M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Ma’ruza rejasi: 1. Muskullar to’g’risida umumiy ma’lumotlar. 2. Muskullarning yordamchi apparati. 3. Jismoniy yuklamalar ta’sirida muskul tizimida adaptatsion o’zgarishlar. 4. Statik va dinamik yuklamalar ta’sirida muskul tizimida morfologik o’zgarishlar. 5. Xususiy miologiya: Bosh va bo’yin muskullari. 6. Til osti suyagiga birikuvchi muskullari. Til osti suyagidan pastda joylashgan muqo’llar, ularning birikishi va funktsiyasi. 7. Qo`l va oyoq muskullari. Tayanch iboralar: skelet muskullari, silliq muskullar, yurak muskullari, miotsitlar, mezoderma, segment, miotomlar, sklerotomlar, dermotomlar, mitoxondriyalar, oq muskul tolalari, qizil muskul tolalari, paylar, fastsiyalar , boylamlar, gavda muskullari, orqaning yuza va chuqur muskullari. Muskullar organizm hayotida muhim rol tutadi. Katta odamlarda muskullar butun tanasi ogirligining 30 – 35% gi yaqinini tashkil qilsa, chaqaloqlarda – 20 – 22%, yoshi katta va kari odamlarda 25 – 25% ni tashkil etadi. Jismoniy mashg’ulot bilan muntazam shug’ullanib turuvchi sportchilarda skelet 52 muskullarining ogirligi gavda ogirligining kariyb yarimini 45 – 50% tashkil qilishi mumkin. Skelet muskulaturasi ko’ndalang-targil muskul to’qimasidan tuzilgan. (“To’qimalar” degan mavzuida ko’ndalang-targil to’qimani tuzilishi baen etilgan). Muskullarning asosiy vazifasi - mexanik ish bajarishdir. Markaziy nerv sistemasi yuboradigan ta’sirotlar ta’sirida gavdadagi muskullar qisqaradi, buning natijasida skelet harakatga keladi. Ongli ravishda qisqaradigan muskullarni soni 400 dan ortiq. Gavda muskullari ichki a’zolarni, ularni tarkibiga kiruvchi qon tomirlar va nervlarni tashqi muhit ta’sirotlaridan himoyalaydi. Muskullarni qisqarishi natijasida issiqlik energiya ajraladi, demak muskullar tana haroratini idora etishda ishtirok etadi. Mimik muskullarining qisqarishi orqali odamning ichki dun’osi, kayfiyati, emotsiyalari aks ettiriladi. Muskul to’qimasini takomili. Muskul to’qimasi mezodermadan takomil etadi. Mezodermada ya’ni o’rta embrional varaqda somitlar yoki segmentlangan elementlar ajraladi. Eng muhim somitlardan miotomlar, sklerotomlar va dermotomlar hisoblanadi. Miotomlardan muskul to’qimasi rivojlanadi. Miotomlar hujayralari dukka o’xshab gavda uki bo’ylab cho’ziladi, bular orasida biriktiruvchi to’qimali to’siqlar – mioseptalar rivojlanadi. Bu hujayralar mioblastlar deb ataladi. Keyinchalik bu hujayralar differentsialashadi, ayni hujayralar o’sib, qo’shilib simplastlar hosil qiladi. Bulardan gavda muskullari, oyoq-qo’llar muskullari ya’ni skelet muskulaturasi rivojlanadi. Embrional taraqqiyotning 7-8 xaftasida asosiy muskullar shakllanib boradi. Xomiladorlikni ikkinchi yarimida va tug’ilishdan keyingi davrda quyidagi o’zgarishlar ro’y beradi: muskul tolalar uzunasiga qarab cho’ziladi, ko’ndalang kesmasi kattalashadi. Muskul tarkibida yadrolar soni kamayadi, ularning shakli o’zgaradi. Yumaloq va ovalsimon yadrolar tayoqchasimon shaklga aylanadi, miofibrillar soni oshadi va diametri qalinlashadi, muskullar orsida joylashgan biriktiruvchi to’qimali pardalar rivojlanadi va natijada yaxshi ifodalangan muskul guruxlarni ajratish mumkin. Ko’rsatilgan o’zgarishlar 25 yoshgacha davom etadi. Odamning umr davomida muskullning ogirligi 3 marotaba oshadi, skeletniki 27 marotaba, terida esa 19 marotaba. Lekin, turli muskullar guruxlarning rivojlanish darajasi har xil. Masalan, odamda tug’ilishdan keyingi davrda oyoqlardagi muskullar kuchli rivojlanadi. Bu oyoqlarning tayanch va harakat funktsiyalarni bajarishi bilan bog’liq. Katta odamda va chaqaloqda muskul massasini % da taqsimlanishi. Belgi Yangi tug’ilgan chaqaloqlar Katta odam Erkaklar ayollar Tana vazniga nisbatdan muskullar vazni 23 42 36 Umumiy muskullar vazniga nisbatdan: A) kalla muskullari B) gavda va bo’yin muskullari 4,6 30,3 1,4 15,9 1,4 18,4 53 V) qo’llar muskullari G) oyoqlar muskullari 27,1 38,0 28,4 54,3 25,4 54,8 Agar muskullning qisqarishi natijasida harakat kelib chiqsa, ya’ni tana yoki ba’zi organlarning fazodagi urinlari almashinsa, unda dinamik ish. Statik ish bajarilganda qisqarib turgan muskullar harakat qilmaydi, masalan, yuk ko’tarib turganda. Odam tanasining muskullari o’z kuchi bilan barobar bo’lmagan turli ishlarni bajarishi mumkin. Muskullning kuchi uning tolalarininng miqdoriga - soniga bog’liq, muskul qancha yo’g’on bo’lsa, uning kuchi shunchalik ko’p bo’ladi. Muskullning kuchi uning ko’ndalang kesigining yuzasiga to’g’ri proportsional bo’ladi. Tana muskularimizning ishi butun organizmning umumiy holatiga ta’sir qiladi, u qon aylanishini kuchaytiradi va hamma organlarda moddalar almashinishining kelib chiqishiga imqon beradi. Ishlab turgan muskullarda murakkab kimyoviy reaktsiyalar sodir bo’lib turadi. Bu kimyoviy protsesslar issiqlik hosil qiladi: agar ishlab turgan muskulda moddalar almashinishining maxsuli sifatida anchagina miqdorda so’t va karbon kislotalar to’plansa, unda muskul charchaydi. Dam olish vaqtida, ya’ni muskullar tinch turganda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan zararli maxsulotlar qon orqali undan chiqib ketadi va muskullning ishlash qobiliyati qaytadan tiklanadi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling