M kariyev, R. Alimov
Nerv-paralitik ta’sirli ZM tavsifi
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
Nerv-paralitik ta’sirli ZM tavsifi
Nerv-paralitik ta’siriga ega bo‘lgan ZM efir fosfor kislotalardir. Ularga zarin, zoman, V-gaz tipidagi moddalar kiradi. Bular ZM ning eng toksiklaridir. Ular suyuq tomchi, aerozol, bug'simon holatlarda qoMlaniladi, o‘z toksik xususiyatlari qo'llanilgan hududda bir necha soat dan kunlab, haftalab, oylab saqlab qoladi. V-gazlar hammadan ham turg'un hisoblanadi. Zarin - rangsiz, hidsiz, tez uchuvchan suyuqlik, solishtirma og'irligi 1,005, suvda oson eriydi. V-gaz fosforilxolin va fosforiltioxolinlar guruhiga kiradi. Ular rang- siz suyuqliklar bo'lib, suvda yomon eriydi, ammo erituvchilarda juda yaxshi eriydi. Toksikligi bo'yicha zarin va zomandan ustun turadi, Fosforoiganik zahar modda (FZM) teri, shilliq qavatlar, nafas yoMlari, me’da-ichak tizimini jarohat kuygan yuza orqali zararlaydi. Organizmga tushib, ular qonga so'riladi va butun organizm organ va to‘qimalariga tarqaladi. FZM toksik ta’sirining mexanizmi. Ular asosan atsetilxolin va 19 uksus kislotagacha parchalovchi xolinesteraza fermentining inaktivat- siyasini chaqiradi. Atsetilxolin markaziy nerv sistemadan periferik nerv sistemaga impuls uzatuvchi asosiy mediatorlardan bin hisoblanadi. FZM ta’sirida atsetilxolin ko‘p miqdorda to'planib qoladi, buning natijasida xolinergik sistema o‘ta ta’sirlanadi. Bundan tashqari FZM bevosita xolinergik retseptorlar bilan ta’sirlashib, ularning xolinomimetik efFektini kuchaytiradi va atsetilxolin to‘planadi. FZM bilan zararlangandagi asosiy simptomlar: mioz, peshanaga uzatiluvchi ko'zdagi og'riqlar, jig'ildon qaynashi, ko‘rish qobiliyatining pasayishi, rinoreya. Burun shilliq qavati giperemiyasi, ko'krak qafasida siqilish hissi, bronxoreya, bronxospazm, nafas olishining qiyinlashishi, hushtaksimon xirillashlar, nafas olishning keskin buzilishi natijasida sianoz yuzaga keladi. Bradikardiya, arterial bosimining pasayishi, ko'ngil aynashi, qusish, oshqozonda og'irlik hissi, zarda qaynashi, kekirish, tenezmlar, diareya, beixtiyor defekatsiya, beixtiyor siyish ham kuzatilishi mumkin. Ko‘p terlash, salivatsiya, qo'rquv hissi, umumiy qo‘zg‘aluvchanlik, emot- sional labillik, alahsirashlar bo'ladi. Keyinchalik esa depressiya, umumiy holsizlik, uyquchanlik yoki uyqusizlik, xotiraning pasayishi, ataksiya rivojlanadi. Og‘ir holatlarda tutqanoqlar, kollaptoid holat, nafas va qon tomir markazlari faoliya- tining susayishi kuzatiladi. FZM bilan zararlangan jarohatlarda umumiy ko'rinish o'zgarishsiz, jarohat atrofida yallig'lanish yoki degenerativ nekrotik o‘zgarishlar yo‘q, jarohatdagi mushak tolalarining fibrillyar qisqarishlari umumiy tirishishlar bilan almashinadi. Bronxospazm, laringospazm va mioz rivojlanadi. Og‘ir holatlarda komatoz holat va asfiksiya natijasida o‘lim kelib chiqadi. FZM ning jarohat orqali rezorbsiyasi juda tez bo'ladi, 30-40 daqiqadan keyin jarohatda FZM ning qoldiqlarinigina topish mumkin. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling