M mamajanov odam anatomiyasi va fiziologiasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Ko’z yoshi suyagi - bir juft bo’lib, ko’z kosasining medial devorini hosil
qilishda qatnashadi. Har bitta ko’z yoshi suyagi murt, turtqirrali plastinka bo’lib, olddan va pastdan yuqori jag’ning peshona o’simtasi bilan, yuqoridan – peshona 47 suyakni ko’z qismi bilan, orqadan esa g’alvirsimon suyakning ko’z plastinkasi bilan tutashadi. Ko’z yoshi egati yuqori jag’ning shu nomli egati bilan qo’shilib ko’z yoshi xaltasining chuqurchasini hosil qiladi. Dimog suyagi – toq suyak bo’lib, burun to’sig’ini yarmidan ziyod qismini hosil qiladi. Suyakning oldingi chekkasi g’alvir suyakning perpendikulyar plastinkasi bilan tutashadi. Orqa chekkasi bo’sh bo’lib, burun bo’shligining orqa qismida joylashgan teshiklar – xoanlarni bir-biridan ajratadi. Yonoq suyagi - yuz suyaklari orasida eng qattig’i bo’lib, yo’zni relefini shakllantirishda ishtirok etadi. Bu suyak bilan uchta suyaklarning - peshona, chakka va yuqori jag’ning yonoq o’siqlari birikadi. Suyakda uchta sath farqlanadi: bo’rtib chiqqan lateral, botiq chakka va ko’z kosa yuzalari tafovut qilinadi. Yonoq suyagining yonoq o’sig’i chakka suyagining yonoq o’simtasi bilan birikib, yonoq yoyini hosil qiladi. Yonok suyagi chaynov muskullari uchun birikish sathi bo’lib xizmat qiladi. Pastki jag’ suyagi - kalla suyaklari ichida faqat bu suyak harakatchang bo’lib, takasimon shaklga ega. Tuban primatlardan tortib ko’pchilik hayvon turlarida bu suyak juft sonda saqlanib qolgan. Faqat odamda toq sonda bo’lib, uzoq evolyutsiya jarayonida uni xajmi kichiklashib ketgan. Pastki jag’da tana va ikkita shoxlari bor. Tana bilan shoxlari orasida 110 0 -130 0 teng burchak hosil bo’ladi. Burchagning tashqi yuzasiga chaynov muskuli birikkan, ichki yuzasida esa medial qanotsimon muskul yopishadigan g’adir-budirlik aniqlanadi. bor. Pastki jag’ning asosi yo’g’onlashgan bo’lib, kok o’rtasida fakt odamlarga hos iyak do’mbog’i joylashgan. 1-2 kichik jag’ tishlarining ostida iyak teshigi ko’rinib turadi. Bu teshikdan qon tomirlari va nervlar o’tadi. Pastki jag’ning ichki yuzasidan muskullarning birikish joyi - iyak qirrasi o’tadi. CHaynov muskulining vazifalariga va yoshga qarab pastki jag’ning burchagi o’zgarib turadi. Pastki jag’ning yuqori chekkasida tish katakchalari bor. Alveolyar yoyning oldingi chekkasi yarim aylana shaklida bo’lib, alveolyar qismini o’zi esa yupqalashgan. Pastki jag’ shoxlari yuqoriga ko’tarilgan va ikkita o’siq bilan tugaydi: bularni oldingi tojsimon o’sig’i chakka muskulining ta’siridan vujudga kelgan bo’lsa, orqa tomondagi o’siq - bo’g’im o’sig’i sifatida silliq boshcha bo’lib tugaydi. Bo’g’im o’sig’i chakka suyagining bo’g’im chuqurchasiga kirib, chakka-pastki jag’ bo’g’imini hosil qiladi. Tojsimon o’siqqa chakka muskuli birikadi. Pastki jag’ tanasining ichki yuzasida til osti bezi joylashadigan chuqurcha :urinadi. Pastki jag’ tanasining ikki tomonidan pastki jag’ kanali o’tadi. Pastki jag’ kanali pastki jag’ teshigidan boshlanadi. Til osti suyagi - yoysimon shaklga ega bo’lib, pastki jag’ bilan xiqildoq o’rtasida joylashgan. U tanadan, ikki juft katta va kichik shoxlaridan iborat. SHoxlardan chakka suyagining bigizsimon o’simtalariga bog’lamlar tortilgan bo’ladi va bunday birikish yordamida til osti suyakni kalla suyagiga ildirgandek bo’ladi. 48 Kalla suyaklarining birikishi. Kalla suyaklarining harakatli va harakatsiz birikish yo’llari bilan birikadi. Ma’lumki, harakatsiz yoki uzluksiz birikishlarga sindesmozlar, sinxondrozlar va sinostozlar kiradi. Agar suyaklar bir-biri bilan biriktiruvchi to’qima yordamida biriksa sindesmoz deyiladi. Suyaklar tog’ay yordamida biriksa sinxondroz deyiladi. Agar suyaklar bir-biri bilan suyak to’qimasi yordamida biriksa sinostoz deyiladi. Chaqaloqlik davridan boshlab, toqi keksalik davrgacha kallada harakatsiz birikishning uch xil ko’rsatilgan birikish usullari namoyon etiladi. Kalla suyagida harakatsiz birikish usullariga choklar kiradi. SHakli jixatidan choklar 3 xil bo’ladi: tishsimon, tangachasimon va tekis chokli bo’ladi. Kallaning miya qismi suyaklari bir-biri bilan asosan, tishsimon choklar yordamida birikadi. Bularga tojsimon chok, sagittal va lamdasimon choklar kiradi. Peshona va tepa suyaklari bir-biri bilan tojsimon chok orqali birikadi. Chap va o’ng tepa suyaklari bir-biri bilan sagittal chok orqali birikadi. Tepa va ensa suyaklari esa lambdasimon chok vositasida birikadi. Tangachasimon chok kallada faqat tepa suyaklari bilan chakka suyagi orasida hosil bo’ladi. Yuz suyaklari bir – biri bilan asosan yassi choklar vositasida birikadi. Ularning tekis va ko’pincha to’g’ri qirralari bir-biriga tegib turganganligi sababli yassi chok deb ataladi. Individual taraqqiyot davrida ayniqsa kalla suyaklari misolida uzluksiz birikishlarning turlarini bir-biriga aylanishini kuzatish mumkin. Chaqaloqlar kalla suyaklari bir-biri bilan sindesmozlar yordamida birikadi. Suyaklar orasida joylashgan pishshik biriktiruvchi to’qimali parda – liqildoqlar deb ataladi. Yosh bolalarda sindesmozlar sinxodrozlarga aylanadi. Masalan, tog’ayli birikish ponasimon va ensa suyagi orasida uchraydi. Suyaklarning bir-biri bilan suyak to’qimasi yordamida birikish - sinostozlar keksalarda uchraydi. Kallaning faqat pastki jag’ suyagi chakka suyaklari bilan bo’g’imlar yordamida birikadi. Pastki jag’ - chakka bo’g’imining hosil bo’lishida jag’ suyagining bo’g’im o’sig’i va chakka suyagidagi bo’g’im chuqurchasi ishtirok etadi. Bu bo’g’im o’ziga hos xususiyatlari bilan farqlanadi: 1) bo’g’im bo’shligida joylashgan tog’ayli disk bo’g’im bo’shligini ikkita alohida kattakka bo’ladi; 2) birikayotgan suyak yuzalari fibroz tolali tog’ay bilan qoplangan; 3) chap va o’ng bo’g’imlar tuzilishi va bajaradigan ishi jixatdan hamkorlashgan bo’g’imlar turiga kirganligi sababli, harakatlar ikkala bo’g’imda sinxron ravishda bajariladi. Pastki jag’- chakka bo’g’imida quyidagi harakatlar bajariladi: pastki jag’ni yuqoriga ko’tarish va pastga to’shurish, yenga, oldinga va orqaga qarab harakatlar bajariladi. Bo’g’im do’ngli bo’g’imlar guruxiga kirib, uchta boylam bilan mustaxkamlangan. Bu paylar chakka suyagining yenog o’sig’idan, bigizsimon o’sig’idan, ponasimon suyak katta qanotidan boshlanib, pastki jag’ suyagining o’sig’iga, ichki tomondagi tilchasiga va burchagidan yuqoriroq nuqtasiga tortilgan bo’ladi. 49 Nazorat savollari 1. Qo'l suyaklariga qaysi suyaklar kiradi? 2. Kurak va o'mrov suyaklari haqida nima bilasiz? 3. Qo'l panjasi suyaklari qaysi suyaklardan iborat? 4. Oyoq suyaklari qaysi suyaklardan iborat? 5. Oyoq kamari suyaklarining tuzilishini aytib bering. 6. Bosh skeleti suyaklarini sanab bering. 7. Yo’z qismi qanday suyaklardan iborat? 8. Peshona suyagining tuzilishini tushuntiring. 9. Ensa suyagining tuzilishini tushuntiring. 10. Chakka suyagining tuzilishini to’sho’tiring. TEST SAVOLARI: Suyaklar haqida ma`lumot. Suyaklarning o`zaro birikishi va ularning tuzilishi. 1.Organik moddalar suyakni nimasini ta`minlaydi. a) suyaklar qattiqligini taminlaydi. b) suyaklar yelastikligini taminlaydi. v) suyaklar mo`rtligini taminlaydi. g) suyaklar g`ovakligini taminlaydi. 2. Suyaklinishni qanday davrlarini bilasiz? a) endosemal, periхondral, periostal, yendoхondral. b) periostal, yektoхondral, periхondral. v) yendosemal,ektoхondral, periхondral. g) yektoхondral, yektosemal, yendoхondral. 3. Suyak o`zaro qanday birikadi? a) uzluksiz va harakatchan birikadi. b) o`zaro boylam vositasida birikadi. v) o`zaro bo`g`im hosil qilib birikadi. g) o`zaro uzluksiz birikadi. 4. Suyak hujayrasi necha хil bo`ladi? a) 2 хil osteoblast va osteoklast. b) 2 хil osteoblast va sklerotom. v) 2 хil osteoklast va ossein. g) ossein va gialin. 5. Osteositlar- a) suyak hujayralari. b) tish hujayralari. v) jigar hujayralari. g) to`g`ri javob yo`q. 6. Suyaklar o`zaro necha хil birikadi. a) 5 хil b) 3 хil v) 2 хil g) 4 хil 7. Harakapiz birlashmalarni necha хil turi farqlanadi? a) 2 хil b) 4 хil v) 3 хil g) 5 хil 8. Harakapiz birlashmalarga misollar keltiring a) Bosh skeletti, chanoq suyagi. b) CHanoq suyagi, qo`l skeleti. v) Bosh skeletti, gavda skeleti. g) Gavda skeleti. qo`l skeleti. 9. Bo`g`im bo`lishi uchun qanday shartlar zarur? a) Tog`ay sinovial suYuqlik, pay, qin. b) Pay, qin, suyak Yuzalari, tog`ay qatlam, bo`g`im хalta. 50 v) Suyak Yuzalari, bo`g`im хalta, tog`ay qatlam, sinovial suYuqlik. g) Suyak Yuzalari, bo`g`im хalta, qin, tog`ay, sinovial suYuqlik 10. Suyaklar bir biri bilan necha хil birikadi? a) 3 хil b) 2 хil v) 4 хil g) 5 хil 11.Osteotsitlar .... a) suyak hujayralari b) tish hujayralari v) jigar hujayralari g) To`g`ri javob yo`q 12. Suyak o`zaro qanday birikadi a) uzluksiz va harakatchan b) o`zaro boylam vositasida v) o`zaro bo`g`im hosil qilib g) o`zaro uzluksiz Gavda skeleti va bosh skeleti. 1.Ensa suyagi oldingi tomondan qaysi suyaklar bilan birlashgan? a) ponasimon, tepa, chakka suyaklari. b) g`alvirsimon, tepa suyaklariga. v) peshona, tepa suyaklariga. g) peshona, chakka suyaklariga. 2. Yuz suyaklari orasida yeng mo`rti va yupqasi qaysi? a) ko`z yoshi suyagi. b) yonoq suyagi. v) dimog` suyagi. g) pastki jag’` suyagi. 3. Dumg`aza umrtqalari necha yoshda yaхlit dumg`azaga aylanadi? a) 17-25 yoshda. b) 17-20 yoshda. v) 18-20 yoshda. g) 20-25 yoshda. 4. Qovurg`a necha qismdan iborat? a) 2 ta orqa qismi suyakdan, oldingi qismi suyakdan. b) 2ta orqa qismi tog`aydan, oldi qismi suyakdan. v) 3ta qismi suyakdan, oldingi qismi tog`aydan. g) 2ta orqa qismi tog`aydan, oldingi biriktiruvchi to`qimadan. 5. 25-50 yosh o`rtasida bo`y... a) bir хil saqlanadi. b) o`sadi. v) kamayadi. g) avval o`sib so`ng kamayadi. 6.Ensa suyagi oldingi tomondan qaysi suyaklar bilan birlashgan. a) ponasimon, tepa, chakka suyaklariga b) g`alvirsimon, tepa suyaklariga v) peshona, tepa suyaklariga g) peshona , chakka suyaklariga 7. CHakka suyagi necha qismdan iborat? a) 4 ta b) 5 ta v) 3ta g) 2ta 8. Qaysi suyak tashqi eshituv yo`lini oldi va orqa tomonidan chegaralab turadi? a) chakka suyagi b) g`alvirsimon v) ensa suyagi g) ponasimon 9. Yuz suyaklari orasida eng mo`rti va yupqasi qaysi? a) ko`z yosh suyagi b) yanoq suyagi v) dimog` suyagi g) pastki jag’` suyagi 10. Til osti suyagi qaerda joylashgan? a) pastki jag’` bilan hiqildoq o`rtasida b) pastki jag’` bilan ensa suyagi o`rtasida v) pastki jag’` bilan ponasimon suyagi o`rtasida g) pastki jag’` bilan ponasimon suyagi o`rtasida 11. Peshona suyagi nesha qismga tafovut qilinadi? a) 3 ta tana, chetlari, qosh yarog`i va do`ng qismi b) 2 ta qismi ichki va tashqi 51 v) 3ta qismi ichki, tashqi, burun g) 3 ta to`rt tepalik, tana va chetlari Qo`l va oyoq skeleti. 1.Yelka kamari qaysi suyaklardan tashkil topgan? a) o`mrov va kurak suyaklaridan. b) yelka va bilak. v) o`mrov va yelka. g) proksimal. 2. Yelka bilan tirsak bo`g`imida nechta bo`g`im bor? a) 3. b) 2. v) 4. g) 8. 3.Uzun naysimon suyaklarga qaysilar kiradi ? a) yelka, bilak, son, boldir suyaklari. b) yelka va qovurg`a suyaklari. v) yelka, bilak, panja suyaklari. g) boldir, qo`l ,oyoq, panja suyagi. 4. CHanoq suyagining Yuqori qismi kengaygan bo`lib, nima deb ataladi? a) katta chanoq. b) kichik chanoq. v) quymuch kosasi. g) oyoq kamari. 5. Tashqi to`piqni qaysi suyak hosil qiladi? a) kichik boldir suyagi. b) katta boldir suyagi. v) oshiq suyagi. g) tovon suyagi. MAVZU № 4. MUSKUL SISTEMASI. MUSKULLAR VA ULARNING FUNKTSIYASI. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling