M kariyev, R. Alimov
Teri-rezorbtiv ta’sirli ZM bilan zararlangan jarohatlarga
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
Teri-rezorbtiv ta’sirli ZM bilan zararlangan jarohatlarga
jarrohlik ishlovi berishning o’ziga xos xususiyatlari Barcha hollarda, awalambor, atrof teri degazatsiya o’tkazilishi va jarohatni 5% li xloraminning suvli eritmasi bilan yuviladi. Jarrohlik ishlovi aniq ketma-ketlikda bajarilishi kerak. Awal jarohatdagi o‘lgan teri qismlari, yot jismlar, qon quyqalari olib tashlanadi. Asboblar almashtirilib, teri osti yog 1 kletchatkasi keng kesiladi va hayotga noloyiq mushak to'qimalari olib tashlanadi. Jarohatning qayta de- gazatsiyasi o‘tkaziladi. O l q tekkan va ZM bilan zararlangan jaro- hatlarga radikal ishlov beriladi. Suyak parchalari ZM ni adsorbsiya- laydi va uzoq vaqt o’zida saqlab qoladi, natijada chuqur nekroz, osteomiyelit, flegmona, sepsis rivojlanishi mumkin. Shuning uchun to’liq degazatsiyadan so‘ng suyak parchalarini to’liq olib tashlash kerak. Singan suyakning uchlarini sog' to’qimagacha arralab olib tashlanadi. Tomir devorlari ZM ga o‘ta sezgir hisoblanadi, shuning uchun ularni bog’lash tavsiya etiladi. Nerv tutamlari ZM ga unchalik sezgir bo'lmaganligi sababli, 2% li xloraminning suvli eritmasi bilan yuviladi va sog‘lom to'qimalar bilan yopiladi. Bu holatda birlamchi choklar qo’yilmaydi. Operatsiya jarohatni yu- vish, yakunlovchi degazatsiya, antibiotiklar bilan infiltratsiya, rezina trubkalar va aseptik bog‘lam qo’yish bilan yakunlanadi, qo‘l va oyoqlar immobilizatsiyasi shinalar va gips langetalarini qo’yish bilan amalga oshiriladi. Zich sirkulyar bog’lamlar qo’yish birinchi kunlarda man etiladi, chunki to’qimalar shishib, ishemik buzilishlar ro’y berishi mum- kin. Agar benior kech olib kelingan bo’lsa va to’qimalari shishgan bo’lsa, u holda faqat degazatsiya va jarohatni kengaytirish bilan cheklanish mumkin. ZM bilan zararlangan bo’shliqlardagi jarohatlarga jarrohlik ishlovi berish. Agar jarohat miya bo’shlig’ida bo’lsa, operatsiya maxsus gos- pitallarda bajariladi. Hayotiy ko’rsatmalar bo’yicha malakali vrachlik 22 yordami bosqichida ham operatsiya qilish mumkin. Kalla suyagi shi- kastlanganda xirurgik ishlov berish qo‘yidagicha bajariladi: degazatsi- yadan so'ng jarohat chetidagi ten va suyak qoldiqlari olib tashlanadi. Suyudural gematoma bo'lsa, miya qattiq pardasi ochiladi va gemato- ma asta olib tashlanadi. Agar jarohat zararlangan bo‘lsa, yumshoq kateter yordamida 1% li xloramin В eritmasi, 0,1% li rivanol yoki izotonik eritma bilan yuviladi, so'ng kanamitsin antibiotiki yuborila- di. Ko‘krak qafasi jarohatlarida jarrohlik ishlovi umumiy qoidalar bo‘yicha bajariladi. Ochiq pnevmotoraks sohasidagi jarohat degazat- siya qilinadi, jarohatlangan to‘qimalar kesib olinadi va 2% li xlo- raminning suvli eritmasida yuviladi. Qovurg‘a suyaklari parchalari olib tashlanadi, ZM bilan zararlangan qovurg‘alar rezeksiya qilinadi. 0‘pka shikastlanish xarakteriga qarab lobektomiya yoki pnevmonektomiya bajariladi. Plevra bo‘shlig‘i 5%li perikis vodorod eritmasi, keyin 1% li xloramin eritmasi bilan yuviladi. Ochiq pnevmotoraksni tikish umumiy qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Teriga choklar qo'yilmaydi. Plevra ichiga antibiotiklar yuborib turiladi. Agar jaro- hatni tikishning iloji boMmasa, boshqa to‘qima!ar bilan plastika qi- lish mumkin. Gemotoraks bo'lgan hollarda qon aspiratsiyasi o k tkaziladi va plevra- ga antibiotiklar eritmasi yuboriladi. Qorin bo‘shlig‘i jarohatlarining ZM bilan zararlanishi kechiktirib bo‘lmaydigan malakali jarrohlik yor- damini talab qiladi. Parenximatoz a’zolar ZM ga nisbatan chidamli- roqdir. Shuning uchun bu organlar jarohatida degazatsiyadan so‘ng jarrohlik ishlovi oddiy jarohatlar ishlovidan farq qilmaydi. Ingichka ichakning ayrim qismi zararlangan bo'lsa, degazatsiyadan so‘ng shu soha olib tashlanadi, katta sohalarda esa rezeksiyadan so‘ng anasto- moz qo‘yiladi. Yo‘g‘on ichak shikastlanganda anastomoz qo‘yilmaydi. Yo‘g‘on ichak uchlari qorin devoridan tashqi muhitga notabiiy anus sifatida ochib qo'yiladi. Qorin bo‘shlig‘i 1% li xloramin В ning suvli eritmasi bilan yuviladi. Katta miqdorda antibiotiklar yuboriladi. Qorin bo‘shlig‘iga antibiotiklar yuborish maqsadida rezina naycha qo'yiladi. Jarohat qavatma-qavat tikiladi (teri tikilmaydi). Jarohatlangan bo'g'imlarda birlamchi jarrohlik ishlovi jarohat degazatsiyasi, o‘lgan to'qimalarni olib tashlash, qon quyqalari va yot jismlami olib tashlashdan iborat. Bo‘g‘im bo‘shlig‘i 2%li xloramin В ning suvli eritmasi bilan yuviladi, antibiotiklar yuboriladi. Bo'g'im shikastlangan bolsa, bo‘g‘im rezeksiyasi yoki amputatsiya o‘tkaziladi. FZM bilan zararlangan jarohatlarga birlamchi jarrohlik ishlovi be- rish. Jarohatga FZM ning tushishi hayot uchun o‘ta xavfli, chunki u tez rezorbsiyalanadi, shuning uchun birlamchi jarrohlik ishlovi ZM ta’sirini to‘xtatuvchi dorilar yuborilgandan keyin amalga oshiriladi. Bemor malakali tibbiy yordam bosqichiga yetib kelguncha jarohatda 23 ZM qolmaydi, shuning uchun oddiy jarohat singari jarrohlik ishlovi o'tkaziladi. Aralash kimyoviy shikastianishlarda shok rivojlansa, umu- miy shokka qarshi vositalar bilan bir qatorda antidotlar yuboriladi. ZM ning qondagi miqdorini kamaytirish maqsadida qon yoki qon oTnini bosuvchi suyuqliklar quyish tavsiya etiladi. Qon o'rnini bosuvchi suyuqliklar sifatida past molekulyar poliglyukin keng qo'lianiladi. Aralash kimyoviy shikastlanishlarida ko‘p hollarda yiringli asoratlar rivojlanadi. Shu sababli antibiotiklar va sulfanilamid preparatlarini keng ishlatish maqsadga muvofiqdir. Ixtisoslashgan jarrohlik yordami gospitallarda ko'rsatiladi. Bu bos- qichga yetib kelganda bemorlarda ZM natijasida umumiy intoksikatsiya belgilari yuzaga chiqadi. Shu sababli jarrohlik yordami bilan bir qa- torda ilk kunlardanoq intoksikatsiyaga qarshi choralarni ham ko‘rish darkor. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling