M kariyev, R. Alimov


Teri rezorbtiv ta’siri ZM bilan zarariangan jarohatlarning


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

Teri rezorbtiv ta’siri ZM bilan zarariangan jarohatlarning 
kechishidagi o‘ziga xos xususiyatlar 
Bunda jarohat va atrof to'qimalarda og‘ir degenerativ nekrotik 
o'zgarishlar ro‘y beradi. Yiringli, chirikli, anaerob infeksiyali asorat- 
lar, qoqsholning og‘ir turi ko‘p o‘chraydi. Jarohat bitish jarayoni 
juda sekin boradi. Jarohat tushgan ZM qonga o‘tib, organizmga 
umumiy rezorbtiv ta’sir ko‘rsatadi. Shikastlangan to'qimalar qayna- 
gan go'sht tusli. Mushaklardan qon oqadi, qisqarish xususiyatini 
yo'qotgan, oson yirtiluvchan bo'lib qoladi. Jarohat yuzasi rangpar, 
suvli, 
qonsiz 
granulatsiya 
bilan 
qoplangan. 
Jarohat 
atrof 
terisi 
dag'allashgan, uning ostida esa yiringli oqmalar o‘chraydi. 
Yumshoq to'qimalarning ZM bilan zararlanishi chuqur degenera- 
tiv-nekrotik jarayonlarga, mushaklararo flegmonaga, uzoq vaqt tuzal- 
maydigan yaralarga olib keladi. Turli organ va to'qimalarga yiringli 
metastazlar va sepsis kuzatilishi mumkin. 
Suyaklar shikastlanganda nekrotik ostit rivojlanadi, osteomiyelitik 
jarayonlar va sekvestrlarning ko‘chishi kech yuz beradi. Bo‘g‘imlar 
shikastlanishi bo‘g‘im tog'aylari va bo‘g‘im atrof to‘qimalarining nekro- 
zi bilan kuzatiladi. Unda og'ir artritlar va paraartikular flegmonalar 
rivojlanadi, qon tomirlar trombozi, agar infeksiya qo'shilsa, tromb 
erib ikkilamchi qon ketishlar bo‘lishi mumkin. 
Bosh miya suyaklarining shikastlanishi ko‘p hollarda miya qattiq 
pardasi 
nekroziga, 
o'limga, 
meningitga, 
meningoentsefalitga, 
miya 
abssesslariga olib keladi. 
Ko'krak qafasi va qorin devorlari shikastlanganda diffuz peritonit 
yoki og'ir empiyema rivojlanadi. 
Iprit bilan zarariangan jarohatlarga quyidagilar xos: ipritning spesifik 
(yongan rezina, sarimsoq) hidi keladi, og'riq reaksiyasi kuzatilmaydi, 
jarohat yuzasida to‘q qo‘ng‘ir ZM to‘plangan dog‘Iarni koTish mum- 
kin, to'qimlar qo‘ng‘ir jagarrang tusga kirgan bo'ladi. 
Zararlanishining yashirin davri 2—3 soat davom etadi. 3—4 soat- 
dan keyin jarohat atrofi shishadi va teri giperemiyasi kuzatiladi. I 
sutkaning oxirida terida mayda pufakchalar paydo bo‘ladi va ular 
bir-biriga qo‘shilib ketadi. Zararlangandan 2—3 kundan keyin jaro- 
hatda nekroz o'choqlari paydo bo'ladi. Ipritga bo‘lgan kimyoviy si- 
nama 48 soat ichida musbat bo’ladi. Jarohatga ko‘p miqdorda iprit 
tushsa rezorbtiv ta’sir namoyon boMishi mumkin: apatiya, uyquchan- 
18 


lik, umumiy holsizlik. Tana harorati 38 — 39 darajagacha ko‘tariladi, 
puls 110 — 120 ta, siydikda oqsil, eritrotsitlar, gialin va donali silindr- 
lar topiladi. Og‘ir hollarda tutqanoq, o‘pka shishi, arterial bosimning 
pasayishi, koma holati rivojlanishi mumkin. 
Iprit bilan zararlangan jarohatlarning bitishi juda sekin boradi. 
Jarohat o'rnida katta, atrof to'qimalar giperpigment dog'lar qoladi. 
Ko‘pincha chandiqlar yaralanadi. Yaralar uzoq vaqt tuzalmaydi, 
ko‘pincha yiringlab ketadi. Oddiy jarohatlar 710 kunda bitsa, iprit 
bilan zararlanganlarda buning uchun 20—40 kun, ba’zan undan ham 
ko‘p vaqt talab qilinadi. 
Agar jarohatga lyuizit tushsa, kuchli kuydiruvchi qisqa muddatli 
og‘riq bo'ladi, geran hidi keladi, jarohat to‘qimalari och kulrang tusli 
bo‘ladi, jarohatdan kuchli qon ketadi. 10—20 daqiqadan keyin jarohat 
atrofida giperemiya, shish, pufakchalar hosil bo‘ladi, pufakchalar sutka 
oxiriga kelib bir-biriga qo'shilib ketadi. Shu vaqtga kelib to'qimalarda 
chuqur nekroz yuz beradi. Shu bilan bir qatorda jarohat yiringlashi 
to‘qimalarda yiringli metastazlar va sepsis kuzatilishi mumkin. 
ZM organizmga tushgandan bir necha soat o‘tib umumiy rezorbtiv 
reaksiya vujudga keladi, u so‘lak oqishi, ko'ngil aynishi, qusish, xavotir 
hissi, qo‘zg‘aluvchan!ik bilan namoyon bo‘ladi. Klinik simptomlar rivoj- 
lana borishi bilan arterial bosim pasayadi, xansirash, chuqur tormozla- 
nish kuzatiladi, tana harorati tushib ketadi. Kollaps tipidagi o'tkir yurak 
yetishmovchiligi, o‘pka shishi kuzatiladi. Agar davo muolajalari o‘z vaqtida 
boshlanmasa, o‘lim I-2 kunda yuz berishi mumkin. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling