M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/83
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#233781
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   83
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Kaft  -  barmoq  bo’g’imlari  kaft suyagining  distal  uchidagi  bo’g’im  yuzasi 
bilan  barmoqning  proksimal  falangasining  bo’g’im  yuzasi  bilan  birikishi 
natijasida hosil bo’ladi. 
Falangalararo  bo’g’imlar  esa  blok  shaklida  bo’lib,  bularda  faqat  bir  xil 
harakat bajariladi: ko’ndalang uki atrofida bukish - yozish harakatlari kuzatiladi. 
Qo’l  suyaklari  bo’g’imlarning  o’ng  va  chapligini  aniqlash  uchun  yelka 
bo’g’imida  yelka  suyagining  boshchasini  medial  tomonga  yo’nalganligiga 
e’tibor berish kerak, tirsak bo’g’imida lateral yuzasidagi tirsak o’sig’iga, bilak-
kaft  bo’g’imida  tirsak  suyagining  bigizsimon  o’sig’iga  va  kaft-barmoq 
bo’g’imida  barmoqlarni  boshchasiga  e’tibor  berish  kerak.  Qo’l  suyaklari 
boksyorlarda, 
fextovalshiklarda, 
basketbolchilarda 
va 
voleybolchilarda 
harakatchanligi yuqori darajada rivojlangan bo’ladi. Boksyorlarda kaft - barmoq 
bo’g’imlari shiddatli yuklamalar ta’sirida gipertrofiyaga uchraydi 
Erta  yoshlik  davrida  bo’g’imlar  faol  rivojlanadi  va  bo’g’im  tarkibiga 
kiruvchi  asosiy  va  yordam  chi  komponentlarini  shakllanishi  13-16  gacha 
tugallanadi.  Yosh  bolalarda,  o’smirlarda  va  ayollarda  erkaklarga  nisbatan 
bo’g’imlarning  harakatchanligi  va  egiluvchanligi  ancha  ustun  bo’ladi. 
Odamlarning yoshi kattalashishi bilan bo’g’imlardagi harakatchanlik kamayadi. 
Asosiy  sabablardan  deb  fibroz  membranalarni  va  boylamlarni  sklerozlashishi, 
muskul  aktivligini  susayishini  ko’rsatish  lozim.  Yoshga  qarab  o’zgarishlarni 
oldini  olish  maqsadida  va  bo’g’imlarda  yuqori  darajada  harakatchanlik 
xususiyatini  saqlab  kolish  maqsadida  doim  jismoniy  mashqlar  bilan 
shug’ullanish lozim. 
OYOQ SKELETI 
Oyoqlar  skeleti oyoq kamariga va  erkin  oyoq  suyaklariga bo’linadi.  Oyoq 
kamari  ikkita  chanoq  yoki  tos  suyaklaridan  tashkil  topgan.  Tos  suyaklari 
dumg’aza va dum suyaklari bilan paylar va bo’g’imlar yordamida birikib yaxlit 
suyak halqasini hosil qiladi. 
Erkin  oyoq  suyaklari  3  qismdan:  son,  boldir  va  oyoq  panjasidan  tuzilgan. 
Oyoq panjasi panja oldi, panja va barmoq suyaklariga bo’linadi. 
Oyoq kamarining suyaklari. 
Oyoq  kamari  ikkita  chanoq  yoki  tos  suyagidan  iborat.  Har  bitta  chanoq 
suyagi  o’z  navbatida  yonbosh,  quymich  va  qov  suyaklarining birlashidan  hosil 
bo’ladi. Bu uchta suyak tanalari qo’shilgan joyida quymich kosasi hosil bo’ladi. 
O’nga son suyagining boshi birikadi va tos-son bo’g’imi hosil bo’ladi. Quymich 
bilan qov suyaklarning shoxlari o’zaro qo’shilib yopiluvchi teshikni hosil qiladi. 
Teshik biriktiruvchi to’qimali membrana bilan to’silgan. 
Yonbosh suyagi quymich kosaga nisbatan yuqori joylashgan va 2 qismdan 
-  tana  va  qanotdan  iborat.  Tanasi  yo’g’on,  quymich  kosadan  boshlanadi. 
Tanasidan yuqoriga qarab keng plastinka shaklida qanoti o’rnashadi. Qanotning 
eng  yuqori  cheti  “S”  shaklda  bo’lib,  chetlari  yo’g’onlashgan,  eng  yuqori  cheti 
yonbosh qirrasi deyiladi. Bu qirraga qorin muskullari birikadi. Qirraning old va 
orqa  tomonida  oldingi  ustki  o’siq  va  orqa  ustki  o’siqlari  aniqlanadi.  Yonbosh 


 
38 
suyagi  qanotining  ichki  va  tashqi  yuzalari  ajratiladi.  Ichki  yuzasi  silliq  va 
botiqroq  bo’lib,  yonbosh  chuqurchasini  hosil  qiladi.  Yonbosh  chuqurchani 
pastdan  quloqsimon  yuzadan  boshlangan  yoysimon  chiziq  chegaralaydi. 
Qanotning  tashqi  yuzasida  esa  uchta  g’adir-budir  chiziqlari  tafovut  etiladi.  Bu 
chiziqlardan dumba muskullari boshlanadi. Yonbosh suyagining medial va orqa 
tomonida  dumg’aza  suyagi  birikishi  uchun  quloqsimon  bo’g’im  yuzasi 
joylashgan. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling