M kariyev, R. Alimov
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
Klinik alomatlari. Mahalliy qoqshol kam o’chraydi (3%) va u
og’riqlar, fibrillyar tortishish, yara sobasida mushaklami tonik tirishishi, mahalliy giperrefleksiya bilan xarakterlanadi, natijasi odatda yaxshi. Umumiy yoki tarqoq qoqshol eng ko‘p uchraydigan hisoblanadi. Qoqsholni klinik alomatlari haiqum, ensa musliaklarini gipertonusidan boshlanib, sekin-asta pastga tushuvchi yo'nalishda yangi mushak gu- ruhlarini qamrab oladi yoki yara sohasida og‘riq va mushak tora- yishlari boshlanib, sekin-asta yangi guruhlarni qamrab olib, yuqoriga yo‘nalish bo‘yicha ko'tariladi. Qoqsholni boshlang‘ich davrida (birinchi-ikkinchi sutkalarida) qu- yidagi alomatlar xarakterli: 1. Yarada tortushuvchi og‘riqli va mushaklaming atrofida fibrillyar pay reflekslarning ortishi. 2. Bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, betoblik, serjahllik. 3. Disfagiya, yutinganda og'riqlar. 4. Og'izni keng ocholmaslik, chaynash mushaklarining tirishishli qisqarishi (trizm). 5. Ensa mushaklarining qotishining qo'shilishi, boshni oldinga egishni juda chegaralinganligi. Infeksiyani rivojalana borishi bilan birga yangi guruh mushaklari- ning qotishi qamrab oladi va kuchayadi. Qoqsholning og'ir darajasida quyidagi xarakterli alomatlar yuzaga keladi: 1. Mimik mushaklaming qisqarishi yuzga «sardonik kulgi» ifo- dasini beradi. 2. Tana, bo“yin, qo‘l-oyoq mushaklarida vaqti-vaqti bilan sezilarli og'riqli tirishishlar xuruji bo’ladi. 3. Mushaklarni tetanik qisqarishi bilan sodir bo'lib tana orqaga kuchli egiladi, bunda bemor to'shakka ensa va tovoni bilan tegadi (opistotonus). 4. Ongi saqlangan hofda tirishishli xuruj vaqtida arterial va venoz bosim ko'tarilib, bo‘yin venalari to'lishadi, ko'karish bo'ladi. 5. Tetanotoksinni markaziy ta’siri natijasida tana harorati 40- 41°S gacha ko‘tariladi. 6. Yoqimsiz «otxona hidi* li ter oqadi, 198 7. Uzoq muddatli nafas mushaklarint va diafragmani tonik ti- rishishlarida nafas buzilishlari asfiksiyaga qadar va 0 ‘limga sabab bo'ladi. Ancha kech 0 ‘limga olib kelish sabablari ozish, ikki tomon- lama pnevmoniya va sepsis hisoblanadi. Qoqsholning diagnostikasi boshlang‘ich davrlarda qiyin va infeksiyalardan erta belgilariga e’tibor berishni talab etadi. Ko‘ruv vaqtida, ayniqsa qoqsholga gumon hol- larda yaradordan og‘zini ochishni (trizm, og'izni keng ochishning qiyinligi), boshini ko‘tarish, engak bilan ko‘krakka iegish (ensa mushaklarining qotishi). Qoqsholning oldini olish. Turg‘un aktiv qoqsholga qarshi immu- nitet qoqshol anatoksinini teri ostiga 0,5 ml dan 1,5 oy oralig‘ida va 1 yildan so‘ng 3 marta yuborilganda erishiladi. Revaktsinatsiya har 5 yilda bir marta o'tkaziladi. Hamma yara- ianishlarda, kuyishda, sovuq olishda birinchi vrach yordami tariqasi- da shoshilinch qoqsholga qarshi profilaktikasiga ko'rsatma bo‘ladi. Qoqsholga qarshi rejali emlash olgan bemorlarga terisi ostiga 0,5 ml qoqshol anatoksinini, emlash olmaganlarga 1 ml va bir oydan so‘ng qayta 0,5 ml anatoksin yuboriladi. Hozirgi vaqtda emlangan shaxslarga qoqsholga qarshi zardob yuborish zaruriyati yo‘q. Nospetsifik profilaktika chora-tadbirlariga eng awalo erta va to‘liq yaralaiga jarrohlik ishlovi berish, yot jismlarni olib tashlash, antibi- otiklar va antiseptiklarni qo‘llash, ishonchli immobolizatsiya kiradi. Ayniqsa, majaqlangan va tuproq bilan aniq ifloslangan yaralarga jar- rohlik ishlovidan so‘ng chok qo'yish kerak emas. Agarda qoqsholni birinchi belgilari yoki uni boshlanayotganiga gumon bolgan hollarda qo‘yilgan choklar tezda olib tashtanadi, yaraga esa qayta jarrohlik ishlovi beriladi. Davolash. Yaradorlarni imkon boricha ajratib, tinchlik holati yara- tilishi zamr, chunki har bir tashqi ta’sirlovchi: baland gapirish, yorug' chiroq tirishish xurujini chiqaradi. Qonda aylanib yuigan tetanotoksinni neytrallash maqsadida iloji boricha erta katta miqdorda qoqsholga qarshi zardob yuboriladi: birin- chi va ikkinchi kunlarda IOOOOO ТВ, shulardan 50000 ТВ—vena tomi- riga 5 marta izotonik natriy xlorid eritmasida suyultirilib, 50000 ТВ mushak ichiga tirishishiga qarshi davoni neyroleptik aralashmalarni: 2 ml 2,5% aminazin eritmasini, l ml 2 % promedol eritmasini 0,5 ml 0,1% atropin eritmasini mushak ichiga yuborishdan boshlanadi. Tirishishga qarshi ta’simi oshirish maqsadida tiopental-natriy yoki 5 ml 10 % geksenal eritmasini mushak ichiga yuboriladi. Ko‘rsatilgan davo natija bermasa vena tomiriga miorelaksantlar (tubokurarin, diplatsin) yuboriladi, traxeyani intubatsiya qilinib 2—4 kun va undan ortiq nafas olishini boshqarishga o'tiladi. 199 Disfagiya va tirishishlar sababli yaradoriar mustaqil ovqat qabul qila olmaydilar. Ovqatlanish burun orqali oshqozonga tushirilgan zond orqali amalga oshiriladi. Yotoq yara, pnevmoniya, tromboflebitni otdini olish chora-tadbirlari o‘tkaziladi. Vaqti-vaqti bilan qon o'rnini bosuvchi dezintoksikatsion, 5% li glukoza eritmasi, oqsilli preparatlar bilan infuzion davo o‘tkaziladi. Yana yurak darmonlari, vitaminlar beriladi. Qoqshol bilan kasallangan yaradorlarda, operativ davo (o'choqli infeksiyani yo'qotish uchun amaliyotini) bajarishni esdan chiqarish kerak emas. Qoqsholda operativ davoni qoqsholga qarshi zardob himo- yasida, umumiy jarrohlik ko‘rsatmalariga ko‘ra erta muddatda, albat- ta yot jismlarni olib tashlab, abssesslar, cho‘ntak va yiringli to'plamlarni ochish asosida olib borish zarur. 200 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling