M kariyev, R. Alimov
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0‘q yaralarning jarrohlik ishlovi
0‘q yaraning tasnifl
Yumshoq to'qimalar o'qyarasining tasnifl (M.N.Rusakov, 1952). Yaralovchi qurolning turiga qarab: a) o'qli; b) parchali; d) boshqalar (ikkilamchi snaryadlar) Yara arig'ining xarakteriga qarab: a) ko‘r; b) teshib o‘tgan; d) tegib o'tgan. To'qimalarning shikastlanishining chuqurligiga qarab: a) yuzaki (teri, teri osti to'qima); b) chuqur. To‘qimalarning shikastlanishi xarakteriga qarab: a) oddiy (nuqtasi- mon, yirtilmagan); b) yirtilgan; d) yirtilgan - majaqlangan va yirtil- gan — lat yegan. Anatomik joylashishiga qarab: bosh, bo'yin, ko'krak, qorin, qo‘l va oyoqning yaralari va boshqalar. Shikastning yaralanishining soniga qarab: a) yakka; b) ko'plab; d) aralash bo'ladi. Jarrohlik taktikasi nuqtayi nazaridan: a) birlamchi jarrohlik ishlovi- ga lozim bo‘lmaydigan; b) birlamchi jarrohlik ishloviga lozini bo'lmaydigan yuqoridagi yaralarning tasnifi o‘z maznumini hozirda yo'qotmagan bo‘ladi. Y.G.Shaposhnikovning (1984,1995) zamonaviy tasnifidan foydala- nish maqsadga muvofiqdir. Bitta yaradorda shikastlanishlarining soniga qarab bo'linadi: yakka, ko‘plab, qo‘shma, aralash. Yaralovchi agentning turiga qarab: o'qli, parchali, soqqali, nayzasimon, mina-portlovchili. Tanada davomligi va bo'shliqlarga nisbatan jarohatlar quyidagi- cha bo'ladi: teshib o'tgan, ko'r, tegib o'tgan, teshib kirmagan, bo'shliqqa teshib kirgan. 203 Anatomik belgisiga ko‘ra: bosh, ko'krak, qorin, chanoq, qo‘l, oyoq. Shikastlangan to'qimalarning belgisiga ko'ra: ichki a’zoiar, suyak- lar, yirik qon tomirlar, nerv o'zaklari. 0‘q yaralarning jarrohlik ishlovi 0‘q yaralarning asosiy va eng samarali davolash yara infeksiya- sining oldini olish va yaralarning bitishi uchun eng qulay sharoit yaratish chora-tadbiri bu yaraga birlamchi jarrohlik ishlovi berishdir. Biroq o‘q-yaralarni konservativ usulda davolash uzoq muddatga qadar hukmronlik qilib keldi. Bu yo‘nalishning tarafdorlari F.Esmarx va E. Bergman hisoblanadi. F.Esmarx tavsiyaga ko‘ra, agar yara ikkilamchi ifloslanishdan saqlovchi aseptik bog'lov bilan yopilsa, unda yara hech qanday jar- rohlik ishlovisiz bitishi mumkin. E. Bergman 1870-1871-yillardagi urushda tajribalariga asoslanib o‘qli yara amaliyotda steril degan nizomni olg‘a surdi. Haqiqatan, bir qator yaralar, ayniqsa nuqtasimon ko'rinishdagilar ularda mikroblar bo‘lishiga qaramasdan yiringsiz va jarrohlik ishlovsiz bitishi mumkin. Bu tizimni 1916-yilda N.l.Pirogov yo'qqa chiqardi. Faqatgina deyarli kichik yaralar jarrohlik ishlovi berilishiga zaru- riyat bo'lmasligi mumkin: 1) tana bo'shliqlariga kirmaydigan, yirik qon tomirlarni shikastlanmaydigan, teri va teri osti to'qimasini mayda ko‘p parchali yaralanishlari; 2) yirik qon tomir va nerv shikastlari bo'lmagan, kirish va chiqish teshiklari nuqtasimon bo'lgan qo‘l-oyoq yumshoq to‘qimalarini teshib o'tgan yaralanish- lari; 3) ochiq pnevmotoraksiz va plevra oralig'iga ko‘p qon quyil- ishi bo‘lmagan teshib o'tgan o‘qli va mayda parchali ko'krakka teshib kirgan yaralanishlar. Ikkinchi jahon urushida 25% o‘qli yaralanishlarda birlamchi jar- rohlik ishlovi berishga zaruriyat boMmagan. Yaralarga birlamchi jarrohlik ishlovi berishni bajarish muddatiga qarab uch turga ajratiladi: erta, kechiktirilgan va kech. Antibiotik qo'Ilanilgan holatlarda jarrohlik ishlovi berish yaralanishdan boshlab 24 soatga qadar bo‘lsa - erta, 24—48 soat ichida bo'lsa - kechiktirilgan va 48 soatdan so'ng — kech bo'ladi. Antibiotik qo'llanilishi yara infeksiyasini oldini olmaydi, ayrim hollarda uning rivojlanishini tugatadi. Shuning uchun birlamchi jar- rohlik ishlovini berishni imkoniyat boricha erta bajarish o‘zini oqlaydi. Qayta jarrohlik ishlovi — bu yara asoratini rivojlanishga qadar hisob bo'yicha ikkinchi marta bajariladigan operatsiyadir. Bunga birlamchi jarrohlik ishlovini tola hajmda bajarilmaganligi, yarada yot jismning qoldirilganligi, nekrotik to'qimalari bo'shlig'iga ko'rsatma bo'lib hisoblanadi. 204 0‘q-yaralarga birlamchi jarrohlik ishiovi berish quyidagi asosiy bosqichlardan iborat: I. Yarani kesib, yot jismlarni olib tashlash va qon oqishini to‘xtatish 2. Yara chetlarini kesib tashlash (o‘lgan to‘qimalarni olib tashlash) 3. Tiklash va qayta tiklash amaliyotlarini bajarish. Yarani kesish — bu jarrohlik ishlovining eng muhim va birinchi elementidir. Bunga yara arig'ini reviziya qilish, fastsiya g'ilofidagi mushak va boshqa to‘qimalarni bosilishdan saqlash, mahalliy qon oqishini odatdagi holga keltirish, yara ajralmasini to'siqsiz oqib chiqishini ta’minlash maqsadida bajariladi. Qo'l-oyoqda kesishni uzunasiga, tanada esa joylarning anatomik tuzilishi va teri burmalarining yo'liga qarab bajariladi. Teri, teri osti to'qima, fastsiya kesim uzunligi yaraning hamma qismini ko‘rish va kirishga imkon beradigan darajada bo'lishi kerak. Jigar, o'pka, miyadagi yara ariqlari kesilmaydi. Yara chetlarini kesib tashlashdan maqsad — nekrotik va tiklan- maydigan to'qimalarni olib tashlash. Yaraning yuza qavatlarini kesib tashlangandan so‘ng ifloslangan asboblar tozasiga almashtiriladi, qo'lqoplar esa antiseptik eritmalar bilan ishlanadi. 0‘qli suyak sinishlarida suyak usti pardasi bilan bog'lanmagan erkin yotgan, ya'ni oziqlanishdan mahrum bo'lgan suyak bo'laklari olib tashlanadi. Iflo- slangan suyak oxirlari, repozitsiya qilishga halal beruvchi o'tkir oxir- lari tishlagich bilan olib tashlanadi. Ikkilamchi jarrohlik ishiovi yaradagi keyingi (ikkilamchi) patologik o'zgarishlarda bajariladi. Yara infeksiyasi, yaradan ikkilamchi qon oqishida bajariladi. Murakkab yara arig‘iga ega bo'lgan yaralar, ayniqsa ko'r yaralar- ni qo'shimcha qarshi tomondan ochib, qo'shimcha drenaj qo'yish zarur. Magistral qon tomir va nervga yaqin joylashmagan o'q yoki parcha yara chuqurida qoldirilishi mumkin. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling