Tramatik shokni davolash 5 yo‘nalishda olib boriladi:
1. Hayotga xavf soluvchi jarohatlarni davolash. Ba’zi hollarda bu
tadbirlar vaqtincha xarakterga ega bo'lishi mumkin (jgut qo'yish,
bog‘lam qo'yish, iramobilizatsiya), boshqa hollarda esa (ichki a’zolar
shikastlanishi va ichki qon ketishlar)davolash operativ aralashuvni talab
etadi.
2. Shokdagi
impulslarni
to'xtatish
(og'riqqa
qarshi
terapiya)
3 usul birlashmasi orqali amalga oshiriladi. Bular immobilizatsiya,
travmatik uchoqning mahalliy blokadasi (og'riqsizlantirish), analgetik
va neyroleptik preparatlami qo'llash.
3. Aylanib yuruvchi qon hajmini (AQH) to'ldirish va qonning
reologik
xususiyatlarini
normallashtirish:
reopoliglyukin,
poliglyukin
va boshqa kristalloid eritmalar geparinlar infuziyasi orqali amalga oshi-
riladi. Agar travmatik shok gemorragik sindrom bilan birga kechsa
qon transfuziyasi qilinadi.
4. Metabolizm korreksiyasi — gipoksiya va respirator atsidozni
bartaraf qilish - kislorod ingalyatsiyasi, og‘ir hollarda o‘pka sun’iy
ventilyatsiyasi bilan amalga oshiriladi.
Medikamentoz antigipoksik terapiya biologik oksidlanishni yax-
shilovchi preparatlar: droperidol, kalsiy glyukonat (vitamin V15), si-
toxrom S, natriy oksibutirat, pentoksil, metatsil va boshqalarni qo'llash
bilan amalga oshiriladi.
Metabolik atsidoz va giperkaliemiya korreksiyasi uchun natriy
bikarbonat, glukoza insulin bilan birga kalsiy va magniylarni vena
ichiga yuboriladi.
5.
A ’zolarning funksional о ‘zgarishlarini davolash va profilaktikasi.
Bular o'tkir nafas yetishmovchiligi (shokdagi o'pka), o'tkir buyrak
yetishmovchiligi (shokdagi buyrak), miokard va jigardagi o'zgarishlar.
Travmatik shok davrida tibbiy ko'chirish bosqichlarida davolash
tadbirlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |