M kariyev, R. Alimov


Travmatik shokning og'irligi bo‘yicha tasnifi


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

Travmatik shokning og'irligi bo‘yicha tasnifi. 
I daraja (yengil shok) bunda ten qoplamlari oqargan, puls daqiqa- 
da 100 marta, A\B 100/60 mm.sim.ust, tana harorati normada, nafas 
olish o'zgarmagan. Bemor hushida, ba’zi qo‘zg‘alish!ar bo‘lishi mumkin. 
II daraja (o‘rta og'irlikdagi shok) - bunda teri qoplamlari oqar- 
gan, puls daqiqada 110—120 marta, AQB 90/60, 80/50 mm.sim.ust., 
tana harorati pasaygan, nafas olish tezlashgan. Bemor hushida, tor- 
mozlanish yo‘q. 
III daraja (og‘ir shok) — teri qoplamalari oqargan va sovuq ter 
bilan qoplangan, puls ipsimon, daqiqada 120 marta, AQB 70/60, 
60/40 mm.sim.ust, tana harorati 35"S dan past, nafas olish tezlashgan. 
AQBni 60 mm. sim.ust.dan pasayishini Cannon «kritik holat» deb 
nomlagan. Bundan keyingi davrda terminal holat rivojlanadi. 
Terminal holat (IV darajadagi shok). U agonal oldi, agonal holat 
va klinik o‘lim darajalariga bo'linadi va hayotiy funksiyalarni klinik 
o'lim darajasigacha bo'lgan susayishi bilan xarakterlanadi. 
Jabrlanganning 
holatini, 
shok 
darajasini 
puls 
va 
AQB 
ko‘rsatkichlariga asoslanadigan shok indeksi (ko'rsatkichi) yordamida 
aniqlanadi. 
Agar indeks 1 dan kichik bo'lsa (puls daqiqada 70 ta, AQB 110), 
bemorning holati xavf tug'dirmaydi. Agar indeks 1 ga teng bo'lsa 
(puls 110 ta, AQB 110), bemor holati xavfli, o'rta darajadagi shok, 
qon yo'qotish 20—30% ga teng. Agar indeks 1 dan katta bo'Isa (puls 
110 ta, AQB 80 mm.sim.ust.) — xavf soluvchi shok, qon yo'qotish 
esa 30—50% ga teng. 
Agonal oldi hoiatida faqatgina yirik arteriyalarda: son va uyqu 
arteriyalarida pulsni aniqlash mumkin. AQB aniqlanmaydi, nafas 
olish yuzaki, ritmik. Bemor hushsiz. 
Agonal hoiatida yuqoridagi o'zgarishlarga qo'shimcha nafas olish- 
ning buzilishi: aritmik, tez-tez, Cheyn-Stoks (Cheyne-Stokes) tipi- 
dagi nafas qo'shiladi. Ko'z reflekslari yo'qolgan, ixtiyorsiz siydik aj- 
ratish va ich kelishi, yirik arteriyalarda puls o'rtacha taxi yoki bradikar- 
diya kuzatiladi. 
Klinik o‘lim — nafas olish va yurak to'xtashidan boshlanadi. Yirik 
tomirlarda puls aniqlanmaydi, arefleksiya, terming mumsimon oqarishi
qorachiqlar kengayishi kuzatiladi, u 5—7 daqiqa davom etadi. Tez 
shikastlanuvchi a’zolarda (miya, miokard) ortga qaytmas o'zgarishtar 
hali rivojlanmagan. Organizmni tiriltirish mumkin. 
54 


Klinik o'limdan keyin biologik o'lim yuzaga keladi, hayotga layo- 
qatsiz o'zgarishlar kuzatiladi. Reanimatsion choraiar natija bermaydi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling