M kariyev, R. Alimov
Nerv va paylarning qo‘shma jarohatlari
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
Nerv va paylarning qo‘shma jarohatlari
Barmoqlarni bukuvchi paylari va nervlari bilakni pastki 1/3 qis- mida. Ular shu darajada yaqin joylashganki, ularda alohida jarohat 178 juda kam uchraydi. Shuning uchun pay va nerv uchlarini bir-biriga tikib qo'ymaslik uchun nerv va payning ko'ndalang kesmasidan qon laxtalarini olib tashlash kerak. Bunda ularning rangidagi va to'qimasidan farq: payning rangi sarg‘imtir yaltiroq bo'lsa, nervlar- ning rangi kulrang yaltiraydi. Awal payga chok qo'yiladi, so‘ng nerv oxirlariga epinevral chok qo'yiladi. Jarohatlangan nervni tikish tolaning holatiga, shikastlangan nerv oxirlarning rezeksiyasi sifatiga va oxirlarning bir-biriga aniq, mos keltirilib tikishga bog'liq bo'ladi. Nerv oxirlarining tikiiishi natijasi bir necha yillardan so'ng yuzaga keladi. Qo‘I va oyoq nerv tolalarining o‘qotar qurol jarohatida (yopiq) ko'rsatiladigan tibbiy yordam. 1. Jang maydonidagi birinchi tibbiy yordam. Bunda faqat qo‘l- oyoq jarohati xarakteriga mos ravishda 1-yordam ko'rsatiladi, o'qotar qurol jarohati (singanda) olinganda aseptik bog'lov qo'yiladi, ko'rsatmalarga qarab qon to‘xtatiladi, jarohatlangan oyoq-qo‘l im- mobilizatsiya qilinadi, og'riqsizlantiriladi. Tabletkali antibiotiklar beriladi, BrTPga ko‘chiriladi. 2. Vrachgacha bo'lgan yordam (BrTP). Bu yordamning hajmi oyoq yoki qo‘l jarohatlaridagi umumqabul qilingan tadbirlardir. Oldin qo'yilgan bog'lamni qayta bog'lanadi yoki to'gTilanadi. Tabel vositalar bilan transport immobilizatsiyasi, jgut qo'yilishi tekshiriladi, qayta og‘riqsizlantirish va antibiotik terapiya bajariladi, BrTP ga ko'chiriladi. 3. Birinchi vrachlik yordami (BrTP). Shu jarohatlaiga xos ravishda tibbiy saralash o'tkaziladi. Jarohatlanganlar 3 guruhga bo'linadi. BrTP shifokori periferik nerv jarohatini har doim ham aniqlay olmasligiga sabab, oyoq yoki qo‘l harakatining cheklanishi jarohat holatiga ham bog'liq bo'ladi. Jarohatning kanalini, kompleks baholash dastlabki diagnoz qo'yishga nerv jarohatini aniqlashga yordam beradi. Periferik nervlar jarohatidagi BrTP da o'tkaziladigan maxsus tad- birlar quyidagilar: futlyar va o'tkazuvchi anesteziya qilish, oyoq yoki qo'lni tabel vositalar bilan transport immobilizatsiya o'tkazish. OgTiqsizlantiruvchi preparatlar yuborish. Qolgan tadbirlar shu xarak- terli jarohatlardagidek bo'ladi. 4. Malakali tibbiy yordam (ATO). Yirik qon tomirlar suyaklar bo‘g‘imlarining yaralanishlari, yumshoq to'qimalarni katta buzilish- lari nervlar shikastini aniqlashni ancha qiyinlashtiradi. Qo‘l-oyoqlarning yaralanishida jarrohlik taktikasi qon oqishiga, shokka qarshi va yarn infeksiyasining oldini olishga, ya'ni yaraga birlamchi jarrohlik ishlovi berishga qaratilgan. Bunda o'lik to'qimani kesib olib tashlash, suyak va metall parchalarini olib tashlash va to'liq gemostaz o'tkazishga ahamiyat beriladi. ATO da o'tkaziladigan tibbiy saralashni oyoq va qo‘l jarohatlari orasida alohida periferik nervlar jarohatlari ajratil- 179 maydi. Periferik nervlar jarohat tahlil qilinganda yakuniy diagnozi birlamchi xirurgik ishlov vaqtida qo‘yish mumkin Birlamchi xirurgik ishlov berish vaqtida aniq diagnoz qo'yish uchun agar nerv ko'rinmayotgan bo‘lsa ataylab mushaklar orasidagi nerviami ajratib ko'rish tavsiya etilmaydi. Cliunki nerv jarohatini klinik belgilari nervd- agi xirurgik amaliyotga asos bo'la olmaydi. Shunday qilib, ATO sharoitida periferik nervlar jarohatiga erta operativ aralashuv 0 ‘tkazilmaydi. Agarda birlamchi jarrohlik ishlov jarayonida nervni anatomik butunligi buzilmagan hollardan mustasno ravishda, bunday hollarda nervda birlamchi chok qo‘yilib, jarohatga ishlov berilgach, oyoq yoki qo‘lga patologik holatda immobilizatsiya oldini olishni o‘zi yetarli. Oyoq-qo‘l!arga funksional jihatdan qulay bo'lgan holatni berish uchun oddiy narvonsimon shinalardan yoki gipsli langetalardan foy- dalanish mumkin. Operatsiya vaqtida nerv o‘zaklarini barcha topilgan shikastlanishlari kasallik tarixnomasiga hujjatlantirilishi kerak. Bu yaradorlarni maxsus davolash bosqichida paydo bo'lgan sa- vollarni hal qilish uchun yordam beradi. 5. Ixtisoslishtirilgan tibbiy yordam HDJG ning neyroxirurgiya bolimida ko‘rsatiladi. Neyroxirurgiya boMimida nerv shikastlanishlarining xarakteri aniq- lanadi. Jarohatda infeksion jarayonning yo‘qotishiga erishiladi. Bun- dan keyin operatsiyaga ko‘rsatmalar hosil qilinguncha faol medika- mentoz davolash boshlanadi. Agar konservativ davo samarasiz bo'lsa, unda yara bitgandan 8 haftadan keyin operatsiya qilish kerak. Nerv choki periferik nervlarni tiklovchi jarrohlikning asosiy usuli hisobla- nadi. Operatsiya turlari: 1. Nervning birlamchi choki nerv chokini yaraning birlamchi jar- rohlik ishlovi bilan bir vaqtda amalga oshiriladi, kamdan kam qollaniladi. 2. Nervning kechiktirilgan choki: a) erta — shikastlanishdan keyin birinchi haftasida; b) kechki — shikastlanishdan 3 oy o‘tgandan keyin. Nerv jarohatlanishida shoshilinch operatsiya talab etilmaydi. Shoshilinch operatsiya faqatgina nerv yoki nerviami o'sib boruvchi gematoma bilan suyak paralichlari bilan bosilishi, nervlaming arteriya, vena qo‘shma yaralanishlarida shikastlanishlarida ko'rsatilishi mumkin. Operatsiyaning maqsadi — nervni ishemik bosilishidan shikastla- nishining oldini olish. Nervlar va suyak sinishining qo'shma shikastlanishlarida birinchi navbatda jarohatlangan suyak osteosintezi o‘tkaziladi. Qulay sharoit- da nerv osteosintezdan keyin tikiladi. Operatsiyadan keyin periferik nervlarda medikamentoz (prozerin, 180 vitaminlar) va fizioterapevtik davo ko'rsatiladi, bunda nerv o‘zagini elek- trostimulyatsiyasi, massaj, davolovchi jismoniy tarbiya va b. Nervlarni o'q otuvchi qurollardan jarohatlanishida operativ davo- lash kerak. Nerv chokidan keyin regeneratsiyaning birinchi alomat- lari 3-4 oydan keyin paydo bo'ladi. Awal og'riq va harorat sezgisi, keyin esa harakat tikianadi. Taktil sezgining tikianishi 2—3 yildan keyin sodir bo‘ladi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling