M kariyev, R. Alimov


Ixtisoslashtirilgan vrachlik yordami


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

Ixtisoslashtirilgan vrachlik yordami tibbiy saralashda 2 guruh jabr- 
langanlar ajratiladi. 
I guruh — yengil va o'rta og'ir formadagi UMBS. Gemodinamik 
o'zgarishlar 
yo'q, 
yoki 
kam 
namoyon 
bo'lgan. 
Oyoq-qo'llarda 
shish,buyraklar funksiyasi unchalik o'zgarmagan. Periferik arteriyalarda 
pulsatsiya susaygan. Bemorlarni darhol maxsuslashtirilgan xirurgik bos- 
qichiga yuborish mumkin. 
II guruh — UMBSning og'ir formasi. Shokka qarshi reanimat- 
sion 
palatada 
maxsuslashtirilgan 
gospitalga 
yuborishga 
tayyorlash 
maqsadida gemodinamik o'zgarishlar to'g'rilanadi. Davolash aylanib 
yuruvchi qon hajmini to'ldirishga qaratilgan bo'ladi, bunda qon 
quyish man etiladi. Uning o'miga past molekulali kolloid eritmalar 
va elektrolitlarni izotonik eritmasi quyiladi. Atsidozga qarshi vena 
ichiga 300-500 ml 4% natriy bikarbonati yuboriladi. Buyraklar 
po'stloq qavati tomirlar spazmini kamaytirish maqsadida 300—400 
ml 0,1% novokain eritmasi; diurezni yaxshilash maqsadida glukoza
mannitol, 
laziks 
eritmalari 
yuboriladi. 
Xirurgik 
ishlov 
berishga 
ko'rsatmalar bo'lsa antibiotiklar qo'llanadi. Bemor holati yaxshilan- 
gach, keyingi bosqichlarga yuboriladi. 
62 


Maxsuslashtirilgan jarrohlik yordam. Bu bosqichda oldingi bos- 
qichlarda boshlangan davo tadbirlari davom ettiriladi. Novokain bloka- 
dasi qayta qilinadi. Qonning, siydikning bioximik tekshiruvi, bir kunlik 
diurez nazoratga olingan holda aylanib yuruvchi qon hajmi to'ldiriladi, 
kislota-ishqor nisbati, elektrolitlar balansi yaxshilanadi. Gipovollemi- 
yaga, atsidozga, giperkaliyemiyaga va buyrak yetishmovchiligiga qarshi 
kurash, awalgidek, muhim rolni o'ynaydi. 0‘tkir buyrak yetishmovchi- 
ligini davolashda «sun’iy buyrak» apparati bilan gemodializi yaxshi 
natija beradi. UMBS ning og‘ir formalarida amputatsiyaga ko'rsatmalar 
bo'lishi mumkin. Agar amputatsiya o‘z vaqtida, anuriya rivojlanguncha 
qilinmasa, bemorga foyda bermaydi. 
Amputatsiya bajarish qoidasi: I) to‘qimaning sog‘ qismidan shu 
bilan birga tejagan holda kesish; 2) amputatsiyalar mioplastik xarak- 
terga ega bolishi kerak emas; 3) choMtoq doim ochiq qolishi kerak. 
0‘tkir buyrak yetishmovchiligi bartaraf etilgandan so‘ng, davo tad- 
birlari oyoq yoki qo‘l funksiyasini tiklashga, infeksion asoratlarning 
oldini olishga kontrakturalar profilaktikasiga qaratilgan. 
Operativ aralashuvlar amalga oshiriladi: flegmonalarni ochish
mushaklar nekrotik o‘choqlarini olib tashlash. 
Jarohat infeksiyasi asoratlarini davolash maqsadida shikastlangan 
qo‘l 
yoki 
oyoqqa 
uzaytirilgan 
arteriya 
ichi 
infuziyasi, 
oksigenobaroterapiya qilinadi. Keyinchalik fizioterapevtik muolajalar 
va jismoniy tarbiya buyuriladi. Ikkilamchi anemiyalar oldini olish 
uchun qayta qon quyiladi. Aralash radiatsion og‘ir va katta jarohatlarda 
birlamchi amputatsiyaga ko'rsatmalar oshib boradi. 
63 



Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling