M kariyev, R. Alimov


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

Kislota-ishqor muvozanatining o‘zgarishi. Shokda atsidoz kuza- 
tiladi. U miokard qisqarish funksiyasining buzilishiga, turg‘un va- 
zodilatatsiyaga, buyraklar funksiyasining pasayishi va oliy nerv faoli- 
yatining buzilishlariga olib keladi. 
Qon ivish sistemasining buzilishi — giperkoagulyatsiyaga, dissemir- 
lashga tomir ichi ivish jarayoni rivojlanishiga, u esa trombogemor- 
ragik sindrom (TGS) rivojlanishiga olib keladi. Tomir ichi ivish jaray- 
oni generalizatsiyalashgan xarakterga ega bo'ladi va u mikrosirkula- 
tor tarmoqdagi qon aylanishini yomonlashtiradi. 
Travmatik shok klinikasi va rivojlanish fazalari. 
Travmatik 
shokning 
kechishi 
bo'yicha 
ikkita 
klinik 
fazasi 
bo‘ladi:erektii va torpid. 
Erektil faza qo'zg'alish bilan xarakterlanadi. U arterial bosim oshi- 
shi, tomirlar spazmi, nafas qisishi, endokrin bezlar faoliyati va modda 
almashinuvining kuchayishi bilan namoyon bo'ladi. Bunda harakat va 
nutq markazi qo‘zg‘alishi kuzatiladi, jabrlangan o‘z holatini baholay 
olmaydi. Teri qoplamlari oqarib, nafas olish va puls tezlashadi, reflekslar, 
skelet mushaklar tonusi kuchayadi. Erektil faza davomiyligi bir necha 
minutdan bir necha soatlargacha davom etishi mumkin. 
Shokning 
torpid 
fazasi 
organizmning 
hayotiy 
funksiyalarning 
susayishi bilan xarakterlanadi. Shokning bu fazasini N.l.Pirogov quyi- 
dagicha ta’riflangan: «Bog'lov punktida oyog‘i yoki qo'li uzilgan, 
harakatsiz qotib qolgan askar yotibdi, u qichqirmayapti, og'riqdan 
shikoyat ham qilmayapti, hech narsa soTamayapti; uning tanasi 
sovuq, yuzi murdanikdek oqargan, nigohi uzoqqa tikilgan, harakat- 
siz; pulsi ipsimon. Terisi va jarohati sezgisi yo‘qolgan, lekin jaro- 
hatda osilib turgan katta nervni nima bilandir ta’sirlashtirilsa, be- 
mor ba’zi mushaklarini harakatlantiradi». 
Shunday qilib, travmatik shok uchun bemor ongi saqlangan, le- 
kin unda yaqqol muloqot qilish qiyin bo'ladi. Teri qoplamlari oqar- 
gan va nam, tana harorati pasaygan, yuza va chuqur reflekslar susay- 
gan yoki umuman yo'qolgan, ba’zan patologik reflekslar paydo bo'ladi, 
nafas olishi yuzaki, puls kuchaygan va arterial bosim pasaygan. 
Klinik-patofiziologik o'zgarishlarga ko'ra shokning 3ta ketma-ket 
bosqichi bo'ladi. 
I bosqich - sirkulator o'zgarishlar (vazokonstriksiya) bosqichidir. 
Bu bosqichda bemor yuzi sovuq, oqargan, nam teri, biroz tezlashgan 
puls, arterial bosimi biroz pasaygan, nafas olishi tezlashgan. 
II bosqich - tomirlar dilyatatsiyasi, mikrosirkulator tarmoqda tomir 
ichi ivish jarayoni boshlanishi va buyraklar faoliyatining buzilishi 
(shokdagi buyrak) bilan xarakterlanadi. Klinik jihatdan — qo'l-oyoq- 
larda sianoz, taxikardiya, A/В pasayishi, tormozlanish kuzatiladi. 
HI bosqich - tomirli atoniya va almashinuv buzilish bosqichidir. 
53 


Bunda turli a’zolarda, o‘pka, jigarlarda tomir ichi dessiminirlangan 
ivish jarayonining nekrotik o'choqli shikastlari, gipoksiya, metabolik 
atsidoz kuzatiladi. Klinik jihatdan — yuz, qo‘l-oyoqlarning kulrangda 
bo'lishi, ipsimon puls, past AQB, tez yuzaki nafas, qorachiqlar 
kengayishi, reaksiya sekinlashganligi kuzatiladi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling