M kariyev, R. Alimov
XII] bob. YARA INFEKSIYASI
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
XII] bob. YARA INFEKSIYASI.
UNING OLDINI OLISH VA DAVOLASH Hozirgi vaqtda ma’lumki o‘q yaralar birlamchi mikroblar bilan ifloslangan. Yaralanish vaqtida yaraga mikroblar yaralovchi snaryad va yot jismlar bilan tushadi. Yaralangandan so‘ng ochiq yaraga mikroblar tushishi sababli ik~ kilamchi ifloslanadi. Yaraga tushgan mikroorganizmlar yaradan oqib chiqayotgan qon va ekssudat bilan chiqib ketishi, qisman fagotsitoz va nospetsefik immunitetning gumoral omili uchraydi. Bunda yara jarayoni yiringlamasdan kechadi. 0‘q yaralarda yara infeksiyasining rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi. 0‘q yaraning ifloslanishini yara infeksiyasiga ohishda umumiy va mahalliy xarakterdagi omillar olib keladi. Umumiy omillarga: qon yo'qotish, ochlik, sovqotish, yomon og‘riqsizlantirish va yetarli immobilizatsiyasining yo'qligi, o‘tuvchi ra- diatsiya kiradi. Mahalliy omillarga: yarada nekrotik va tiklanmaydigan to‘qimalarning bo'lishi, o‘q yaraning murakkabligi; yara sohaning ishemiyasi (qon tomirlarni spazmi, magistral qon tomirlarning shi- kasti, jgut qo‘yilishi); suyaklarning sinishida immobilizatsiyaning yo'qligi yoki steril emasligi natijasida suyak bo'laklar to‘qimalarining ikkilamchi shikasti; yaralami radioaktiv yoki zaharlovchi moddalar bilan ifloslanishlari; birlamchi jarrohlik ishlovining past sifatliligi va kech bajarilishi kiradi. Yara infeksiyasi bu — makroorganizm bilan mikroorganizmning o'zaro ta’siridir. Ikkinchi jahon urushida 10% yaradorlarda parchali yaralanishlardan so‘ng yaraning infeksiyasi asorati kuzatildi. Eng ko‘p xillarda yiringli infeksiya - 7,3%; kam anaerob klostridial —1 —2% va nisbatan juda kam qoqshol - 0,07%. Yara infeksiyasi quyidagi turlarga ajratiladi: - yiringli; - chirituvchi; — anaerob; — qoqshol. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling