M kariyev, R. Alimov


Tibbiy ko'chirish bosqichlarida ARSH ni davolash. RM bilan


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

Tibbiy ko'chirish bosqichlarida ARSH ni davolash. RM bilan 
zararlangan jarohatlarni davolash 
Birinchi tibbiy va shifokorgacha bo'lgan yordam hayotiy muhim 
a’zolarning funksiyasini ushlab turishga, qon ketishni to'xtatishga, RM 
bilan og'ir jarohatlanishlarning oldini olishga, shok bilan kurashishga 
va jarohatlarni ikkilamchi mikrobli ifloslanishining oldini olishga qara- 
tilgan. 
Shu maqsadda quyidagi ishlar bajariladi: 
• jarohatga aseptik bog'lam qo'yish, ochiq pnevmotoraksda ger- 
metizatsiyalovchi bog'lam qo'yish; 
• qo‘l-oyoqdan arterial qon ketganda jgut va zich bog'lam qo'yish; 
• burun yo'llari va og'iz bo'shlig'ini chang va ifloslardan tozal- 
ash, keyinchalik protivogaz kiydirish; 
• nafas to'xtaganda og'izga og'iz, burunga og'iz usuli bilan sun’iy 
nafas berish; 
• shikastlangan soha yoki qo'l-oyoqning immobilizatsiyasi; 
• shpris-tyubik yordamida og'riq qoldiruvchilar (1 ml. 2% prome- 
dol eritmasi) va nafas markazini qo'zg'atuvchi (1 ml.l % loblelin 
eritmasi) moddalarini yuborish; 
• antibiotiklar va radioprotektorlarni og'iz orqali berish; 
• zararlangan hududdan tashqariga olib chiqish. 
Radiatsiya darajasi haii ham yuqori bo'lib turgan davrda jarohat- 
langanlarni iloji boricha tezroq shu hududdan olib chiqish lozim. 
Radioaktiv zararlangan hududlarning o'ziga xos xususiyati ma’lum 
vaqt ichida radiatsiyaning tez pasayishidir. Agar radiatsiya darajasini 
portlashdan 30 minut keyin 100% deb olsak, 1 soatdan so'ng 45 %, 
2 soatdan so'ng 20%, 4 soatdan so'ng 10 % ni tashkil qiladi. 
Birinchi vrachlik yordami (BrTP). Aralash nur bilan shikastlan- 
gan bemorlarga birinchi vrach yordamini ko'rsatish quyidagi muola- 
jalarni o'z ichiga oladi: qon ketishni vaqtinchalik to'xtatish va oldin 
qo'yilgan qon to'xtatuvchi jgutlarni nazorat qilish, shokning olidini 
olish va rivojlangan shok bilan kurashish, transport immobilizatsiyasini 
qo'yish, A.V.Vishnevskiy usulida novokainli blokada qilish, jarohat- 
larning infeksion asoratlanishining oldini olish, maxsus qisman ishlov 
berish, 
oshqozon-ichak 
tizimidan 
RM 
ni 
yo'qotish, 
RM 
bilan 
zararlangan jarohatlarda bog'lamni almashtirish. 
Malakali va maxsus jarrohlik yordami (ATO, orqa gospitallari). 
ARSH da asosiy vazifa jarohat infeksiyasining profilaktikasiga qara- 
tilgan. Birinchi soatlar va kunlarda jarohat infeksiyasi bilan nurlan- 
gan organizm orasidagi munosabatlar normal bo'lmaganligi uchun, 
bu davrda mikrob bilan kurashishga organizmga yordam berish maqsa- 
dida o'choqning jarrohlik sanatsiyasi o'tkaziladi. 
13 


Nur kasalligi rivojlanib borishi bilan organizmning qarshilik 
ko'rsatish qobiliyati susayib ketadi (immunologik himoyaning pasay- 
ishi, fagotsitlar aktivligining keskin pasayishi, qonning barcha hu- 
jayra elementlarining kamayishi). 
Nur kasalligining avj olgan davrida jarohatlaming infeksion aso- 
ratlanish xavfi maksimal bo‘]adi. Jarrohlik sepsisiga og'ir nur kasalli- 
giga xos bo‘lgan autoinfeksiyaning qo'shilishi salbiy holatga olib ke- 
ladi. Autoinfeksiyaning bar xii turlari (angina, stomatit, enterokolit) 
katta hajmdagi endo va ekzogen mikrob tanachalari bilan invaziya 
va tez rivojlanib boruvchi intoksikatsiya organizmni og‘ir holatga olib 
keladi. Bunday holatlarda birlamchi o‘choqning to‘liq sanatsiyasi ham, 
maksimal dozadagi antibiotiklar ham davolash ta’sirini ko‘rsatmaydi. 
Shulardan kelib chiqqan hollarda ARSH jarohatlarini davolashda 
asosiy qonun quyidagicha bo‘ladi: jarrohlik muolajalarini o4kazish uchun 
nur kasalligining yashirin davridan foydalanish lozim (birlamchi jar- 
rohlik ishlovi, birlamchi teri plastikasi, rekonstruktiv operatsiyalar va 
boshqalar). 
Demak, nur kasalligining avj olishi davri boshlangunga qadar ja- 
rohat bitishi kerak hamda shu davrda nur kasalligida rivojlanishi mum- 
kin bo'lgan asoratlarni davolash va oldini olish lozim. 
Bu talablarni bajarishda quyidagilarga rioya qilish kerak: 
• jarohatga erta va to‘liq birlamchi jarrohlik ishlovi berish (iloji 
boricha birinchi soatlarda); 
• birlamchi jarrohlik ishlovini birlamchi chok qo‘yish bilan yoki 
teri plastikasi bilan tugatish; 
• antibiotiklarni sistematik qollash. 
Amaliyotda shu prinsipni amalga osliirishda obyektiv qiyinchilik- 
lar bo‘ladi. Jarohatlanganlarning ommaviy kelishida jarohatlarga jar- 
rohlik ishlovini berish ko'pincha kechikib bajariladi, shuning uchun 
ham nur kasalligi avj olguncha jarohatlar bitib ulgurmaydi. Bu asosan 
yashirin davri juda qisqa bo‘lgan yoki umuman bo'lmagan og'ir shi- 
kastlanishlarga xos. Ko'pincha jarohatlar nurlanishdan bir necha kun 
o'tgach, nur kasalligining avjida paydo bo‘ladi. 
Jarohat 
va 
kiyimlarning 
radioaktiv 
zararlanishini 
radiometrik 
schyotchik 
yordamida 
aniqlash 
mumkin. 
Bunday 
shikastlanganlar 
zudlik bilan birlamchi jarrohlik ishlov ko‘rsatish uchun bog'lov xo- 
nasiga yuboriladilar. Bu muolaja umumiy bog'lov xonasida maxsus 
o‘rindiqda amalga oshiriladi. Tibbiyot vakili RM tarqalishiga yo‘l 
qo‘ymasligi kerak. Jarroh va hamshira ishni ikkita xalat kiygan holda 
(tagidan fartuk bog‘lab), qoMqoplarda, ko'p qavatli maskalarda, max- 
sus ko'zoynaklarda olib boradilar. 
Bunday shikastlanganlarga nisbatan jarrohlik taktikasi o'zgarmaydi, 
bu radikal usul bo‘lib, umumiy qoidalar bo‘yicha jarrohlik ishlovi 
14 


berish hisoblanadi. Unda RM ning ko‘p qismi olib tashlanadi. Jaro- 
hatni ko‘p marotaba 0,1% li rivanol eritmasi bilan yuvish tavsiya 
etiladi. 
Jarrohlik ishlovidan so‘ng jarohatning dozimetrik tekshiruvi 
o'tkaziladi. Agar radiatsiya darajasi yuqori bo'lsa, takror ishlov beriladi. 
RM bilan zararlangan bogMov materiali va 
matolar 
yerga 
ko‘miladi. Dezaktivatsiya maqsadida asboblar qaynoq suvda yu- 
viladi, 0,5% li xlorid kislota bilan ishlov beriladi, oqar suvda 
yaxshilab chayiladi va quritiladi. 
Holatiy masala bu mavzuda yo‘q. O
l
qituvchi xohishiga ko'ra qizi- 
qarli, bahsli masalalar tuzishi va ularni talabalarga o‘yin tarzida be- 
rishi mumkin. Talabalar yozma javob berishlari ham mumkin. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling