M kariyev, R. Alimov
Napalma va boshqa o‘t oldiruvchi moddalardan kuyish
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
Napalma va boshqa o‘t oldiruvchi moddalardan kuyish. Napalma —
o‘t oldiruvchi va yonuvchi modda sifatida qo’llanuvchi mahsulot. Birinchi marta napalma AQSHning 1942-yilda qurollangan armiya- 64 sida bo'lgan va Ikkinchi jahon urushi davrida Amerika aviatsiyasida qo'llangan. Ommaviy masshtabda u Koreya va Vyetnamga qarshi urush vaqtida AQSH tomonidan qo'llangan. Napalma yopishqoq o‘t ol- diruvchi moddalarga kiradi. Uning asosi: benzin, benzol, kerosin, polistirol bo'lib, u maxsus quyuqlashtiruvchilar yordamida quyuqlasha- di. Quyuqlashtiruvchilar sariq-kulrang yoki binafsha rangii poroshok bo'lib, quyidagi aralashmadan iborat: 5 yoki 25% li naften kislota- ning alyuminli tuzi, 30 yoki 50% li palmiting kislotaning alyuminli tuzi, 25 yoki 65% li oliyen kislotasining alyuminli tuzi. Quyuqlash- tiruvchilar suyuq yonuvchi moddalar hisobidan qo'shiladi, chunki o‘t oldiruvchi aralashmada 3% dan 13% gacha quyuqlashtiruvchi aralash- malar bo'lishi kerak. Shuning uchun o‘t oldiruvchi aralashmaning zarur xususiyati 24 soatga yaqin ekspozitsiyada ahamiyatga ega. Na- palmaning fizik xususiyati: yopishqoq, dildiroq, binafsha yoki kul- rang massa, suvdan yengil (zichligi 0,7 dan to 0,85 gacha), shuning uchun uning yuzasida yengil yonadi. Agar tana yuzasiga yopishsa, 3-4 daqiqada yonadi, alanga temperaturasi llOO'C bo'ladi. Napalma yonganda quyuq bulut hosil qilib qora qurum bilan ko‘p miqdorda uglerod oksidi ajraladi. Bu harbiy tarkibda zaharlanishni chaqiradi. Vyetnamda napalma В qo'llangan. U pastasimon, xira oq rangdagi yopishqoq massa bo'Iib, benzin, polistrol va benzol (2:I:lmunosabat~ da) bilan maxsus quyuqlashtiruvchilardan iborat. Napalma В o‘z xu- susiyatini keng diapozonda temperatura +64°C dan 40°C gacha bo'lganda saqlab qoladi. Uzoq vaqt saqlanadi, transportirovkaga chidamli bo'ladi. Napalmaning boshqa turlari «metallashgan» yopishqoq o‘t ol- diruvchi aralashma bo'lib bunga pirogel kiradi. Pirogelni hosil qilish uchun napalmaga magniy metalining kukuni, smola, neft, asfalt va boshqalar qo'shiladi. Pirogel napalmadan intensiv yonadi, temperatura 1400°C dan 1600°C gacha bo'ladi. Napalma va pirogel o‘z-o‘zidan alangalashmaydi. Uning yonishi maxsus kam miqdordagi porox zaryadli portlash ta’siri ostida bo'ladi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling