M kariyev, R. Alimov
Anaerob klostridial infeksiya
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
Anaerob klostridial infeksiya
Klostridial spora hosil qiluvchi anaerob, yana gazli gangrena nomi bilan ma’lum spetsifik anaerob infeksiya Ikkinchi jahon urushida 1-2% yaradorlarda kuzatilgan. Bu eng og‘ir yara infeksiyalaridan biri bo‘lib, 20-50 % hollarda o'limga olib keladi. Ularning rivojlanishiga mikroorganizmlar hayot faoliyatining bir qator qulay sharoitlari: kat- ta massiv shikastlangan va o'lgan to'qimalar, yaralaming ko‘p chu- qur cho‘ntaklari va mushaklararo yoriqlarini yot jism va detritlar bilan to‘lganligi; yarani tuproq bilan ko‘p ifloslanganligi; qon tomir shikastlari natijasida qon aylanishining buzilishi, qo'l-oyoqda jgutning uzoq muddat turganligi, ko‘p qon yo‘qotish, yaralaiga kech va to'liq ishlovi bo'Imagan jarrohlik ishlovi, ko'rsatilmagan hollarda yaraga chok qo‘yish. Anaerob infeksiyani chaqiruvchi asosiy to‘rt turi ma’lum. Gazli gangrena klostridiyasi (Cl perfringens) intensiv gaz hosil qilish xu- susiyatiga ega bo'lgan kuchli nekrotoksik va gomotoksik toksinlarni chiqaradi. Zararli shish klostridiyasi (Cl oedematicus) to'qimalarda tez tarqaluvchi shishni chaqiradi. To'qimalami erituvchi klostridiy (Cl hystoliticum) proteolitik fermentlar chiqarib atrof to'qimalarning tez erishiga olib keladi. Septik klostridiy (Cl septicum) to’qimalarda gaz hosil qilish, shish va to'qimalarning chirishli parchalanishini chaqiradi. 194 Anaerob infeksiya dumba. son va boldir sohalarini yaralanishla- rida ko‘proq uchraydi. Oyoqlarda anaerob infeksiya qo‘ldagiga nis- batan 5 marta ko‘p uchraydi. Lining rivojlanishiga bir qancha omil- larga bogliqlik tomonlari bor. Yilning bahor — kuz oylarida maksimal boMib (loygarchilik, nam- garchilik) minimal yoz oylariga to‘g‘ri keladi. Yaralanish vaqtida ki- yim parchalarining yaraga kirishi anaerob infeksiya manbayi bo'lib hisoblanadi. Parchali yaralanishlarda anaerob infeksiyaning asorati o‘qli yara- lanishga qaraganda 1,5 marta, ko‘r yaralarda teshib o'tgan yarala- nishga qaraganda 2 marta ko'p uchragan. Qo‘l-oyoqlar yaralanib, suyaklar sinishi bilan bo'lganda, yumshoq to‘qimalarning yaralanishiga qaraganda 3,5 marta; magistral qon tomir shikastlarida 8 marta ko‘p uchraydi. Yaralarda anaerob infeksiyalar monomikrob shaklida emas, balki polimikroblidir. Bu o‘z navbatida tashxis qo'yish, oldini olish va davolash chora-tadbirlarini ancha qi- yinlashtiradi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling