M kariyev, R. Alimov


IV darajada — prognoz yomon, simptomatik terapiya o’tkaziladi.  Nur kasalligida ochiq va yopiq


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

IV darajada — prognoz yomon, simptomatik terapiya o’tkaziladi. 
Nur kasalligida ochiq va yopiq 
jarohatlanishlarning kechish xususiyatlari 
Aralashgan nur shikastlanishidagi jarohatlar kechishining o’ziga xos- 
ligi Xirosima, Nagasaki, Chernobil voqealaridan ma’lum: awalambor, 
bu jarohatga bogliq bo’lmagan o’ta og‘ir umumiy holatdir. Jarohat- 
langanlarda o’lim va og’ir, uzoq kechuvchi asoratlar (sepsis, ikkilam- 
chi qon ketishlar, yiringli jarayonlar) ancha ko‘p uchraydi. Jarohatning 
tuzalishi uzoq vaqt davom etadi (granulatsiya kulrangli, jarohat toza- 
lanishi sekin kechadi, epitelizatsiya kech boshlanadi). 
Keyinchalik Aralash radiatsion shikastlanishda jarohatlarning ke- 
chishi, patogenezi eksperementlarda o’rganila boshlandi. 
Ma’lum bo’lishicha, radiatsiya ta'sirida, birlamchi radiobiologik effekt 
hosil bo‘ladi. Lining mohiyati DNK molekulasi tuzilishini o’zgartirishdan 
iboratdir. Nur shikastlanishining keyingi bosqichlarida hujayra ichi va 
hujayra tashqarisi muvozanatining oiganik va funksional buzilishi, DNK, 
RNK sintezining buzilishi, toksik mahsulotlar hosil bo’lishi yotadi. 
Mitozning to‘xtashi, xromasomalar gen mutatsiyalari, hujayralaming 
reproduktiv o‘limi aynan shu bilan bog'liqdir. Keyinroq to'qima, or- 
gan va sistemalardagi o'zgarishlar yuz beradi, nur kasalligi rivojlanadi. 
Bu kasallikning darajasi olingan nurlanishning greydagi dozasiga bog'liq. 
1 Gr.=100 rad. 1 daraja (yengil) — 1—2 Gr.; II daraja (o’rtacha 
og'irlikdagi) — 2—4 YGr.; Ill daraja (og'ir) - 4—5 Gr.; IV daraja 
(o‘ta og’ir) - 6 Gr. dan ortiq; nur kasalligi bosqichlari;boshlang‘ich 
(birlamchi reaksiya) - bir necha soatdan 2 sutkagacha; yashirin— 2- 
10 kun; avj olish— 2- 8 hafta; tuzalish, o'tkir nur kasalligining qoldiq 
o'zgarishlari turli muddatlarda. 
Shunday qilib, radiatsion shikastlanish hujayra va to'qima post- 
travmatik regeneratsiya asosini buzib, nurlangan organizmda jarohatlar 
bitishining o’ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Nurlanish kasalligining 
yengil darajalarida, organizm radiatsion shikastlanish oqibatlari bilan 
kurasha olganda yaqqol o’zgarishlar kuzatilmaydi. Granulyatsiya va 
epitelizatsiya me’yorida bo'ladi. Regeneratsiyalovchi hujayralaming 
miqdori va ulaming funksional imkoniyatlari o’zgarmaydi. Regene- 
ratsiya vaqtida sog’lom organizm regeneratsiya vaqti bilan deyarli 
1 1


teng bo'ladi. Yengil darajali nur kasalligida immunobiologik holat 
unchalik o‘zgarmaydi, shuning uchun organizm biroz sustroq bo'lsa- 
da, jarohatga tushgan anaerob va aerob mikroorganizmlarga qarshi 
javob ko‘rsata oladi. 
Reparativ jarayonlarning buzilganligi jarohat nur kasalligining avj 
olgan bosqichida olingan bo'lsa, yaqqol namoyon bo'ladi. Ko‘p sonli 
kuzatishlar natijasida yallig‘lanish reaksiyasi susayayotganligi, mahal- 
liy leykosiloz yo'qligi, fagotsitlarning minimal funksional aktivligi aniq- 
lanadi. Poliblastlar sonining kamayishi ham kuzatiladi. 
Angiogenez keskin buziladi. Granulatsiyalar rangpar, tez shikast- 
lanuvchi, nekrotik plyonka bilan qoplangandir. Epitelizatsiyaning ilk 
belgilari 7 — 1 0 kunga kechikadi. Jarohatdan keying! chandiqlar mus- 
tahkam emas. Jarohat atrof to'qimalarda mikrooiganizmlar soni ko‘p 
bo'ladi, ammo leykotsitlar infiltratsiya va himoya vali bo'lmaydi. Tok- 
sikoz va infeksiya generalizatsiyasi tufayli bu paytda eng ko'p letal 
natija kuzatiladi. Jarohat qo‘shilganda nur kasailigi belgilari erta va 
yaqqol yuzaga chiqadi. 
Naysimon suyaklaming sinishi. Nur kasalligida suyaklarning sinishi 
va undan keyingi holat asosan, tajribalarda o'rganiladi. 
O'rta va og‘ir darajali nur shikastlanishda suyak qadog‘ining hosil 
bo'lishi va singan suyakning bitishi ancha kechikadi. 
Nur kasalligida suyaklar sinig‘i bitishining kechikishiga sabab ra- 
diatsiyaning bevosita suyak to'qimasiga ta’siridir. Sinish sohasida qon 
quyilish va nekroz o'choqlari vujudga keladi. Suyak to'qimasi o‘rniga 
tog‘ay va fibroz orolchalar shakllanadi. Nurlatilgan hayvonlardagi suyak 
qadog‘i sog‘lom hayvonlardagiga nisbatan ancha yetilmagandek tuyu- 
ladi, unda tog‘ay to‘qimasi miqdori ko‘p bo'ladi. 
Bu holat nur shikastlanishi osteogen to'qima elementlariga ta’siri 
natijasida reparativ jarayonlar kechikishiga, difierensirovkaning pasa- 
yishiga va natijada suyak sinig'i bitishining kechikishiga olib keladi. 
Radiatsion shikastlanish bilan ko'p sonli suyak sinishlari aralash 
kechishi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Unda organizmning umumiy 
reaksiyasi buziladi. Unga chuqur va qaytmas gemostazning buzilishi, 
suyak to'qimasi regeneratsiyasining buzilishi, soxta bo'g'imlar hosil 
bo'lish chastotasining oshishi, infeksion asoratlar ko'pligi va letallik 
oshishi xosdir. 
Aniqlanishicha, nur kasalligining o'rta va og'ir darajalarini keltirib 
chiqaruvchi nurlanish dozasida, bitta suyakning sinish konsolidatsiyasi 
oddiy konsolidatsiyaga nisbatan 1,2 — 1,5 marotaba, ko'pgina suyak- 
larniki esa 1,5 — 2 marotabaga kechikadi. Ochiq va o'q tekkan sinish- 
lar oddiy sinishlarga nisbatan 2 — 3 marotaba sekinroq bitadi yoki 
umuman bitmasligi mumkin. Soxta bug'im shakllanadi. 
12 



Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling