M kariyev, R. Alimov
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
1. Birinchi tibbiy yordam — urush maydonida (shikastlanish
o'chog'ida) o‘z-o‘ziga yoki bir-biriga tartibida sanitar yoki saninstruktor quyidagi shokka qarshi tadbirlarni amalga oshiradi: nafas yo'llarini ozod etish(til fiksatsiyasi, og'izga tushgan moddalardan, qondan tozalash); tashqi qon ketishni vaqtincha to'xtatish; yaradoming nafasini tiklash uchun orqasiga yotqiziladi, boshi pastga tushiriladi, pastki jag'ni oldinga chiqariladi, «og'izdan og'izga*-, «og'izdan burunga» usulida o'pka sun’iy ventilyatsiyasi qilinadi'yurak to'xtab qolganda yurak massaji; ko'krak qafasi jarohati bo'lsa okklyuzion bog'lam qo'yiladi, transport immobilizatsiyasi qilinadi. Agar bemor mustaqil nafas olsa, unga yarim o'tirgan holat beri- 55 ladi. Og'riq sindromini kamaytirish maqsadida shpris-tyubik bilan narkotik yoki analgetik eritma yuboriladi. Jabrlanganni urush may- donidan agar u «hushsiz bo'lsa» oshqozon tarkibi, qon va shilliqlar aspiratsiyasining oldini olish maqsadida qorin bilan yotqizib, boshini chap tomonga qiyshaytirilgan holda olib chiqiladi. 2. Vrachgacha bo'lgan yordam. Yuqorida sanab o'tilganlardan tashqari quyidagi shokka qarshi tadbirlar qilinadi: standart shinalar bilan transport immobilizatsiyasi, qon to'xtatish uchun jgut va bog'lamlami qo‘yish, analgetiklardan tashqari yurak va nafas faoliyatini tiklovchi preparatlar yuborish. ADR-2 yoki DP—10 apparatlari yor- damida o'pka su’niy ventilyatsiyasi, og'iz kengaytirgich va til ushla- gich yordamida og'izni, yuqori nafas yo'llarini ochish. Yaralanganni isitish choralari: issiq suyuqliklar ichirish, alkogol analgeziyasini qo'llash. 3. Birinchi vrachiik yordami (BrTP) shok holatidagi yaralangan- larga birinchi yordam bog'lov xonasida amalga oshiriladi. Saralash maydonchasida bemorlar 4 guruhga ajratiladi. 1- guruh: bu yerga kelganda hayotga xavf soluvchi jarohat va o'zgarishlar: nafas to'xtashi, yurak to'xtashi, A/В ning kritik tushishi (70 mm.sim.ust.dan past), to‘xtatilmagan tashqi qon ketish bo‘lsa, ularni bog'lov xonasiga birinchi bo‘lib yuboriladi. 2- guruh: hayotga bevosita xavf soluvchi o'zgarishlar yo‘q, 2—3- darajadagi shok holati. Ularni bog'lov xonasiga ikkinchi bo'lib yuboriladi. 3- guruh: ichki qon ketish belgilari bo'lgan shok holatidagi yara- langanlar. Ularga tibbiy yordam (og'riqsizlantirish, isitish) saralash maydonida ko‘rsatiladi va ulardan birini navbatda malakali tibbiy yor- dam punktiga yuboriladi. 4- guruh: I darajali shokdagi yaralanganlar. Ularga saralash may- donida yordam ko‘rsatiladi:transport immobilizatsiyasi, og'riqsizlantirish, isitish, alkogol berish va boshqalar. BrTP bog‘lov xonasidagi shokka qarshi tadbirlar hajmi. Eng awal nafas yetishmovchiligini bartaraf qilish bo'yicha tadbirlar: yuqori nafas yo'llari o'tkazuvchanligini tiklash, traxeya va bronxlardan qon va shil- liqlarni chiqarib tashlash, tilni tikib qo'yish yoki havo olgich kirgazish, traxeya intubatsiyasi, «Lada», «Pnevmat— 1» apparatlari yordamida o'pka sun’iy ventilyatsiyasi, okklyuzion bog'lami qo'yish, kuchli kla- panli pnevmotoraks bo'lsa, plevra bo'shlig'ini drenajlash; vaqtincha- lik qon to'xtatish; aylanib yuruvchi qon hajmini (AQH) plazma o'mini bosuvchilar bilan to'ldirish (vena ichiga poliglyukin, 0,9% li natriy xlorid, 5%li glukoza va b. suyuqliklardan 1-2 I. quyish); agar qon yo'qotish HI darajada bo'lsa 0(1) guruhdagi qonni quyish, vagosim- patik, paranefral va mahalliy travmatik o'choqli novokain blokadalar 56 qilish, kortikosteroidlar, og'riqsizlantiruvchi va yurak preparatlari yu- borish, qo'l va oyoqlar transport immobilizatsiyasi. BrTPda shokka qarshi tadbirlar kompleksi qilinadi. Davolash nati- jasidan qat’i nazar yaralanganlarni ixtisoslashgan tibbiy yordam bos- qichiga yuboriladi. Travmatik shokni davolashda vaqt muhim rol o‘ynaydi. Shokni davolash qancha erta boshlansa, natijasi shuncha yaxshi boladi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling