M kariyev, R. Alimov
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
Qon ketish tasnifi. Qon ketish deb tomirlar butunligining buzil-
ishi natijasida undan qon oqib ketishiga aytiladi. 26 Birlamchi qon ketish travma yoki jarohatdan biroz vaqt o‘tgandan keyin turli qon tomirlarning shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Qayerdan qon ketayotganiga ko‘ra qon ketishlar boladi: arterial — arteriya qon tomirdan; arterio-venoz — arteriya va venoz qon tomir birgalikda shikastlanganda; venoz - vena qon tomirlaridan; kapillyar - kapillyar qon tomirlardan; parenximatoz — turli xildagi parenxima organlardan. Turli xildagi qon ketish belgilari: 1. Arterial qon ketish. Qon oqim bilan, fontansimon ketadi. Chiqayotgan qon miqdori qon tomir kalibrlari va qon tomirdagi jarohat kattaligiga bog'liq. Qon rangi och qizil. Arterial qon ketishni jarohat va yurak oralig'idagi qon tomirni bosib to‘xtatiladi. 2. Arterial-venoz qon ketish. Qon tezda jarohatni to'ldiradi. Qon rangi qizil. Jarohatdan yuqoridagi qon tomir bosilganda qon ketish to‘xtamaydi, lekin qon rangi ham o‘zgarmaydi. Jarohatdan pastki qon tomirlar bosilganda ham qon ketish to‘xtamaydi, lekin qon rangi esa och qizil bo'ladi. 3. Venoz qon ketish. Qon bir xilda sekin urib turmaydigan oqim bilan ketadi. Oqim rangi to‘q (qizil) rangda. Jarohatdan yuqoridagi tomirlar bosilsa, qon ketish kuchayadi. 4. Parenximatoz qon ketish. Parenximatoz organlar qon tomiri organning biriktiruvchi to'qima stromasi bilan uzviy aloqada, shuning uchun kesilganda ular bir-biridan ochilib qoladi va bir-biriga mos kelmaydi. Qon ketish ko‘p va to'xtatish juda qiyin. Ikkilamchi qon ketish birlamchi qon ketishda qon tomir bevosita zararlanib, u o‘zi yoki qandaydir davo usullari bilan to'xtatilgandan keyin rivojlanadi. Ikkilamchi qon ketish asosan bir marta boladi, 27 lekin qaytarilishi ham mumkin. Bunda ularni qaytalanuvchi yoki ret- sidivli deyiladi. Erta va kechki ikkilamchi qon ketish yaqin 2-3 kun ichida jaro- hatlangan qon tomir defektini to'ldirib turgan trombning ko'chishi, qo‘yilgan ligaturani siljib ketishi yoki qon tomir devoridagi yot tanani ko'chishidan kelib chiqadi. Erta ikkilamchi qon ketish hollari kamdan kam kuzatiladi va asosan bu shikastlangan qo'l yoki oyoqni yaxshi immobilizatsiya qilmay transportirovka qilganda kuzatiladi. Ichki qon ketish odatda 10-15 kundan keyin, ba’zan jarohatla- nishdan bir necha soatdan keyin bo‘ladi. Ikkilamchi qon ketishning sabablari: 1. Dori vositalarni qabul qilganda A/В ni oshishi qon tomirda shakllanib ulgurmagan trombni ko'chirib yuboradi. 2. Qon tomirga qo'yilgan drenajning, qattiq bosishi yot metall (o‘q, parcha), singan suyak parchasining surilib qolishi qon tomirda yotoq yarani paydo qiladi va natijada ikkilamchi qon ketish bo'ladi. 3. Qon ketishda texnik usullami noto‘g‘ri qoMlash - qon tomirga qo‘yilgan ligaturaning surilib ketishi, yechilib ketishi. Jarohatdagi yi- ringli - yallig'Ianish jarayoni trombning yumshashi va erishiga olib keladi va natijada bu ham ikkilamchi qon ketishiga sabab bo‘ladi. Ikkilamchi qon ketish sabablariga yana sepsis trombning erishiga olib keladi, shuningdek, qon tomirlarda umumiy va qisman reparativ jara- yonlarning buzilishiga olib keluvchi holatlar: qon yo‘qotish, travma- tik shok, oqsil yetishmovchiligi va boshqalar sabab boMadi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling