M kariyev, R. Alimov
‘q yaraning morfologik xususiyatlari
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
0‘q yaraning morfologik xususiyatlari
0‘q yaralar arig‘i yo‘nalish va yon atrofidagi to‘qimalarning notekis jarohatlanishi bilan ajralib turadi. Morfologik o‘q yaralar 3 zonaga ajraladi: 1) birlamchi yara arig‘i; 2) to‘qimalarining lat yeyishi; 3) chayqalishi. Yara arig‘i odatda, ivindi qon, to‘qima detriti, kiyim parchasi va boshqa yot jismlar bilan to‘lgan bo‘ladi. Yara arig'ining devorini tashkil qiluvi va unga yondoshuvchi to‘qimalar birlamchi o‘lik zonani tashkil etadi. Yara arig'idan uzo- qlashgan sari chayqalishi zonasidagi to'qimalardagi morfologik o'zgarishlar kamayib boradi, bu ikkilamchi o‘Iik zona hisoblanadi. Yara jarayoni kechishida 3 davmi ajratish mumkin (S.S.Girgolay, 1956). Birinchi davr- yallig'lanish fazasi yoki kelajakda reparativ jarayonga tayyorlovchi davr deb ham aytiladi. U ikki bosqichdan iborat: 1) qon tomirlardagi o‘zgarishlar va yarani nekrotik to'qimalardan toza- lanishi (M.I.Kuzin, 1977). Yara bitishining ikkinchi davri — nekrotik to‘qima o'rniga dastlabki reparativ tirik to'qima (granulyatsion) bilan 202 qoplanishi, yangj va eski nerv bog'lamlarini yuzaga kelish davridir. U yaralanishning 2-3-kunidan boshlanib, taxminan 12 kungacha da- vom etadi. Uchinchi davr — yarani epitelizatsiyasi va chandiqni hosil bo'lishi bilan xarakterlanib, yaralanishning 12—30-kunlariga to'g'ri keladi. Amaliyotda yara bitishining 3 turi mavjud: 1. Yara biriamchi bitadi, qachonki yaraga birlamchi jarrohlik ishlovi berilganidan so‘ng yara chok qo'yilgan hollarda. 2. Yara ikkilamchi bitadi. Yara yiringlashdan so'ng granulyatsion to'qimani vujudga kelishi va chandiq hosil bo'lishi bilan bitadi. 3. Yara qora qo'tir ostida bitadi. Epiteliy yaradagi defektni to'ldiruvchi yon birlashtiruvchi to'qimani ustini qoplab, qo‘tir ostida yara chetidan boshlab taraqqiy etadi. Yara usti yosh biriktiruvchi to'qima bilan qoplanganidan so‘ng qora qo'tir ko'chib tushadi va yaraning bitish jarayoni tugallanadi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling