M kariyev, R. Alimov


Aralash kimyoviy jarohatlanganda tibbiy


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

Aralash kimyoviy jarohatlanganda tibbiy 
ko‘chirish bosqichlarida yordam hajmi 
1. Birinchi tibbiy yordam o‘z-o‘ziga va bir-biriga yordam tarzida 
o‘tkaziladi. Bunda quyidagi muolajalar bajariladi:protivogaz kiydirish, 
spesefik ta’sirli antidot yuborish, ten va kiyimlarga qisman sanitar ishlov 
berish (degazatsiya), sun’iy nafas oldirish, qon ketishini vaqtincha 
to'xtatish, jarohatga himoya bog‘lamini qo‘yish, jarohatlangan oyoq 
yoki qo‘l immobilizatsiyasi, shpris-tyubikda og‘riqsizlantiruvchi vosita- 
larni yuborish, shikastlangan hududdan tez olib chiqish. 
2. Vrachgacha bo'lgan tibbiy yordam quyidagi muolajalarni o‘z 
20 


ichiga oladi: sun’iy nafas oldirish, nafasi funksional buzilgan bemor- 
lardan protivogazni yechish, iprit va lyuizit bilan zararlanganda ko‘zni 
suvda yoki 2% li natriy bikarbonat eritmasi bilan yuvish, oshqozonni 
zondsiz yuvish va adsorbent berish. Yurak va nafas funksiyalari bu- 
zilganda dorilar berish, bog'lamlami almashtirish, qo‘yilgan jgutni 
nazorat qilish, jarohatlangan soha immobilizatsiyasi, og'riq qoldiruvchi 
dorilar va antibiotiklar berish. 
3. Birinchi vrachlik yordami: FZM bilan zararlanganda antidot 
yuborish, talvasaga qarshi vositalar yuborish, ko‘zni suv yoki 2% li 
natriy bikarbonat eritmasi,2% li bor kislotasi eritmasi, 0,5% li xloramin 
suvli eritmasi, 1:2000 kaliy permanganat eritmasi bilan yuvish. Oshqo- 
zon ichak trakti shikastlanganda oshqozonni zond yordamida iliq suv 
yoki 0,5% li kaliy permanganatga 1 litr suvga 25 g. aktivlangan ko‘mir 
qo‘shib yuviladi. FZM bilan zararlanganda maxsus maydonchada yoki 
bog'lov xonasida quyidagi degazatsion tadbirlar o‘tkaziladi: 
— FZM bilan zararlanganda 8% li natriy bikarbonat eritmasi va 
5 % li perekis vodorod eritmalaridan teng miqdorda olib ishlov 
beriladi. 
— Iprit bilan zararlanganda ten qoplamlarini 10% li xloramining 
spirtli eritmasi, jarohatni esa 5% li xloramin В ning suvli eritmasi 
bilan artiladi. 
— Lyuizit bilan zararlanganda jarohat atrofidagi teri 5% li yod 
tindirmasi, jarohatni esa lyugol eritmasi yoki 5% li perekis vodorod 
bilan artiladi. Ko‘p sonli jarohatlanganlar oqimida ishlov berish 
faqatgina hayotiy ko'rsatmalar asosida qilinadi. 
4. Malakali tibbiy yordam. ZM bilan zararlanganda asosiy vazifa 
jarohatga imkon qadar erta jarrohlik ishlovini berishdir. Jarohat de- 
gazatsiyasi va uni 3—6 soat ichida keng kesish yaxshi natija beradi. 
Jarrohlik ishlovi berishni orqaga surish faqatgina favqulodda holatlarda 
mumkindir. Operatsiya va bog‘lov xonalaridagi xodimlar steril xalat- 
larda, maskalarda, fartuklarda, qo‘lqoplarda ish olib boradilar. Tibbiy 
xodimlami himoyalash maqsadida eski bog'lamlar maxsus palatalarda 
yechiladi. Operatsiya mahalida barcha aralashuvlami iloji boricha max- 
sus asboblar bilan olib borish kerak. Agar qo‘lqoplar yirtilib ketsa 
ularni darho) yechish, qo‘lni xloramin, spirt bilan artjsh va yangi 
qo‘lqop kiyish kerak. Asboblar benzinda ho'llangan paxta yordamida 
yaxshilab artiladi, so‘ng 1 soat davomida 2% li natriy bikarbonat 
eritmasida qaynatiladi. 
Ishlatilgan jarrohlik qolqoplari issiq suvda sovunlab yuviladi, keyin 
20-30 daqiqaga 5% li xloramin В ning spirtli eritmasiga solib qo'yiladi 
va suvda 20—30 daqiqa qaynatiladi. Ishlatilgan bog‘!ov materiallari 
operatsiya mahalida degazator solingan qopqoqli idishga solinadi, ope- 
ratsiyadan keyin yoqib tashlanadi. 
21 


Jarrohlik ishlovi mahalliy og’riqsizlantirishda yoki umumiy narkoz 
ostida bajarilishi mumkin. Mahaliy og’riqsizlantirishga ko’rsatma bo’lib, 
terining ko‘p qismini rezorbtiv ta’sirli ZM bilan shikastlanishi hisobla- 
nadi. Vishnevskiy bo‘yicha mahalliy og’riqsizlantirishni og’riq qoldiruv- 
chi va talvasaga qarshi xususiyatga ega bo’lgan neyroleptik vositalar 
bilan o’tkazish mumkin. Eng effektiv narkoz usuli, endotraxeal usul 
hisoblanadi. Unga qarshi ko’rsatma o‘pka shishi, arterial bosimning 
keskin kamayganligi, markaziy nerv sistemasi faoliyatining susayishi 
hisoblanadi. 
FZM 
bilan 
zararlanganda 
tomir 
ichi 
narkozi 
keng 
qo’llaniladi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling