M kariyev, R. Alimov


XIV bob. 0‘Q TEKKAN YARALARNING


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

XIV bob. 0‘Q TEKKAN YARALARNING 
XUSUSIYATLARI, ULARNI TIBBIY BOSQICHLARDA 
DAVOLASH VA KO‘CHIRISH. ZAMONAVIY 
0‘QOTAR QUROLLARNING XUSUSIYATLARI 
Zamonaviy portlovchi o‘q-dorilaming parchalarini boshlang‘ich 
tezligining kattaligi 1500 m/s gacha borishi bilan xarakterli. O‘qotar 
qurollaming shikastlovchi elementiari tezlikgiga qarab shartli ravishda 
uchga bo'linadi: kichik tezlikdagi — boshlang'ich tezligi 700 m/s dan 
kam bolganida; yuqori tezlikdagi - 800-1000 m/s; o‘ta yuqori tez- 
likdagi - 1000 m/s dan yuqori bo‘lganda. Tajribalarda aniqlanishga 
500 m/s tezlikda harakatlanayotgan soqqa yumshoq to‘qimaIarga 
urilganda 80 j quwatni beradi. Agar tezlik 2 marta oshirilsa unda 
to‘qimalarga 260 j, agar tezlik 1300 m/s bo'Isa 440 j energiyani bera- 
di. Agar snaryad 
0
‘zidagi hamma kinetik eneigiyani to'qimalarga ber- 
sa unda uning tezligi butunlay o‘chadi va yara ko‘r yara bo'ladi. Agarda 
kinetik energiyasi yetarli darajada yuqori bo‘lsa, unda yaralanish teshib 
o'tgan yoki yalab (tegib) o‘tgan boMishi mumkin. 
Harakatdagi 
yaralovchi 
tanani 
kinetik 
energiyasini 
umumiy 
ko'rinishi mxv
2
/2 formula bo'yicha aniqlanadi; bunda m — harakat- 
lanuvchi tananing massasi; v — uning harakat tezligi. Shunday qilib, 
yaralovchi snaryadning jarohatlovchi kuchi uning massasidan ko‘ra, 
tezligini oshirishga qaratilgan. Shu sababli jangovar qurollar kalibrini 
kichraytirish, massasini kamaytirib uning boshlangMch tezligini oshi- 
rish yo'lidan borilmoqda. 
Yaralanish vaqtida to'qimalarda bosh va yon tomonga beriladi- 
gan zarbdan to‘lqinlarining energiyasi yuza keladi. Birinchi yaralovchi 
snaryadning oldidagi qisilgan havo va to‘g‘ridan zarb natijasida 
to'qimalaming buzilishi va yara arig‘ining yuzaga kelishiga olib kela- 
di. Bosh zarb toMqinning shikastlovchi ta’siri to'qima ichi portlashi 
ko'rinishida bo'lib, hosil bo'lgan detritlarning yara teshiklari bo'ladi. 
Bu hodisalaming impulsli rentgenografiya va tezlikda olish yo‘li bi- 
lan to‘Iiq tasdiqlanadi. 
Snaryadning 
yon 
tomonga 
berilgan 
zarba 
energiyasi 
sababli 
to'qimalarda atrof to‘qimalaiga kuchli dinamik ta’sirlovchi, vaqtin- 
cha ushlab turuvchi bo'shliq hosil boMadi. Bu bo‘shliqning kattaligi 
yaralovchi snaryadning kalibridan 15-20 marta ortiqdir. Yarn arig'idan 
yon tomonga uzoqlashganda to'qimalarda kuzatiladigan shikastlanishlar 
kattaligi va og'irligi vaqtincha urib turuvchi bo‘sh!iqning kattaligi va 
uning davom etish vaqtiga bog‘liqdir. 
Yara arig'i, odatda, to‘g‘ri nay ko'rinishida bo‘lmasdan yana 
qo‘shimcha yoriq va cho‘ntaklardan ham iborat boMadi. 
201 


Bundan tashqari yaralovchi snaryad o‘tish yo‘Ii yo‘nalishida qarshi- 
sida kelgan har xil zichlikdagi to‘qimalarga uchrab to'g'ri uning 
yo'nalishini o‘zgartiradi va yara arig‘ini birlamchi og'ishiga (deviatsi- 
yasiga) olib keladi. 
0‘q bilan yirtilgan har xil mushak tolalari bir xil qisqarmasdan 
yara 
arig'ida 
egri-bugriklarni 
yuzaga 
keltiradi. 
Yana 
shunday 
o“zgarishlarga sabab yaralanish jarayonida tana va boshning egiiish 
va bukilishlari, qo‘l-oyoqning harakatlari yara arig‘ini ikkilamchi 
og‘ishni yuzaga keltiradi. 
Katta kinetik energiyaga ega bo‘lgna o‘q va parchalarning yara- 
lari yaralovchi snaryadning kattaligiga mos keladigan kirish teshigiga 
va keng chiqish teshigi bilan xarakterlidir. 
M-16 miltiqning kichik kalibri o‘qi (5,56 mm) yuqori kinetik 
energiyaga, har xil zichlikka ega bo‘lgan muhitdagi harakati vaqtida 
dumbaloq oshish xususiyatiga ega bo‘lib, to‘qimalarning keng 
ko‘lamdagi buzilishlarni yuzaga keltirib, kichik kirish teshigi bo‘lgan 
holda undan katta bo‘lgan chiqish teshigini yuzaga keltiradi. Katta 
kinetik energiyaga ega bo'lgan yaralovchi snaryaddan katta oraliqda 
— uzoqlikdagi a’zo va suyaklarning sinishi yon tomoniga beriladigan 
zarba hisobiga yuzaga keladi. 
Diametri 5 mm bo'lgan po'lat va plastmassa soqqachalardan hosil 
bo‘lgan yaralarni kirish va chiqish teshiklari nuqtasimon bo'lib chu- 
qurdagi yumshoq to‘qimalarning keng buzilishlari va yara arig‘ining 
urchuqsimon kengayishi bilan ajralib turadi. Soqqagacha suyakka 
tekkanidagi yaralanish ko‘pincha ko‘r yara bo‘lib suyakning katta 
buzilishlari bilan sodir bo'ladi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling