M kariyev, R. Alimov


Anaerob klostridial infeksiyalar tasnifi


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

Anaerob klostridial infeksiyalar tasnifi 
U yoki bu anaerob infeksiyani chiqaruvchining turini ortiqligiga 
qarab mahalliy va umumiy belgilar darajasi aniqlanadi. Anaerob 
infeksiyaning tinik bir qator belgiiarini ajratish mumkin: 
1) anaerob infeksiyaning eng birinchi belgisi yara atrofidagi shish- 
ning ortib borishi. Qo‘l-oyoqqa qo'yilgan ligatura 1-2 soatdan so'ng 
shishning progressiv kattalashuvi sababli teriga botib kiradi (Melnik- 
ov belgisi); 
2) yarada tiqib boruvchi og‘riqning kuchayishi, qaysiki quruq va 
seroz-gemorragik ajratma bilan farqlanadi. 
3) paypaslaganda yara atrofida krepitatsiya (qorni gMjirlaydi) aniq- 
lanadi. Yara chetlariga bosilganda gaz pufakchalari ajraladi; 
4) «qaynatilgan go‘sht» tusli mushaklarning yaraga chiqishi; 
5) yara hidsiz yoki kuchsiz achigan karamni eslatuvchi hid boiishi 
mumkin; 
6) jarohatlangan joyning terisi ichida gemorragik suyuqlikli pu- 
fakchalar, yara atrofida qoramtir va yashilsimon dog'lar; 
7) yaradoming umumiy ahvoli tez yomonlashadi. Tana harorati 
ko'tarilishi (37,5-38,5"S) vaqt bo‘yicha pulsning bir daqiqada 120 
martagacha tezlashishidan ilg‘orlab ketadi. 
Anaerob infeksiya gumon qilingan yaradorlar ATO yoki gospi- 
talning alohida xonasiga yotqiziladi. Tashxis bogMov yechilgandan so‘ng 
aniqlanadi. Rentgenografiya yordamida to‘qimalarda gaz borligi va 
infeksiyaning chuqurlikka teri osti to'qimasida (epifastsial forma) 
195 


kunlab havo pufakchalarining («ari ini») bolishi; archasimon xarak- 
terdagi ko‘rinishi mushaklararo gaz tarqalganining belgisidir. 
Oldini olish. Anaerob infeksiyaning oldini olish istalgan yara 
infeksiyasida o'tkaziladigan chora-tadbirlar bilan bir xildir: yarani bun- 
dan keyin ifioslanishdan saqlash, qo‘l-oyoq immobilizatsiyasi, yara 
atrofidagi to‘qimalarga antibiotiklar yuborish, qon yo'qotish va shok 
bilan kurashish. Katta mushak qatlamlarining keng jarohatlarida, yara- 
ning tuproq bilan ko‘p ifloslanishlarida, magistral qon tomir va suyak- 
lar shikastida yaralarga erta jarrohlik ishlovi berish va yara atrofiga 
antibiotiklar yuborish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yaradorlar tashxis 
qo‘yilgandan so‘ng alohida anaerob xonaga yotqiziladi. Ishlatilgan 
bog‘lov materiallari va yog‘och taxtakachlar yoqiladi. Kiyim, xalatlar 
alohida 2% natriy gidrokarbonat eritmasida ivitiladi va so‘ngra 1 soat 
davomida 
qaynatiladi. 
Bunday 
bemorlarga 
instrumentlar, 
bogMov 
materiallari, xalatlar, qo'lqoplar alohida tutiladi. Bog‘lov stoli, 
kleyonka, taglik lizol eritmasi bilan ishlanadi. 
Anaerob infeksiyaning birinchi belgilari paydo bo'lishidayoq uni 
davolashning asosiy usuli jarrohlik amaliyotidir. Anaerob infeksiya 
joylashishi, tarqalganligi va xususiyatiga qarab jarrohlikning 3 turi 
qollaniladi: 
- shikastlangan qo‘l-oyoqda keng « tasmasimon» kesilishlar; 
- kesish va zararlangan to'qimalarni kesib tashlash; 
- amputatsiya (ekzartikulyatsiya). 
Anaerob infeksiyada qo'l-oyoq amputatsiyasiga ko'nsatmalar boMadi: 
- yashin tezligida anaerob infeksiyada; 
- qo‘l-oyoq gangrenasida; 
- keng va chuqur anaerob jarayon bilan zararlanganda, qachonki 
tiklanmaydigan to‘qimaning radikal bajarilishiga umid boMmasa
- ko‘p parchali, ayniqsa bo‘g‘imdagi o‘qli suyak sinishlarida, ma- 
gistral qon tomir shikastlari bilan asoratlangan anaerob infeksiya tar- 
qalagan formalarida. 
To'qimalar kesilganidan keyin ham anaerob jarayon to'xtamasa 
amputatsiyaga ko'rsatma yuzaga keladi. Amputatsiya jgutsiz, aylanma 
yoki parchali usulda bajariladi. 
Jarrohlik ishlovidan so'ng yara vodorod perikisi bilan yuviladi, 
tampon 10% li natriy xlorid eritmasi bilan shimdirilib, yaraga 
bosmasdan qo'yib chiqiladi. Yara atrofiga katta miqdorda antibiotiklar 
yuboriladi. Qo‘l-oyoqqa albatta taxtakach yoki gipsli langeta qo‘yiladi. 
Og‘ir intoksikatsiyani yuzaga keltiruvchi bakterial toksinlami neytrallash 
maqsadida gangrenaga qarshi polivalentli zardob qo'llaniladi. 
50000 antitoksin birlikda antiperfringens, antiedematikus va anti- 
septikus (jami 150000 AB) aralashtiriladi, 5 marolaba natriy xloridni 
izotonik eritmasida aralashtirilib, tomchilab vena tomiriga yuboriladi. 
196 


Mushak ichiga yuborilganda zardob aralashtirilmaydi. Bakterioiogik 
tekshiruv natijalari olingandan so‘ng faqat aniqlangan mikrobga qarshi 
zardobni (monovalentli) to anaerob infeksiyaning mahalliy belgilari 
yo‘qolgunga qadar yuboriladi. 
Vena 
tomiri 
orqali 
katta 
miqdorda 
antibiotiklar 
yuboriladi; 
40000000-60000000 ТВ sutkasiga penitsillin, 250000 morfosiklin sut- 
kasiga 3 marta va b. Bir vaqtda kandidozning oldini olish maqsadida 
500000 ТВ sutkasiga 2 marta nistatin buyuriladi. Anaerob infeksiyali 
yaradorlar o‘tkir jarayon va og'ir holatini yo'qotmasdan turib trans- 
port vositalarida ko'chirish mumkin emas. Bu jarayonni qulay ke- 
chishida 7—10-kunlarga to'g'ri keladi. Ko‘p hollarda anaerob infek- 
siyani belgilarini tugatilganidan keyin yarani yiringlashi yoki chirish 
infeksiyasi yuzaga kelishi mumkin. Bunda davo umumiy qoidalar 
asosida olib boriladi. Adabiyotlardan ma’lumki, oxirgi vaqtlarda uch- 
lik davosini (jarrohlik, antibiotiklar, oksibaroterapiya) o'tkazish nati- 
jasida anaerob infeksiyadan o'lim 70% dan to 41% gacha kamaygan. 
Qoqshol (stolbnyak) 
Urush va tinch vaqtdagi yara asoratlaridan biri bo'lgan qoqshol 
qadim zamonlardan beri shifokorlarga ma’lum. Gippokrat va Abu 
Ali 
ibn 
Sino 
asarlarida 
qoqsholning 
klinik 
ko'rinishlari 
haqida 
ma’lumotlar yozib qoldirilgan. Qoqsholdan o'lim yer yuzida har yili 
160000 dan ko'p kishini tashkil qilib, vabo, chechak, o'lat, quturish- 
dan o‘lganlarni barchasi qo'shib hisoblanganda ham ko'pchilikni tashkil 
qiladi. 
Hozirgi vaqtda qoqsholdan o'lim yoshiar orasida 25-50%ni, o'rta 
va katta yoshlilarda 70-80% ni tashkil qiladi. 
Harbiylarni aktiv immunlash natijasida Ikkinchi jahon urushida 
(1941 — 1945yy.) qoqshol bilan kasallanish 0,07 % gacha kamaydi. 
Biroq o'lim yuqoriligacha qolib 50 % va undan yuqoridir. 
Qoqshol ko'pincha o'qli yaralardan ko'ra parchali yaralanishlarda 
ko'p uchraydi. Ikkinchi jahon urushida o'qli yaralanib suyaklarning 
sinishi bilan bo'lgan yaradorlarda qoqshol ikki barobar ko'p uchra- 
gan (0,13%). Uzun paysimon suyaklarning sinishidagi ko'p yaralarda 
qoqshol asorati 6 marta ko'p uchragan (0,36%) bo'lsa, teshib o'tgan 
yaralarda 0,06% ni tashkil qilgan. 
Qoqshol 
tayoqchasi 
anaerob 
bo'lib, 
kuchli 
ta’sir 
etuvchi 
toksinlami:tetanospazmin, mushaklami torayishi (spazmi) va tirishishni 
chaqirsa, tetanospazmin eritrotsitlami gemolizga uchratadi. Qoqshol 
yuza kelishi uchun mikroblar yaraga tushsa bas, uning katta-kichik- 
ligining ahamiyati yo'q. Infeksiyaning rivojlanishi uchun to'qimalarning 
nekrozi, shikastlangan tana sohasida qon bilan ta’minlanishning pasa- 
197 


yishi va mikrob uchun qulay anaerob sharoit bo‘!isbi zarur. Qoq- 
sholda inkubatsion davr 4—14 kundan 1 oy va undan ortiq bo‘lishi 
mumkin. Inkubatsion davr qanchalik qisqa bo'lsa, qoqsholning klinik 
kechishi shunchalik o‘tkir, og‘ir bo‘ladi va o‘lim yuqori boladi. 
Odatda yashin tezligida rivojlanuvchi qoqshol yaralanishdan so‘ng 
birinchi 2-3 kunda namoyon bo‘lib og‘ir kechadi va ko‘p hollarda 
o'lim bilan tamom bo‘ladi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling