II davr - oraliq (3-4 kundan 8—12 kungacha) o‘tkir
buyrak
yetislimovchiligi bilan xarakterlanadi.
III davr - kechki (9-12 kundan 1-2 oy oxirigacha) to'qimalar
shikastining mahalliy simptomfari bilan xarakterlanadi.
UMBS ning turli davrlaridagi klinikasi.
I davr. Jabrlanganlarning oyoq-qo'li bosilishdan ozod etilgandan
so'ng umumiy ahvoli yomonlashuvi bilan
birga kuchli shish rivojla-
nadi. Bemorni
holsizlik,
tormozlanish, ko‘ngil aynishi, qusish bezov-
ta qiladi.
Bemorning rangi oqaradi, tanasi sovuq ter bilan qoplanadi,
puls tezlashadi (100-120 ta). AQB og'ir hollarda 60-80 mm sim.
ust. va undan ham past. Bu davrda UMBSning klinik ko'rinishi
shokning torpid fazasini eslatadi.
II davr. Oraliq davr. UMBSning 4-kuni o‘tkir
buyrak yetish-
movchiligi simptomlari yuzaga chiqadi: past diurez, ko'ngil aynishi,
qusish, holsizlik, apatiya, belda og'riq kuchayadi.
III davr. Kechki davr. Birinchi o'ringa mahalliy simptomlar chiqadi.
Mushak to'qimasi o'lib, o'rniga biriktiruvchi to'qima o'sadi, to'qimalar
atrofiyasi, bo'g'imlarda harakat cheklanishi, kontrakturalar rivojlanadi.
UMBSning klinik kechishining og'irligi bo‘yicha 4 klinik forma
ajratiladi (M.I. Kuzin, 1954).
1. Yengil: qo‘1 yoki oyoqning segmentlaridan birining bosilishi 4
soatdan oshmagan.
2. 0‘rta: qo‘l yoki oyoqning butunligicha bosilishi 6 soat.
Buyrak
lunksiyasi unchalik o‘zgarmagan.
3. Og‘ir: qo‘l yoki oyoqni butunlay bosilishi 7—8 soat. Buyrak
yetislimovchiligi va gemodinamik o'zgarishlar simptomi yaqqol na-
moyon bo'lgan.
4. 0‘ta og'ir: ikkala qo'l va oyoqni 6
soat va undan ortiq vaqt
mobaynida ezilishi. Bemorlar 2—3 sutkada o'tkir buyrak yetishmovchi-
ligidan halok bo'ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: