M kariyev, R. Alimov


Dars mavzusi bo'yicha talaba bilishi kerak boMgan amaliy


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/107
Sana29.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1307273
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   107
Bog'liq
Harbiy dala jarrohligi

Dars mavzusi bo'yicha talaba bilishi kerak boMgan amaliy 
ko'nikmalar 
1. BrTP da tashqi qon ketishini shu yerda ko'rsatilgan hamma 
usullar bilan vaqtinchalik to‘xtatishni bilish kerak: arteriyani qo‘l bi- 
lan bosish, oyoq-qo'llarini maksimal bukish, bosuvchi bog'lam qo'yish, 
qon to'xtatish qisqichi qo'yish, jarohatni qisuvchi tamponada qo‘yish 
va jgut qo‘yish. 
2. BrTP bog'lov xonasida oyoq-qo‘llarning futlyar va o'tqazuvchi 
novokain blokadasini qila olish kerak. 
3. Oyoq-qoMlarni immobilizatsiyasini tabel vositalari bilan amalga 
oshirish kerak. 
Holatiy masalalar 
I. Oddiy Askar I. mina parchalari bilan chap oyoqni pastki 1/3 
qismidan ko‘r yaralandi. Shu zahoti arterial qon ketish sodir bo'ladi. 
0‘zi son arteriyasini bosib turdi, songa instruktor jgut qo'ydi, BrTP 
ga 1 soatdan keyin nosilkada immobilizatsiyasiz yetkazilgan. Ahvoli 
o‘rtacha og‘ir, oqargan. Puls 1 daqiqada 120 ta, to‘liqligi kam, A/B 
70/40 mm sim. ust. Yarada bog'lam qon bilan shimilgan. Chap oy- 
oqni mustaqil ko'tara olmaydi. 
1. Diagnoz qo'ying va asoslang. 
2. Punkt ichi saralash o'tkazing. 
3. Tibbiy yordam tashkil eting va izohlang. 
II. Leytenant K. chap oyog'idan o'q jarohatidan so'ng 3 soat 
o'tgandan keyin BrTPga nosilkada yetkazilgan. Ahvoli qoniqarli. Puls 1 
daqiqada 90 ta, A/D 120/80 mm.sim.ust. Chap boldirida qon bilan 
shimilgan bog'lam bor. U yechilgandan keyin boldirning o'rta 1/3 qis- 
mida o'rtacha kattalikdagi kirish va chiqish teshiklari ko'rilgan. Boldir- 
ining yumshoq to'qimalari hajmi jihatdan kattalashgan. Uning ichki orqa 
yuzasida paypaslaganda pulsatsiyalanuvchi shish, uning ustida shovqin 
eshitiladi. Bu bilak arteriyasining pulsatsiyasi bilan bir xil. Tovon issiq, 
yengil sianotik. Orqa katta boldir arteriyasining pulsatsiyasi ichki to'piqda 
aniqlanmaydi. Boldir sohasida patologik harakatchanlik yo'q. 
1. Diagnoz qo'ying va asoslang. 
2. Punkt ichi saralash o'tkazing. 
3. Tibbiy yordam tashkil eting va izohlang. 
181 


Ш. Oddiy askar V. chap yelkaning o'rta 1/3 qismining mina par- 
chalari bilan yaralanishidan so'ng 3 soat o‘tganidan keyin BrTPga 
kelgan, jang maydonida yaraga aseptik bog'lov qo‘yilgan. Qo‘li ro'mol 
bilan immobilizatsiya qilingan. Umumiy ahvoli qoniqarli. Puls 1 da- 
qiqada 80 ta, A/B 130/60 mm.sim.ust. Chap yelkasidagi bog'lam qon 
bilan ozgina shimilgan. Bilakni va barmoqlami yoza olmasligi kuza- 
tiladi. Yelkaning tashqi yuzasi, bilak va kaflning tashqi yuzasida sezuv- 
chanlik yo'q. Chap yelka sohasidagi patologik harakatchanlik yo‘q. 
1. Diagnoz qo‘ying va izohlang. 
2. Punkt ichi saralash 
0
‘tkazing. 
3. Tibbiy yordam hajmini tashkil qiling va asoslang. 
IV. Oddiy askar P. o‘ng bilak bo‘g‘imini teshib o'tuvchi o‘q bi- 
lan yaralagan. Jang maydonida unga aseptik bog‘lov qo'yib, ro'mol 
bilan immobilizatsiya qilingan. BrTPga 3 soatdan keyin olib kelingan 
umuman ahvoli qoniqarli. Tirsak bo‘g‘imida aktiv va passiv harakatlar 
keskin chegaralangan va og'riqli. 
1. Diagnoz qo'ying va asoslang. 
2. Punkt ichi saralash o'tkazing. 
3. Tibbiy yordam hajmini tashkil qiling va asoslang. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling