‘qotish klinikasi
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
0‘tkir qon yo‘qotish klinikasi
0‘tkir qon yo'qotish belgilari qon ketish tezligi va yo‘qotilgan qon ketishi qancha kuchli bo‘lsa, o‘tkir qon yo‘qotish klinikasi shun- cha og‘ir kechadi. Qon hajmi 1/3 qismining tez yo'qotilishi hayot uchun xavf soladi; umumiy qon hajmining yarmini yo‘qotish esa o‘limga olib keladi. 65 kg og‘irlikda qon hajmi besh litrni tashkil qiladi. Shunday qilib 1,5—1,7 litr qon yo‘qotish xavfli, 2,5 litr esa o‘limga olib keladi. Lekin klinikada qon yo'qotishga individual sezuvchanlik bilan bog‘liq og'ishlar ham bo'lgan. Yosh bolalar va qarilar qon yo'qotishni yomon o'tkazadilar. Ayollar jinsi qon yo'qotishga chidamli. Qonning tez oqib ketishi, uzoq qon ketishda moslashuvchi mexanizmlar ishga tushishga ulgurmaydi. Surunkali qon ketishda moslashtiruvchi mexanizmlar qon ketishni movofiqlashtiradi. Organizmning umumiy holati - ozg‘in, holsiz, jismoniy charchagan, kasallik va operatsiya o'tkazgan, semiz shaxslar qon ketishni yomon o'tkazadilar. 0‘tkir qon yo'qotish belgilari. Teri qoplamlari va ko‘rinadigan shilliq 28 qavatlaming quruqligi, yuzning o'tkirlashishi, ko‘z oldi qorong'ilashishi, quloqda shovqin, bosh aylanish, ko'ngil aynish, qayt qilish — qayt qi- lish markazi va bosh miya po'stlog'ining ta’sirlanishi bilan tushintiriladi. Puls tez, kuchsiz, ipsimon. Arterial va markaziy venoz bosimining pasa- yishi kuzatiladi. A/B 60-50 mm.sim.ust. va undan pasayganda oliy nerv faoliyatida o‘sib boradi: dastlab bezovtalik, keyin qo‘rquv, halok bo'lish hissi, yuzning tushkunlik ko‘rinishda bo‘lishi, dezoriyentatsiya, depres- siya, hush chalkashligi va yo'qotish boiadi. Hushni yo‘qotgandan keyin talvasa, siydik, axlatni ixtiyorsiz ajralishi va o‘lim bo‘ladi. Tashqi qon ketishda birinchi tibbiy yordam qo‘l ostidagi bor narsalar bilan shoshilinch tez qon ketishni vaqtincha to'xtatishdan iborat. Qon ketishni vaqtincha to'xtatish usullari, BTY (birinchi tibbiy yordam). Urush maydonida qon ketish bo'lganda yordam, qon ketishni vaqtincha to‘xtatish usullari qoMlanadi (arteriya yoki vena shikastla- nishiga ko‘ra). Arteriyani barmoq bilan bosish, jarohatdan yuqori joy bosiladi. Bu usul kam hollarda qoMlanadi. BTP yoki BrTP da bu usul erta qo‘yilgan jgutni tekshirish yoki almashilishda yarador ko‘p qon yo‘qotmasligi uchun qoMlanadi. Masalan, qon ketayotgan tomirga qon to'xtatuvchi zajimlar qo'yiladi. Barmoq bilan bosish arteriya bosiladigan nuqtalarda bosilib, bu yerda arteriya suyak ustidan oMadi. Chakka arteriyasi chakka suyakka, tashqi yuqori jag' arteriyasi — pastki jag' burchagiga, uyqu arteriyasi to‘sh-o‘mrov so'rgMchsimon mushakning ichki yuzasi bo'ylab, o'rta yoki pastki 1,3 qismidan bo'yin umurtqalari tomonga bosiladi. 0‘mrov osti arteriyasini o'mrovning o'rtasining orqasidan qovurg'aga barmoq bilan bosiladi; qo'ltiq osti arteriyalari esa qoMtiq osti chuqurchasi tomondan yelka suyagining proksimal uchiga bosiladi. Yelka arteriyasi yelkaning ikki boshli mushagini ichki yuzasi tomoni- dan yelka suyagiga bosiladi. Son arteriyasi chov boylami ostidan son suyagining proksimal oxiriga bosiladi. Barmoq bilan bosish asosan qisqa vaqt ichida, masalan, jgut bog'lashda qoMlanadi. Barmoq bilan qon to'xtatishni vrachgacha va birinchi vrachlik yordam ko'rsatishdagi ahamiyati ana shular. QoM-oyoqni maksimal bukish. Qo'ltiq osti chuqurchasi va ularga yaqin joylashgan tomirlardan qon ketishni to'xtatish uchun bo'g'imning bukiluvchi yuzasiga paxta boMagi qo'yiladi va uning ustidan shu bo'g'im bukiladi. Keyin qoM yoki oyoq bukilgan holatda bint bilan bogManadi. Bu usul keng tarqalmagan, lekin uning yordamida qiyin ahvoldan chiqish mumkin. QoM-oyoqlarning o'q tekkan sinishlarida bu usul qo'llaniimaydi. Bunday holatda bintlangan yaradorlarni olib chiqish va evakuatsiya qilish qiyin. Bosuvchi bog'lam. Ikkinchi jahon urushi davrida jang maydonida mayda kalibrli arterial va venoz tomirlardan, kapillyardan qon ke- 29 tayotgan yaradorlami 29,6% da qo'llangan. Bosuvchi bog'lam qo'yish uchun odatda 1 ta yoki 2 ta individual bog‘lam paketi qo‘llaniladi. Jgut qo'yish. Jang maydonida qon ketishni vaqtincha to'xtatish usuli hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushi davrida shu maqsadda uni 65,6% yarador- larda qo'llashgan. Jgut qo‘l oyoqlami distal qismining ishemiyasini chaqiradi. Muskul kam bo'lgan va nerv suyakka yaqin joylashgan joyda nerv stvoli suyak- ka siqilishi natijasida kuchli shikastlanadi (yelkaning o‘rtasi — bilak nervi, boldirning yuqorisi — kichik boldir nervi). Uzoq vaqt (ikki soat va undan ortiq) qo'yilgan jgut oyoq-qo‘lni chin gangrenasini keltirib chiqaradi, shuning uchun sovuq bo'lmagan vaqtda 2 soatgacha, sovuq davrda 1 soatdan keyin jgut shikastlangan qo'l-oyoqda kollateriyalar bo‘ylab oqimini vaqtincha tiklash uchun jgut yechiladi va jarohatlanganni transportirovka qilish maqsadida jgut qayta qo‘yiladi. Qurolli kuchlar shaxsiy tarkibi jgut qo'yish qoidasini bilishi va jgut qo'yish qoidasini bajara olishi kerak. U yirik arteriyalar shikast- langanda qo‘yiladi. Jgut qo'yish qoidasi. Terini ezmaslik va nekrozni chaqirmaslik uchun uni bintdan qilingan yoki boshqa bir matodan (sochiq, yirtilgan ko‘ylak va b.) oraliq bilan himoya qilinadi. Jgut to‘g‘ri kiyimga, uning burmalarini to‘g‘rilab qo‘yish mumkin. Jgut yelkaning 1,3 qis- mining 0 ‘rtasiga, boldirning yuqori qismiga bilak va kichik boldir nervlarini shikastlamaslik uchun qo'yilmaydi. Jgut qo'yishdan oldin arterial qonni to'xtatish uchun oyoq yoki qo‘l ko'tariladi. Jgut jarohatdan proksimalroq, iloji boricha unga yaqinroq, ortiqcha tortmasdan jarohatdan qon oqishi to'xtaguncha va periferik arteriyalarda puls yo'qolguncha siqib qo‘yiladi. Jgut bosimi qo'yilgan joyda arterial bosimdan 15—20 mm. simob.ust. yuqori bo'lishi kerak. Jgut yaradorda ko'rinishi kerak. Qo'yilgan vaqti haqida qog'ozga belgilab qo'yiladi, jgut oyoq-qo'lda 2 soat- dan ko'p turmasligi kerak, qishda esa 1 soat. Jgut qo'yish texnikasi. Jgut qo'yayotgan shaxsning bir qo'li tashqi tomonda, ikkinchisi oyoq-qo'lning ichki tomonida bo'lishi kerak. Jgut cho'ziladi va cho'zilgan qismi bilan asosiy shikastlangan tomir sohasi- ga qo'yiladi. 1-tur bo'shashib ketmasligi uchun kesishma qilinadi. Ham- ma vaqt jgut tortilib turiladi, uni qo'l-oyoq atrofida bir necha marta jgut yo'llari yonma-yon qilib, bir-birini ustiga tushirmasdan o'raladi. Jarohatni zich tamponadalash (BrTP). Agar bosuvchi bog'lashning natijasi bo'lmasa, jgut qo'yishga esa jarohat sohaning anatomik xu- susiyatlari yo'l qo'ymasa (dumba sohasining chuqur jarohati, sonning yuqori 1,3 qismidagi chuqur jarohat), uzun steril salfetka bilan jarohatga zich bosib tampon qo'yiladi. 30 Jang maydonida va vrachgacha bo'lgan yordam (BTP). Jang may- donida qon ketishni vaqtincha to'xtatish uchun qo‘llaniladigan barcha BTP tartibini o‘z ichiga oladi. Lekin BTP dagi o‘rta tibbiy xodimining malakasiga qarab qon ketishni vaqtincha to'xtatish ancha sifatliroq bo'ladi va erta qo'yilgan bog‘lam va jgutlar bemor ahvolini yengillashtiradi. Vrach yordami (BrTP). BrTP bog'lov xonasida barcha yaradorlar- ga erta qo'yilgan jgutlar ko'zdan kechiriladi va ular ko‘rsatmaga binoan qo‘yilganmi, yo'qmi shuni aniqiaydi. Erta qo'yilgan jgutni nazorat qilish texnikasi. Jarohatdan bog'lam, jgut yechiladi, jarohat ko'zdan kechiriladi. Jgut yechilganda hatto kat- ta arterial qon tomirlar ham qonamaydi. 2—3 daqiqadan so‘ng reaktiv giperemiya boshlanadi. Agar arterial qon ketish bo'lsa, ya’ni och qizil rangli qon urib turib, fontanga o‘xshab oqsa, magistral qon tomir barmoq bilan 2 daqiqa bosiladi (bu - jgutni yechishdan awal qon ketishni oldini olish uchun qon tomirni bosib turish ham mumkin). Kutib turiladi. Bu qo‘l-oyoq distal qismlariga arterial qonni kollateral arterial qon tomirlar bo‘ylab oqishini ta’minlaydi. Jgut yechilgandan so‘ng agar qon ketish davoni etsa, quyidagilar amalga oshiriladi: a) BrTPda katta qon tomirdan kuchli qon ketsa, yana jgut qo‘yiladi va birinchi o‘rinda ATOga qon ketishni doimiy to'xtatish uchun yuboriladi; b) jarohatni ilmoq bilan ochib, arteriyaga qon to‘xtatuvchi zajim qo'yishiga va qon tomirni jarohatda bog‘lashga harakat qilinadi. Shub- hali hollarda zajim olinmaydi: shu holda yarador ATOga yuboriladi;. d) qon tomirni jarohatda tikish; e) jarohat tubidan kuchli qon ketganda jarohatga steril dokadan zich tamponada qo'yiladi va tampon ustidan teri, teri osti yog 1 klet- chatka va mushaklarni birga qo‘shib, 2—3 chuqur chok qo‘yiladi; 0 ko‘rsatilgan hollarda qon tomirni shikastlangan joydan yuqo- riroqdan bogMash (tikish). Bunday hollarda 1-tibbiy kartochka tutilib, unga kerakii ma’lumotlar yoziladi va yaradorni ATO ga yuboriladi. Agar jgut yechilgandan so‘ng jarohatdan arterial qon to‘xtamasa, kerakii asoslarsiz qo'yilgan bo'Iishi mumkin. Qon ketishni to'xtatishda bosuvchi boglam qo'yish maqsadga muvofiq. Наг qanday usul bilan vaqtincha qon to‘xtatishdan so'ng aseptik bog‘lam qo‘yiladi (ko‘rsatmaga binoan), qo‘l-oyoq transport immobilizatsiyasi qilinadi, qish vaqtida qoM-oyoq isitiladi. Jang maydonida qisqa muddatga jgut qo'yilgan yaradorlar (4 soatdan kech boMmagan), qon ketishini doimiy to‘xtatishga tu- shishlari kerak. 31 Mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha talabalar ega boMishi kerak boMgan amaliy ko‘nikmalar. Qon ketishini vaqtincha to‘xtatish: 1. Arteriyani barmoq bilan bosish. 2. Oyoq-qo‘lni maksimal bukish. 3. Bosuvchi bogMam. 4: Jarohatning zich tamponadasi. 5. Jgut qo'yish. 6. Jarohatda qonayotgan tomirga qisqich bogMash. 7. Jarohatda tomirni bogMash. 8. Qonayotgan jarohatdan yuqorida tomirni bogMash (tikish). Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling