M kariyev, R. Alimov


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

Yiringli infeksiya 
Yiringli yara infeksiyasi yara infeksiyasining eng ko'p uchraydigan 
turidir. Yiringli yara uzoq muddat davom etadigan bo‘Jsa, odatda, 
stafilokokka grammanfiy mikroblar - ichak tayoqchasi, protey va 
boshqalar qo‘shiladi. Keyinchalik grammanfiy mikroorganizmlar us- 
tun kelib, yiringli yallig‘lanishini uzoq davom etishiga olib keladi. 
190 


Yiringli yara infeksiyasi yaralanishdan so'ng 3-5 kun o'tgandan 
keyin klinik belgilari namoyon bo'ladi. Yiringlash tana haroratining 
ko'tarilishi, titroq, pulsning tezlashishi, neytrofilni chapga urilishi katta 
lcykotsitozi kabi umumiy belgilarda namoyon bo'ladi. Mahalliy: yarada 
og'riq kuchayadi, yallig'lanish ortadi va yara chetlarida giperemiya, 
uning devorlari yiring bilan qoplanadi, yaradan yiring oqish paydo 
bo'ladi. Agar cliok qo'yilgan bo'lsa, u oMgan to'qimaga botib kiradi 
va patologik yara ajratmasining cliiqib ketishini qiyinlashtiradi. 
0‘rab turgan teri osti to'qima va mushaklararo yog' kletchatkasi- 
ning jarayonga jalb etilishi yara yon flegnionasini rivojlanishiga olib 
keladi. 
Bunda kletchatkaning yiringli infiltratsiyasi aniq chegaraga ega 
bo'lmaydi. 
Abssess — chegaraiangan demarkatsion leykotsitar devorli yoki fi- 
broz kapsula yuzaga kelgan lokal to'qimalarning yiringli erishidir. 
Klinik abssess ustida shish, teri qavatining giperemiyasi; paypasla- 
ganda kuchli og'riq va shish o'rtasida bo'shashish, abssess bo'shlig'ida 
suyuq yiring bo'lsa jimirlash aniqlanadi. 
Yiringli 
to'plama 
bu 
yiringni 
yara 
yonidagi 
cho'ntaklarida 
to'planishiga aytilib, yara arig'i orqali yomon drenajlanadi. Yiring 
cho'ntaklarga mexatiik ravishda tushadi. Klinik yiring to'plamlarini 
belgilari kam ko'rinarli va shu sababli tashxis qo'yish qiyinroq bo'ladi. 
Ayrim vaqtlarda gumon sababli diagnostik punksiya vaqtida aniq- 
lash mumkin. Suyakning yiringli jarayonga tortilishi, davolashi qiyin 
beriladigan o'q osteomiyelitiga olib keladi. Ayrim vaqtlarda kechishi 
surunkali xususiyatga ega bo'lib, suyak qismlarini ikkilamchi o'lim 
va sekvestrlari yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. 
Teshib kirgan yaralanishlarda yiringli jarayon organizmning seroz 
bo'shliqlarida suyuq yiringni to'planishiga - empiyemaga olib keldi. 
Yiringli peritonitlar, artritlar va perikarditlar aslitii oiganda empiyema- 
dir. Odatda empiyemalar og'ir kechishi, davolashga qiyin berilishi, yu- 
qori haroratli kechishi bilan ajraladi. Yiringli infeksiyali yarani davolashda 
awal yara ajratmasini erkin oqib chiqishiga imkon yaratish zamr. 
Nekrotik to'qimalarni va yot jismlarni olib tashlab, yaraga ikkilam- 
chi jarrohlik ishlovi beriladi. Yara keng ochiq holatda qoldirilib, 10 
% natriy xlorid eritmasi bilan shimdirilgan tamponlarni bo'sh holat- 
da qo'yib to'ldiriladi. Yara yon tlcgmonalari, abssesslar, yiringli 
to'plamlar yoriladi va drenaj qo'yildi. Yiringli bo'shliqlar antiseptik 
eritmalar (vodorod perikisi, furatsillin, rivanol, 2%!i xloramin erit- 
masi, antibiotik eritmalari va h.k. bilan yuviladi. 
Umumiy yiringli infeksiya. Bir qator og'ir-katta o'q yarali dar- 
monsizlangan 
yaradorlarda, 
yiringni 
oqib 
chiqishi 
qiyinlashganda, 
mikroorganizmlar yuqori virulentligida davoni o'tkazilishiga qaramasdan 
191 


yiringli infeksiya avj oladi. To'qimalarning parchalanishidan hosil 
bo'lgan toksik produktlar, bakteriyalarning toksinlari va infeksiyasi 
chiqaruvchilami o'zlari ko‘p miqdorda umumiy aylanib yurgan qonga 
tushadi. 
Yiringli-rezorbtiv isitma. Bu organizmning og‘ir yiringli infeksiya 
yarasiga umumiy javobidir. Yiringli-rezorbtiv isitmaning klinik belgi- 
larining ko‘rinishlari yaraning kattaligi va hoiatiga, shikastlangan 
to‘qimalarning hajmiga, mahalliy yiringli infeksiyaning tarqoqligiga 
va yiringli to'piamlarning borligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog'liqdir. Yara- 
dorlarning umumiy ahvoli sezilarli yomonlashadi, gipertermiya sutka 
davomida haroratni egriligi katta to‘lib chiqishlari yuzaga keladi, 
qaysiki yiringli to‘plam yuzaga kelganligidan yoki yangi yiringli o'chog'i 
paydo bo‘lib, yiring ushlanib qolganligidan dalolat beradi. 
Qon tekshiruvlarida neytrofilli leykotsitozning leykotsitar formu- 
lasini ko‘rinarli chapga surilishi, eritrotsitlar cho'kish tezligining osh- 
ishi, anemiya sekin-asta ortib borishi, gipoproteinemiya kuzatiladi. 
Yiringli-rezorbtiv isitmani uzoq muddat davomligi yaradorning ozi- 
shiga olib keladi. 
Yiringli-rezorbtiv isitma ko‘p jihatdan mahalliy yiringli jarayonga 
bog‘liq bo'lib, yaraning qayta jarrohlik ishlovi yiringli to‘plamni yorish, 
yiringlarni yetarli drenajlash tashkil qilish davolashning muvoffaqiyatli- 
ligini aniqlab beradi. 
Shuningdek, qon, plazma, oqsil o'mini bosuvchilarni quyish; yu- 
qori kalloriyali, oqsillarga boy ovqatlanish, vitaminlar davolashda 
muhim ahamiyatga ega. 
Birlamchi 
yiringli 
o'choqni 
yo'qotish 
yaraning 
o‘z-o'zidan 
yo'qolishiga olib keladi. 
Yara sepsisi. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri birlamchi yiringli o'choqdan 
bog‘liqligini yo'qotgan umumiy yiringli infeksiyadir. Uzoq muddat 
yiringli 
yaraning, 
yiringli-rezorbtiv isitmaning mavjudligi ozishga, 
parenximatoz a’zolarining distrofik 
0
‘zgarishlariga, immunologik muho- 
fazaning sezilarli pasayishiga, organizmning umumiy areaktivligi rivoj- 
lanishiga olib keladi. 
Og‘ir yiringli jarayon asosida yara infeksiyaning birinchi kunlari- 
ning o'zidayoq taraqqiyotida sepsisga olib kelishi mumkin. Ko‘p klinik 
belgilarining bir-biriga o‘xshashligi sababli sepsis va yiringli-rezorbtiv 
isitmani taqqoslash diagnostikasi ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi. 
Sepsisga qonda mikroblarning borligi xarakterli bo‘lsa-da, garchi 
bu ko‘rsa1kich majburiy hisoblanmaydi. 
Sepsisning 2 ta asosiy shakliari ajratiladi: septikopiyemiya uzoq 
joylarda yiringli metastalarning borligi; septisemiya - yiringli metastaz- 
larsiz. Sepsis yiringli-rezorbtiv isitmaga nisbatan juda zararli va og‘ir 
o‘tadi. 
192 


Klinik sepsis yuqori isitma, titrash bilan qo'zg'alish, vasvasa 
ko'rinishida bo‘Iadi. Teri qavatlari oqimtir, yarasimon tusda. Jshta- 
hasi buziladi, vaqti-vaqti bilan qusish, ichburug' bo'Iadi. Anemiya, 
yotoq yara, pnevmoniya, tromboflebitlar rivojlanadi. Qonda neytro- 
filli ieykotsitoz, limfopeniya, aneozinoflliya, gipoproteinemiya. Yarada 
mahalliy ikkilamchi nekrozlar yuzaga keladi, granulyatsiyalar sust, 
ikkilamchi qon oqimlar bo‘lishi mumkin. Sepsisni davolash ko‘p qi- 
yinchiliklar tug‘dirib, katta harakatlarni talab etadi. Yaraning ikkil- 
amchi jarrohlik ishlovi, abssesslar, flegmonalar, yiringli to'plamlari, 
metastatik yiringliklarni yorish ularni antiseptik eritmalar bilan yu- 
vish va keng drenajlash bajariladi. Yaradomi hayotini saqlab qolish 
maqsadida keng yaralarda va yiringli infeksiyani tarqalganligida qo‘l- 
oyoqlarda amputatsiya bajarishga ko‘rsatma kengaytiriladi. 
Oxirgi yillarda sepsisning kechishi 3 ta asosiy fazaga ajratiladi. 
Boshlang‘ich — toksemiya fazasi. Intensiv davo olib borilsa, uni 10~ 
15 kunda yo'qotish mumkin. 
Agar sepsisning klinik ko‘rinishlari avj olib borsa, lekin yiringli 
o'choqlar bo'Imasa, unga septisemiya fazasi deyiladi. Jarayonni yanada 
davom etish va metastatik yiringli o'choqlar sodir bo'lsa unga sep- 
tikopiyemiya fazasi deyiladi. 
Mikrofloraning ta’sirchanligini aniqlab, katta dozada mahalliy va 
vena tomiriga antibiotiklar qo'llaniladi. 
Dezintoksikatsiya maqsadida katta miqdorda vena tomiriga natriy 
xloridli izotonik eritmasi, 5%li glukoza eritmasi, gemodez, reopoli- 
glyukin, qayta qon, plazma, oqsilli preparatlar quyiladi. Yuqori kal- 
loriyali oqsillarga va vitaminlarga boy ovqatlar, ayrim hollarda ozu- 
qalar aralashmasini qoringa tushirilgan zond orqali berish zarur. Im- 
munologik himoyasini oshirish maqsadida stafllokokka qarshi gam- 
ma-globulin, immun plazma qo'llaniladi. Sepsis va toksiko-rezorbtiv 
isitmali yaradorlar to umumiy yiringli infeksiya tugatilmaganligiga qadar 
transport vositalarida ko'chirilishga yaroqsiz. 
Chirituvchi infeksiya. Ayrim yaradorlarda klinik kechishi odatdagi 
yiringli va anaerob klostridial infeksiyadan farqlanuvchi alohida yara 
infeksiyasining og‘ir turi rivojlanadi. Bunday infeksiya yumshoq 
to'qimalarning qalin massivini chuqur yaralanishlarida, ayniqsa oral- 
iq, chanoq, son, ko'krak, qorinda kuzatiiadi. Chirish infeksiyasi 
to'qimalarning yiringsiz progressiv nekrozi va chirishli erishi bilan 
ajraladi. 
Yaradorlaming ahvoli tez va progressiv yomonlashadi, organizm- 
ning og‘ir intoksikatsiyasi va suvsizligi ortib boradi. Chirish infek- 
siyasida asosiy davolash chora-tadbirlari hamma o'lgan va eriyotgan 
to'qimalami kesib tashlash va keng drenajlashdan iborat. Chirish 
193 


infeksiyasining keng tarqalgan formalarida qo'l-oyoq amputatsiyasini 
bajarishga ko‘rsatma ancha kengayadi. Buni kechiktirish xavfli, chunki 
tanaga tarqalgan jarayonni endi to'xtatib bo'lmaydi. 
Yana klinik belgilaridan yuqori harorat, puls tezlashgan, labil, 
AQB noturg‘un, hansirash, adinamiya, anoreksiya, anemiya va gi- 
poproteinemiya kuzatiladi. Yara atrofida ayrim hollarda epidermis- 
ning ko'chishi kuzatiladi. Ichida gemorragik suyuqlikli yassi qoramtir 
pufakchalar kuzatiladi. Odatda sepsisning rivojlanishi oqibati o‘lim 
bilan tamom bo'ladi. Davolashda mikrobga qarshi dorilarni katta do- 
zada qo'Ilashning muhim ahamiyati bor. Anaerob klostridraJ infeksiya- 
da levomitsetin, klandamitsiri, rifampitsin, penitsillin eng yaxshi natija 
beradi. Ko‘p anaeroblar uchun metabolik zahar - metronidazol (trix- 
opol) yaxshi ta’sir etadi. Uni og‘izga tabletkada, rektal sutkasiga 0,5 
x 3—4 marta yoki 1 g dan har bir 6 soatda vena tomiriga tomchilab 
yuboriladi. 
Og'ir endotoksikozni kamaytirish maqsadida infuzion davoni diu- 
rezni kuchatiruvchi, antigistamin, vitaminlar, yurak faoliyatini oshi- 
ruvchi dori-darmonlar qo'Uaniladi. 
Keying! 
vaqtlarda 
jarrohlik 
va 
medikamentoz 
davoni 
ancha 
to‘ldiruvchi giperbarik oksigenatsiya muvafTaqiyatli qo'Ilanilmoqda. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling