M kariyev, R. Alimov
II bob. ARALASH RADIATSION VA KIMYOVIY
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
II bob. ARALASH RADIATSION VA KIMYOVIY
JAROHATLAR. TIBBIY KO‘CHIRISH BOSQICHLARIDA ULARNI DAVOLASH Aralash radiatsion-mexanik (ochiq va yopiq) jarohatlanishlar va ularni davolash Mashg‘ulotning maqsadi: nur kasalligining turli bosqichlarida jarohat- lanish va yopiq shikastlanishlar kechishining xususiyatlarini o'tganish va jang maydonida BrTP, ATO tibbiy yondam ko'rastish prinsiplari. 0‘quv savollari: aralash radiatsion jarohatlanishlarning tavsifi, ter- minologiyasi, klinik kechish bosqichlari. Nur kasalligining turli bos- qichlarida jarohat va yopiq shikastlanishlarning xususiyatlari. Tibbiy ko‘chirish bosqichlarida aralash radiatsion shikastlanishlarni davolash. Jarohatning radioaktiv zaharlanishi. Jarohat kechishga radioaktiv za- harianishning ta’siri. Mashg'ulot olib borish tartibi. Mashg‘ulot o‘quv xonasida va klinika- ning bog'lov xonalarida olib boriladi. 0‘quv xonasida aralash radiatsion shikastlanish to‘g‘risida nazariy savollar ko‘rib chiqiladi. Bog'lov xona- larida yumshoq to'qimalar jarohatlanishining turli bosqichlaridagi be- morlar ko'rsatiladi. Yuqoridagi holatlarda nur kasalligi boMgandagi xu- susiyatlar ko'rib chiqiladi. Agar sharoit bo‘lsa, mashg'ulotning aralash radiatsion shikastlanishlarning patologiyasi va davolashni o'rganuvchi tajriba laboratoriyasida o'tkazish mumkin. Mashg'ulot uchun nur kasaJ- ligining turli bosqichlaridagi mexanik jarohat olgan bemorlar ilgaridan tayyorlab qo‘yiladi (masalan, kuchuklar). Talabalar bu hayvonlaming nur kasalligi bilan kasallanganlarda jarohatlaming kechishi va ularni davolash xususiyatlarini o‘rganadiIar. Amaliy mashg‘ulot uchun qoMlanmalar: jadvallar, bog‘lov xonasida asboblar, maskalar, fartuklar, xalatlar, qo‘lqoplar, jarohatni antiseptik vositalar bilan yuvish uchun sistemalar, antiseptik eritmalar va boshqalar. Mashg'ulot tarkibi. Yadro quroli ilgari qo‘llanilgan boshqa xil qurollardan tubdan farq qiladi. Nur shikastlanishi va boshqa shikastlanishlar kombinatsiyasi hozirda Aralash radiatsion shikastlanish deyiladi. Aralash radiatsion shikastlanishlar tasnifi (ARSH). ARSH ning asosiy manbasi — o‘rta kalibrli (20-50 kT) yadro qurollari shikastlovchi omillar. Kichik va juda kichik kalibrli qurollarda toza gamma-neytronli shikastlanishlar kelib chiqadi. ARSH lar kelib chiqishda quyidagi holatlar bo'lishi kerak: a) barcha omillar - to'Iqin zarbi, yorug'lik nurlanishi, radiatsion nurlanish (deyarli) bir vaqtda ta’sir qiladi; 9 b) ionizatsiyalovchi nurlanish boshqa jarohatlardan oldin ta’sir qiladi; d) nursiz jarohatlar radiatsion nurlanishdan oldin kelib chiqadi. Jarohat+nurlanishning birga yoki ketma-ket kelishiga nisbatan nurlanish+jarohat og‘irroq kechishi bilan farqlanadi. ARSH quyidagilaiga bo'linadi: radiatsion-mexanik (RM); radiatsion-termik (RT); radiatsion-mexanotermik (RMT); radiatsion-biologik (RB); radiatsion-kimyoviy (RK); radiatsion- biologik va kimyoviy (RBK). ARSH terminologiyasi: 1. ARSH ning etiologik faktori —ARSH- ni keltirib chiqaruvchi ikki yoki undan ortiq faktorlar. 2. (Component — ARSHni chiqaruvchi bitta etiologik faktor bi- lan shikastlanish. 3. Umumiy kuchayish sindromi — ikki va undan ortiq shikastlovchi ta’sirlar bir-birining patologik ta’sirini ko'chaytirishi. ARSH termini bir vaqtning o‘zida ham shikastlovchi faktor ta’sirini, ham umumiy patologik jarayonni aks ettiradi. ARSH klinik kechishi bosqichlari: 1. O'tkir (yondosh jarohat va nurga birlamchi reaksiya). 2. Nurga bog‘liq bo'lmagan tarkibiy qismlar ustunligi. 3. Nur komponentlari ustunligi. 4. Tiklanuvchi. ARSH ning xususiyatlari: — yashirin davri yo'qligi; — avj davrning erta boshlanishi va og'ir o'tishi; — uzoq tiklanish bosqichi; — umumiy va mahalliy posttravmatik reaksiyalarning o‘zgarishi. Og'irligi bo‘yicha ARSH 4 guruhga bo'linadi. Og‘irlik daraiasi Komponentlar !-yengil Nur shikastlanishi (doza 2 Gr. gacha), yengil darajali jarohat, kuyish 1-3 A darajali 10% gacha teri yuzasida. Il-o'rta og'irlikda 0‘rta darajadagi nur shikastlanishi (doza 2-3 Gr.). yengil va o'rta og'irlikdagi jarohatlar, yuzaki kuyish 10 % gacha, 3B daraja 5 % gacha. lll-og'ir Og'ir nur shikastlanishlar (doza 3-4 Gr.) o‘rta va og'ir darajadagi jarohatlar, kuyish turli darajalarda 10 % dan yuqori. IV-o‘ta og'ir 0‘ta og'ir nur shikastlanishi (doza 4-5 Gr. dan ko'p), o'rta va og'ir darajadagi jarohatlar, kuyish turli darajalarda 10 % dan yuqori. 1 darajada — hayot prognozi qoniqarli, ixtisoslashgan yordam ta lab qilinmaydi. Ish qobiliyatini vaqtincha yo’qotish 2 oygacha. 10 il darajada - hayot prognozi tibbiy yordam vaqti va samarasiga bog'liq, ko’pchiligiga tezkor malakali va ixtisoslashgan yordam talab etiladi. Davolanish muddati 4 oygacha, 50 % bemorlar safga qaytadilar. III darajada — hayot shubhali, tuzalish — tibbiy yordam barclia bosqichlari o‘z vaqtida qilinishi va samaradorligiga bog‘liq. Davolanish 6 oy va undan ko’p, ayrim bemorlar safga qaytadilar. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling