M kariyev, R. Alimov


A/В bog‘liq holda yo'qotilgan qonni aniqlash


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

A/В bog‘liq holda yo'qotilgan qonni aniqlash 
A/В (sistolik) mm.sim.ust. 
Yo'qotilgan qon hajrni, I 
100 dan ortiq 
0,5 gacha 
90-100 
1,0 gacha 
80-90 
1,5 gacha 
70-80 
2,0 gacha 
70 dan past 
2,0 dan ortiq 
4-jadval 
«Shok indeksi* bo‘yicha qon yo'qotishni tezkor aniqlash 
"Shok indeksi’* 
ko'rsatgichi 
AYuQH, % 
Tana massasi. к 
a
о 
60 
70 
80 
0.75 

0,5 
0,6 
0,7 
1,0 
18 
0,8 
0.9 
1,0 
1,5 
30 
1,3 
1.5 
1,7 
2,0 
38 
1,6 
1,9 
2,1 
2,5 
45 
1,9 
2
2
2,5 
3,0 
50 
2,1 
2,5 
2,8 
Bu jadval bo'yicha qon yo'qotish hisobi aniqligi yetarli; bunda 
travmadan 6—8 soatdan keyin foydalanish mumkin. Keyinroq arteri- 
al bosim pasayishiga olib keladigan travmaning asoratlari rivojlanishi 
mumkin. 
Shu maqsadda «Shok indeks» P.G. Biryukov nazariyasi bo‘yicha 
(1986) qon yo'qotishni tezkor aniqlash normagrammasi xizmat qiladi. 
ATO da qon yo'qotish darajasini ishonchliligini qonni kontsentratsion 
ko'rsatkichini baholashda olingan ma’lumotlar asosida muhokama 
qilinishi mumkin. 
Qon yo'qotishni qon zichligi, gemoglobin va gemotokrit bo'yicha 
aniqlash jadvalda ko'rsatilgan. 
Qon yo'qotishni qon zichligi, gemoglobin va gemotokrit 
bo'yicha baholash 
Qon zichligi 
Gemoglobin 
Gemotokrit 
Yo'qotilgan qon 
hajmi, ml. 
1057-1054 
1053-1054 
1049-1044 
1044 dan kam 
65-62 
61-50 
53-38 
38 dan past 
0,44-0.40 
0,38-0,32 
0,30-0,22 
0,22 dan kam 
500 gacha 
1000 
1500 
1500 dan yuqori 
38 


Qon zichligini aniqlash uchun zichligi 1040 dan 1060 gacha 
boMgan mis kuporosi eritmasi shisha idishlariga ega boMish kerak. 
Turli zichlikdagi mis sulfatli probirkaga natriy nitrat bilan stabili- 
zatsiyalangan bemor qoni tomchilab quyiladi. Eritma zichligi bilan 
qon 
tomchisi 
aniqlanib, 
yo'qotilgan 
qon 
hajmi 
jadval 
bo'yicha 
aniqlanadi. 
Ixtisoslashgan xirurgik gospitallarda qon yo‘qotish darajasini labo- 
ratoriya yoii bilan aniqlanadi: radioizotop yoki bo'yovchi indikator. 
ВгТР, ATO va harbiy gospitallarda qon quyishga ko‘rsatma va 
quyish usullari 
I. BrTPda transfuzion terapiya. BrTP tibbiy ko‘chirishni birinchi 
bosqichi boMib, transfuzion terapiya o‘tkazilishini ko‘rib chiqadi. Ko‘p 
qon yo'qotganlar, shokning og‘ir formalari bilan kasallangan yara- 
dorlar harbiy rayonda davolash-ko‘chiruv choralar tizimi ishlashiga 
asos bo‘ladi. Bu bosqichda transfuzion terapiyaga muhtoj yaradorlar 
va shikastlanganlar soni oshib, jami shikastlangan va yaradorlarning 
0. 3—5% ni tashkil qilishi mumkin. BrTP da infuzion terapiya qon 
o'rnini bosuvchilami quyish orqali gemodinamik turg'unlikka erishishga 
qaratilgan. 
BrTP da gemotransfuziyaga ko'rsatma 0,5 1 I qon guruhini qu- 
yish boiib, massiv qon yo‘qotish (1,5 1. dan ko‘p) bo‘ladi. 
BrTP da qon quyish ishonchli hollarda, hatto vaqtincha qon 
to'xtatilganda ham o‘tkazilishi mumkin. Qarshi ko‘rsatma — ichki 
qon 
ketish. 
Qorin, 
ko'krak 
qafasi, 
miya 
qutisi 
yaralarida 
qon 
quymaslik kerak. 
Qon quyish texnikasi. Birinchi vrachlik yordam ko‘rsatishda tez- 
kor hollarda faqat 0(1) guruh qonini 500 ml miqdorda donor va 
retsipiyent qonining guruh mosligi, Rh-faktori mosligi aniqlanmas- 
dan ham quyilaveradi. Shuningdek, hayotiy ko‘rsatma bo‘lsa 0(1) 
(Rh-«—») eritrotsitlar massasini quyish ham mumkin. Individual va 
biologik moslikni albatta aniqlash kerak. Har bir flakondagi donor 
qonining guruhi va Rh-faktori aniqlangan bo‘!ishi kerak. 
Individual moslikni aniqlash uchun sinama o'tkazish dasturi. 
1. Retsipiyent venasidan 3—5 ml qon olib, stabilizatorlar qo‘shmagan 
holda probirkaga solinadi. 2. Qon sentrifugalanadi. 3. Pipetka yor- 
damida retsipiyent qon zardobidan 2—3 tomchi olinadi va tarelkaga 
solinadi. 4. Retsipiyent qon zardobiga 1 tomchi (10 marta kam) do- 
nor qoni solinib, shisha tayoqcha bilan yaxshilab aralashtiriladi. 
5. Reaksiyaga 5-10 daqiqadan so‘ng baho beriladi: agglyutinatsiya 
bo'lmasligi donor va retsipiyent qonining individual mosligini ko‘rsatadi. 
Biologik sinov o‘tkazish dasturi. 
1. Donor qonini makroskopik baholash (flakon, plastik xaltadagi). 
39 


2. Flakondagi qon quyishga yaroqli bo'lganda yaxshilab aralash- 
tiriladi. 
3. Qon quyish uchun sistema to‘g‘rilanadi. 
4. Vena punksiyasi o'tkazish. 
5. Birinchi 75 ml qon retsipiyentga 25 ml dan oqim bilan 3-5 
daqiqa oraliq bilan yuboriladi. 
6. Biologik sinama o'tkazishda puls, nafas, retsipiyentning tashqi 
ko‘rinishini kuzatib turish kerak. 
Mos kelmaganda puls tezlashadi, nafas tezlashadi, yuz terisi ran- 
gi o‘zgaradi. Dastlab teri oqarishi paydo bcfladi, keyin qizarish bilan 
almashadi, keyin esa lablar sianozi kuzatiladi. Bemor ko'krak va bel- 
dagi og‘riqdan shikoyat qiladi. Ba’zida lab va qovoq titrashi, ko‘ngil 
aynishi va qayd qilisli paydo bo‘ladi. Gemotransfuziya bunda tezda 
to‘xtaIadi. 
7. 75 ml qon quyilgandan keyin mos kelmaslik belgilari bodmasa, 
keyin qon tanafussiz oqim bilan yoki tomchilab quyiladi. 
BrTPda qon o'rnini bosuvchi eritmalar o‘tkir qon yo‘qotishda 
(1,5 1 dan kam) va shokning III darajasida quyiladi. Bu yaradorlarga 
vena ichiga 0,5—1,0 I poliglyukin, reopoliglyukin va boshqa plazma 
o‘rnini bosuvchi suyuqliklar oqim bilan yuboriladi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling