M kariyev, R. Alimov
UMBSni tibbiy ko'chirish bosqichlarida davolash
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vrachgacha yordam.
- Birinchi vrachlik
UMBSni tibbiy ko'chirish bosqichlarida davolash
Birinchi tibbiy yordam. Jabrlanganni bosilishdan bo'shatishdan oldin sog' to'qima chegarasidan yuqoriroq sohadan jgut qo'yish. bo'shatib bo'igandan keyin esa shu sog' to'qimalarni bint bilan si- qib bog'lash kerak. Bu shishni kamaytiradi va ezilgan to'qimalardagi parchalanuv mahsulotlarini so'rilib ketishiga yordam beradi. Keyin jgutni yechish va giperkalimiya, to'qimalarni gipoksiyaga sezuvchan- ligini kamaytirish maqsadida sovuq (muz, qor, suv) qo'llash kerak. Keyin qo'l-oyoqlar immobilizatsiyasi, og'riq qoldiruvchilar, antibi- otiklar qilish kerak. Vrachgacha yordam. Birinchi tibbiy yordam hajmi kengaytiriladi. 61 Agar qo'l yoki oyoqlar siqib bog'lanmngan bo'lsa bog'lanadi va so- vutish choralari qo'llanadi, yurak-qon tomir va og'riqsizlantiruvchi vositalar qo'llanadi. Ishqorli erilmalar ichishga beriladi. Birinchi vrachlik yordamiga tezlikda ko'chiriladi. Birinchi vrachlik yordami (BrTP). Saralash vaqtida 2 guruh UMBSdan jabrlanganlar ajraliladi: I guruh: UMBSning yengil va o'rta darajalari bilan jabrlanganlar. Tibbiy yordam saralash maydonida ko'rsatiladi. Bunda 0,5 ml qoq- sholga qarshi anatoksin, 100000 Yed.penitsillin, 1% li 2 ml prome- dol eritmasi yuboriladi, transport immobilizatsiyasi kuchaytiriladi, ishqorli suyuqlikiar ichishga beriladi. ixtisoslashtirilgan vrachlik yor- dami etapiga yuboriladi. II guruh: UMBSning og'ir formasidagi jabrlanganlar. Tibbiy yor- dam bog'lov xonasida ko'rsatiladi. Ezilgan qo'l yoki oyoqqa novokain- ning 0,25% li 400—500 ml iliq eritmasi bilan futlyar novokain blokada qilinadi. Vishnevskiy bo'yicha ikki tomonlama paranefral blokada qil- inadi, vena ichiga 1000 ml 10% li glukoza eritmasi, 24 Yed insulin va 200 ml 4% li natriy bikarbonat eritmasi yuboriladi. Narkotik va antigistamin preparatlari (1 ml-2% li promedol eritma- si, 2ml—2%li dimedrol eritmasi), yurak-qon tomir vositalari (2 ml— 10% li kofein eritmasi) buyuriladi. Standart transport shinalari yor- damida immobilizatsiya qilinadi. Ichishga ishqorli suyuqlikiar, issiq choy beriladi. Ixtisoslashtirilgan vrachlik yordami yoki maxsuslash- tirilgan xirurgik yordam bosqichlariga ko'chiriladi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling